Taqrizchilar:
Davletov I.X.-
TAQI “Qurilishda menejment” kafedrasi mudiri,
iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Hasanov T.A.-
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat
boshqaruv
akademiyasi “Iqtisodiyot va moliya”
kafedrasi dotsenti, PHD.
Oʻ
zbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil
___________dagi ______-sonli buyrugʻiga asosan oʻquv qoʻllanma sifatida nashr etishga
ruxsat berildi.
©TAQI-2020
3
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi “Uy-joy
kommunal xizmat ko’rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi 5017-sonli Farmoni hamda 2017 yil 18 apreldagi
“O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi
faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-2900-son qaroriga asosan Uy-joy
kommunal xizmat ko’rsatish vazirligining tashkil etilishi uy-joy kommunal
xo’jaligi sohasida tub burilish yasadi. Natijada, 2017-2020 yillarda aholini
kommunal xizmatlar bilan ta`minlanganlik darajasida ijobiy o’zgarishlarga
erishildi.
Kommunal infratuzilmaning rivojlanishi iqtisodiyot tarmoqlarining jadal
o’sishiga, tadbirkorlik subyektlarining ko’payishiga, yangi ish o’rinlari
yaratilishiga, bir so’z bilan aytganda aholining turmush farovonligining o’sishiga
zamin yaratadi.
Hozirgi
bozor
iqtisodiyoti
sharoitida
respublikamizda
kommunal
infratuzilmani boshqarish juda murakkab va javobgarligi yuqori soha hisoblanadi.
Sohada faoliyat yuritayotgan korxonalarning raqobatbardoshligi, rentabelligi va
barqaror faoliyat yuritishi kommunal infratuzilmani samarali boshqarish bilan
bog’liqdir.
Bugungi kunda kommunal xizmatlar orasida aholini ichimlik suvi hamda
kanalizatsiya tizimi bilan ta`minlanganlik darajasi ancha pastligi, bu sohada
ko’plab ishlarni, yangi innovatsion loyihalarni amalga oshirishni talab etmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi
ma`lumotlariga ko’ra
1
, respublika aholisining 17 foizi, viloyatlar markazlarida
yashovchi aholining 67 foizi kanalizatsiyaga ulangan bo’lib, ularning 23 foizi
ta`mirga muhtojdir. O’zbekistonda aholi iste`moli uchun bir kunda 4 million kub
metr ichimlik suvi ishlab chiqariladi. Ma`lum hududlarda grafik asosida, masalan,
1
https://kun.uz/news/2020/06/19/ozbekiston-aholisining-83-foizi-kanalizatsiyasiz-yashayotgani-malum-boldi
4
kunning ma`lum qismlarida suv beriladi, ayrim joylar esa 8 soat, ba`zi hududlar
esa 24 soat ichimlik suvi bilan ta`minlanadi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019
yil 5 sentyabr kuni aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash bo’yicha ustuvor
vazifalarga bag’ishlangan yig’ilishda mamlakatimizda 2030 yilgacha suv
ta`minotini shaharlarda 98, qishloqlarda 85 foizga yetkazish ko’zda tutilgan.
Kanalizatsiya tarmoqlari esa keyingi o’n yillikda 31 foizga yetkazish belgilangan
2
.
Oxirgi yillarda iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar amaliyotida milliy
iqtisodiyotning tarmoq va sohalarida moliyalashtirishning samarali usullaridan biri
- bu davlat-xususiy sherikchiligi asosida loyihalarni amalga oshirish mexanizmi
hisoblanmoqda.
Shu boisdan, bugungi kunda aholining turmush darajasiga sezilarli ta`sir
ko’rsatadigan milliy iqtisodiyotning muhim qismi bo’lgan uy-joy kommunal
xo’jaligiga qo’shimcha investitsiya resurslarini jalb qilishni ta`minlash masalalarini
hal etishda davlat-xususiy sherikchiligi asosida loyihalarni amalga oshirishga katta
e`tibor qaratilmoqda.
Mazkur o'quv qo'llanmada fanning predmeti, maqsadi va vazifalari,
kommunal infratuzilma ob'ektlarini o'rganish va ularni boshqarishning mohiyati,
kommunal infratuzilma korxonalarini boshqarishda axborot va kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish, kommunal infratuzilma korxonalarini boshqarish
usullaridan foydalanish, kommunal infratuzilma korxonalarini boshqarishda qaror
qabul qilish, kommunal infratuzilma korxonalarining tashkiliy tuzilmalari,
kommunal infratuzilma korxonalari boshqaruv faoliyatini tashkil etish, kommunal
infratuzilma korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarini
boshqarish kabi mavzular mohiyati, shuningdek Prezident Sh.M.Mirziyoev
tashabbusi bilan mamlakat uy-joy kommunal sohasida amalga oshirilayotgan keng
qamrovli islohotlar yoritib berilgan.
2
https://kun.uz/news/2019/09/05/qishloqlarda-ichimlik-suvi-taminotini-2030-yilgacha-85-foizga-yetkazish-
rejalashtirildi
5
O’quv qo’llanma oliy ta’lim muassasalarining 5A341301–“Kommunal
infratuzilmani tashkil etish va boshqarish” magistratura mutaxassisligi talabalari
uchun tayyorlangan bo’lib, undan arxitektura va qurilish ta’lim sohasi boʻyicha
tahsil olayotgan talabalar, magistrantlar hamda ilmiy-tadqiqotchilar ham
foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |