Toshkent arxitektura-qurilish instituti rahimov qodir ergashevich kommunal infratuzilma


) Iste`molchilar uchun narx(tarif)ga ustama



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/55
Sana20.07.2022
Hajmi1,62 Mb.
#828244
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55
Bog'liq
fayl 1721 20210831

12) Iste`molchilar uchun narx(tarif)ga ustama
– bu kommunal kompleks 
tashkilotlari bilan iste`molchilarning hisob-kitoblarida hisobga olinadigan narx 
stavkasi bo’lib, u kommunal kompleks tashkilotlarining investitsiya dasturlarini 
moliyalashtirish uchun belgilanadi hamda uning umumiy miqdori kommunal 
infratuzilma tizimini rivojlantirish dasturlarini amalga oshiruvchi kommunal 
kompleks tashkilotlarining tovar va xizmatlari tarifiga ustama summasiga muvofiq 
bo’ladi (bundan keyingi o’rinlarda – iste`molchilar uchun ustama); 
13)
Kommunal kompleks tashkilotlarining tovar va xizmatlari tarifiga 
ustama
– bu iste`molchilar uchun narx(tarif)ga ustamaga asosan kommunal 
kompleks tashkilotlari uchun belgilanuvchi, ushbu tashkilotining investitsiya 


15 
dasturini moliyalashtirish uchun qo’llanuvchi va tashkilot tovar(xizmat)lari uchun 
bo’ladigan hisob-kitoblarda hisobga olinuvchi narx stavkasidir; 
14) Tariflar va ustamalar
– bu kommunal kompleks tashkilotlarining tovar 
va xizmatlari tariflari, kommunal infratuzilma tizimiga ulanish tariflari, kommunal 
kompleks tashkilotining ulanish tariflari, shuningdek amaldagi qonunchilikka 
muvofiq tartibga solinuvchi kommunal kompleks tashkilotlarining tovar va 
xizmatlari tarifiga ustamalar va iste`molchilar uchun narx(tarif)ga ustamalardir; 
Tartibga solinadigan faoliyat olib boruvchi tashkilotlar quyidagi faoliyat 
turlari bo’yicha alohida hisob-kitob yuritishi lozim: 
1) elektr energiyasini ishlab chiqarish; 
2) issiqlik energiyasini ishlab chiqarish; 
3) yagona milliy elektr tarmog’i orqali elektr energiyasini uzatish; 
4) taqsimlovchi tarmoqlar orqali elektr energiyasini uzatish; 
5) issiqlik energiyasini uzatish; 
6) yagona energetika tizimi ishini tashkil etish va rivojlantirish bo’yicha 
xizmatlar ko’rsatish; 
7) elektr energiyasi(quvvati)ning ulgurji bozor savdo tizimi ishini tashkil 
etish; 
8) tizim ishonchliligini ta`minlash; 
9) elektr tarmoqlariga texnologik ulanish; 
10) elektr energetikasida operativ-dispetcherlik boshqaruvi; 
11) elektr energetikasini sotish; 
12) issiqlik energiyasini sotish. 
Tariflarni belgilashda tartibga soluvchi organlar hisob-kitoblardan tartibga 
solinadigan faoliyat bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar iqtisodiy asossiz xarajatlarga 
yo’l qo’ymasligiga qaratilgan choralarni ko’radilar. 
Agar tartibga solishning hisob-kitob davri natijalariga ko’ra, statistik va 
buxgalteriya hisobotlarining ma`lumotlari va boshqa materiallar asosida tartibga 
solinadigan faoliyat bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarning tartibga solinadigan 
faoliyatdan olinadigan daromadlar hisobidan asossiz xarajatlarga yo’l qo’yilganligi 


16 
aniqlansa, u holda tartibga soluvchi organlar tartibga solishning keyingi hisob-
kitob davri uchun tariflarni belgilashda hisobga olinadigan xarajatlar summasidan 
ushbu xarajatlarni chiqarib tashlash to’g’risida qaror qabul qilishi lozim. 
Kommunal xizmatlar uchun tariflar (sohaga oid amaldagi qonunchilik bilan 
tartibga solinmaydigan tariflar) quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
- suv ta`minoti xizmatlari uchun tariflar; 
- suvni chiqarib tashlash xizmatlari uchun tariflar; 
- markazlashgan isitish xizmatlari uchun tariflar; 
- issiq suv ta`minoti xizmatlari uchun tariflar; 
- qattiq yoqilg’ini Yetkazib berish xizmatlari uchun tariflar; 
- tarmoq va suyultirilgan gaz ta`minoti, ballonlarda gaz Yetkazib berish 
xizmatlari uchun tariflar; 
- elektr ta`minoti xizmatlari uchun tariflar. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish