Toshkent arxitektura-qurilish instituti rahimov qodir ergashevich kommunal infratuzilma


-§. Kommunal infratuzilma obyektlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/55
Sana20.07.2022
Hajmi1,62 Mb.
#828244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
fayl 1721 20210831

1.3-§. Kommunal infratuzilma obyektlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati 
 
Kundalik hayotimizni elektr energiyasi va tabiiy gazsiz tasavvur etish qiyin. 
Qishning sovuq kunlarida uyni isitish, ovqat tayyorlash, choy qaynatish va boshqa 
yumushlarni o’z vaqtida bajarishda tabiiy gazning ahamiyati beqiyos. Uyimizda bir 
kun gaz yoki elektr energiyasi bo’lmasa, qanchalik noqulayliklarga sabab bo’lishi 
hammaga ayon. 
Bugungi kunda butun dunyoda yoqilg’i-energetika muammolari ko’zga 
tashlanmoqda. Qazilma yoqilg’i zahiralarining kamayib borayotgani yuzaga kelgan 
taqchillik va narxlar sakrashining asosiy sababidir. Negaki, ular qayta 
tiklanmaydigan energiya resurslari hisoblanadi. Qayta tiklanmaydigan energiya 
manbai esa garchi zahirasi har qancha ko’p bo’lmasin, ishlatilavergach, bir kun 
kelib tugashi ayon. Shu boisdan ham mazkur muammo yonilg’i-energetika 
sohasida faoliyat ko’rsatayotgan juda ko’plab olimlar va mutasaddilarni bosh 
qotirishga majbur qilmoqda.
 


10 
Oxirgi yillarda kommunal xizmat ko’rsatish sohasi jiddiy islohotlarga 
muhtoj bo’lib qolgan edi. Maqsad-vazifasi bir bo’lgan kommunal xizmat ko’rsatish 
korxonalari faoliyatida hamkorlik, birdamlik yo’q edi. Natijada ta`minotda ko’plab 
muammolar yuzaga kelib, iste`molchi va ta`minotchi munosabatlarida bir-birini 
tushunmaslik, huquq va majburiyatlarni bajarmaslik holatlari ko’paygan edi.
Prezidentimiz 
SH.Mirziyoyev 
ta`kidlaganlaridek, 
“Bugungi kunda 
mamlakatimizning urbanizatsiya darajasi 35,5 foizni tashkil etadi va hozirdan 
boshlab zarur choralar ko’rilmasa, ushbu ko’rsatkich yaqin kelajakda pasayishi 
mumkin”
5

Urbanizatsiya (lotincha urbanus — shaharlik) jamiyat rivojida shaharlar, 
shahar madaniyati va shaharlarga xos boshqa munosabtlarning rivojlanish jarayoni 
hisoblanadi. Urbanizatsiya qishloq aholi punktlarining shaharlarga aylanishi, 
shahar atrofi zonalarining kengayishi va qishloq aholisining shaharlarga ko’chib 
borishi hisobiga yuz beradi.
Agar urbanizatsiya jarayonlari Yetarlicha tartibga solinmasa shaharlar 
aholisining soni va u Yerda mavjud infratuzilma, uy-joy, ish o’rinlari soni o’rtasida 
katta tafovut paydo bo’ladi. Bu esa, shaharning umumiy qiyofasini ayanchli 
ahvolga olib kelishi bilan bir qatorda juda ko’plab ijtimoiy va iqtisodiy 
muammolar, masalan, ishsizlik, narx-navoning ortishi, uy-joy tanqisligi, ta`lim va 
sog’liqni saqlash muassasalarining Yetishmasligi kabilarni keltirib chiqaradi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi 
«Urbanizatsiya 
jarayonlarini 
tubdan 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to’g’risida»gi PF-5623-son farmoni aynan ana shu muammolarning paydo 
bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, urbanizatsiya darajasini har tomonlama puxta o’ylab, 
aql bilan tartibga solish uchun qabul qilindi. Mazkur farmonga asosan yangi tashkil 
etilgan Urbanizatsiya agentligining asosiy vazifasi ham aynan shu jarayonlarni 
tartibga solishdan shundan iborat bo’ladi. 
5
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. 2019 йил 
28 декабрь. 
http://uza.uz
  


11 
O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 sentyabr kuni 
aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash bo’yicha ustuvor vazifalarga 
bag’ishlangan yig’ilish o’tkazdi. 
Prezident matbuot xizmati xabariga ko’ra
6
, yig’ilishda tariflarni erkin bozor 
talablari asosida belgilash va sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qilish kerakligi 
ta`kidlangan. Qolaversa, toza ichimlik suvi ishlab chiqarish va tarqatish inshootlari 
hamda iste`molchilarni 2022 yil oxiriga qadar 100 foiz hisoblagichlar bilan 
ta`minlash lozimligi qayd etildi. 
Hozirda respublika bo’yicha 27 ming kilometr yoki 38 foiz suv tarmoqlari 
avariya holatida bo’lsa, 2 mingta yoki 20 foiz suv nasoslari ishdan chiqqan. 
Shaharlarning faqat 79 tasida (57 foiz) kanalizatsiya tizimi mavjud, uning ham 23 
foizi ta`mirga muhtoj. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish