Nazorat uchun savollar
1. Kommunal kompleks tashkiloti tushunchasiga ta`rif bering.
24
2. Kommunal infratuzilma tizimlarini tashkil etuvchilarini aytib bering.
3. Kommunal majmua tashkilotining ishlab chiqarish dasturi deganda nimani
tushunasiz?
4. Kommunal kompleks tashkilotining kommunal infratuzilma tizimiga
ulanish tarifi deganda nimani tushunasiz?
5. Kommunal kompleks tashkilotlarining tovar va xizmatlari tarifiga ustama
deganda nimani tushunasiz?
6. Kommunal xizmatlar uchun tariflari qanday turlarga bo’linadi?
7. Kommunal kompleks tashkilotining moliyaviy ehtiyojlari deganda nimani
tushunasiz?
8. Kommunal infratuzilmani boshqarishning asosiy funktsiyalari nimalardan
iborat?
9. Uy - joy kommunal xizmat ko’rsatish hududiy boshqarmalarining
kommunal infratuzilmani boshqarish funktsiyalarini aytib bering.
10. Uy - joy kommunal xizmat ko’rsatish hududiy boshqarmalari qaysi
jarayonlar bo’yicha monitoring o’tkazadi?
25
3-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KOMMUNAL
INFRATUZILMA OBYEKTLARINI BOShQARISHNING ISLOH
QILINISHI
Tayanch iboralar:
kommunal xo’jaligi, kommunal infratuzilma, isloh
qilish, normativ hujjatlar, xususiylashtirish,
kommunal xizmatlar, uy-joy
mulkdorlari, zamonaviy hisobga olish priborlari, obod qishloq, obod mahalla,
renovatsiya dasturi, isitish tizimlari, professional boshqaruv kompaniyalari, davlat-
xususiy sheriklik.
3.1-§. O’zbekiston Respublikasida kommunal infratuzilma obyektlarini
boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari va uning isloh qilinishi
Sobiq
ittifoq
parchalanishi
natijasida
barcha
respublikalar
kabi
mamlakatimizga ham ma`muriy buyruqbozlik asosida boshqarishga asoslangan,
asosiy xarajatlari byudjet mablag’lari hisobidan qoplanib kelgan, markazlashgan
ta`minot tashkilotlari tomonidan xomashyo resurslari bilan ta`minlanib kelgan
kommunal xo’jaligi sohasi meros bo’lib qoldi.
O’zbekiston Respublikasida kommunal infratuzilmani jadal rivojlantirish,
sohani tubdan isloh qilish maqsadida mustaqillik yillarida ko’plab normativ
hujjatlar qabul qilindi.
Uy-joy xo’jaligini isloh qilishning dastlabki bosqichida islohotlarning
qonunchilik asosini quyidagilar tashkil etdi:
- 1993 yil 7 maydagi "O’zbekiston Respublikasi davlat uy-joy fondini
xususiylashtirish to’g’risida"gi qonun;
- O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrdagi "Davlat uy-joy
siyosatining asoslari to’g’risida"gi qonun;
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 25 apreldagi
“Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida aholiga kommunal xizmat ko’rsatishni
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 211-sonli Qarori;
26
- O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 30 iyuldagi “Uy-joy-kommunal
xizmatlarning o’z xarajatlarini o’zi qoplashiga bosqichma-bosqich o’tish
munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 271-sonli Qarori;
- O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 1 martda qabul qilingan Fuqarolik
kodeksi;
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 3 noyabrda
461-sonli “Aholiga kommunal xizmat ko’rsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish Kontseptsiya to’rg’isida”gi Qarori bilan tasdiqlangan “Aholiga
kommunal xizmat ko’rsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish
Kontseptsiyasi”;
- O’zbekiston Respublikasining 1999 yil 1 apreldan qabul qilingan “Uy-joy
kodeksi”;
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 19 dekabrdagi
“Kommunal xizmatni boshqarish tizimini yanada isloh qilish to’g’risida”gi
Farmoni;
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 18 yanvardagi
“Ko’p kvartirali uylarni kapital ta`mirlash uchun mablag’lar to’plash (yig’ish) va
ulardan foydalanish to’g’risidagi Vaqtinchalik Nizomni tasdiqlash haqida”gi 16-
son Qarori;
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 11 fevraldagi
"Uy-joy-kommunal xizmatlarning o’z xarajatlarini o’zi qoplashiga bosqichma-
bosqich o’tish munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida" 1996
yil 30 iyuldagi 271-son qaroriga qo’shimchalar kiritish haqida”gi 65-sonli Qarori
va boshqalar.
Bu davrda kommunal xo’jaligi tizimida islohotlarning asosiy mohiyati
quyidagilarga qaratildi:
- fuqarolarda mulkka egalik hissini uyg’otish - davlat mulki bo’lgan uy-joy
fondini xususiylashtirish, mulkka egalik huquqini beruvchi qonuniy me`yoriy
hujjatlar paketini shakllantirish;
27
- kommunal xizmatlar ko’rsatuvchi korxona va tashkilotlarni davlat
tasarrufidan chiqarish, kommunal xo’jaligi sohasida tabiiy monopoliyani tartibga
solish, xizmat ko’rsatuvchilar o’rtasida sof raqobatni rivojlantirish, kommunal
xo’jalik sohasini davlat byudjeti mablag’lari hisobidan faoliyat ko’rsatishini
tugatish, sohaga ajratilayotgan dotatsiya miqdorini bosqichma bosqich kamaytirib
borish;
- uy-joy xo’jaligini boshqarishni takomillashtirish, turarjoy binolarini
saqlash va ta`mirlashda uy-joy mulkdorlar faolligini oshirish, mulkdorlarning o’z-
o’zini boshqarish tamoyiliga asoslangan birlashma va shirkatlarini tashkil etish.
2000 yillar arafasida bozor iqtisodiyoti munosabatlarining yangi bosqichga
ko’tarilishi natijasida, iqtisodiyotning barcha sohalari kabi, aholiga kommunal
xizmat ko’rsatish tizimida ham sohasi isloh qilish jarayonlari va ko’rsatilayotgan
xizmatlar sifatini oshirish bo’yicha keskin o’zgarishlarni amalga oshirishni,
iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichini boshlash zaruratini keltirib chiqardi.
Bunda quyidagi kamchiliklar yaqqol ko’zga tashlanib qoldi:
- sohada xizmat ko’rsatishni bozor tamoyillari asosida tashkil etish, erkin
bahoni shakllantirish muammolarini hal etish borasidagi ishlar sust olib borildi.
Sarf-xarajatlarni kamaytirish bo’yicha amalda hech qanday ishlar amalga
oshirilmadi. Kommunal xizmatlarga tariflarning oshirilishi ko’rsatilayotgan
xizmatlar turini tegishli ravishda kengaytirish va eng muhimi, ularning sifatini
oshirish bilan birga qo’shib olib borilmayotganligi ko’zga tashlanib qoldi;
- mehnat munosabatlarini takomillashtirish, kommunal xizmat ko’rsatish
sohasida band bo’lgan xodimlarning mehnatini rag’batlantirish mexanizmlari
ishlab chiqilmadi. Soha xodimlarining mehnat unumdorligini oshirish uchun stimul
yaratilmadi. Odamlarning ehtiyojlariga to’ralarcha qo’pol munosabatda bo’lish
hollariga barham berilmadi;
- Iste`molchilarga etkazib berilgan tovar va xizmatlar uchun to’lov intizomi
pastligicha qoldi, resurslar sarfining hisobga olinishi zarur darajada ta`minlanmadi,
tarmoqdagi bir qator korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy ahvoli
murakkabligicha qoldi, bu esa ta`mirlash-tiklash ishlarini o’z vaqtida o’tkazish,
28
yangi texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlarini cheklab qo’ydi. Joylarda
kommunal xizmat ko’rsatishni o’zini o’zi qoplashga o’tkazish va byudjetdan
dotatsiyalarni qisqartirish bo’yicha belgilangan topshiriqlar bajarilmadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 17 apreldagi “Kommunal
xizmat ko’rsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi
bosqichi to’g’risida”gi PF-2832-sonli Farmoni uy-joy kommunal xo’jaligi
sohasidagi islohotlarni amalga oshirishning yangi bosqichini boshlab berdi.
Farmonga muvofiq sohada sifat o’zgarishlarini amalga oshirish, kommunal
xizmatlar sohasida bahoni shakllantirish, uy-joy fondidan foydalanishni tashkil
etishda uy-joy mulkdorlari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish tashkilotlari
faoliyatini faollashtirish choralarini ko’rish vazifalari qo’yildi. Jumladan,
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 17 apreldagi PF-2832-sonli
Farmonida quyidagi kamchiliklar ko’rsatib o’tilgan
7
:
“Shu bilan birga aholiga kommunal xizmat ko’rsatish sohasini isloh qilish
jarayonlari va ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati hamon pastligicha qolmoqda.
Odamlarning ehtiyojlariga to’ralarcha qo’pol munosabatda bo’lish hollariga
barham berilmayapti. Xizmat ko’rsatishning bozor me`yorlariga o’tish borasidagi
ishlar sust olib borilmoqda. Sarf-xarajatlarni kamaytirish bo’yicha amalda hech
narsa qilinayotgani yo’q. Kommunal xizmatlarga tariflarning oshirilishi
ko’rsatilayotgan xizmatlar turini tegishli ravishda kengaytirish va eng muhimi,
ularning sifatini oshirish bilan birga qo’shib olib borilmayotganligini qoniqarli deb
hisoblab bo’lmaydi. Kommunal xizmat ko’rsatish sohasida band bo’lgan
xodimlarning mehnatini rag’batlantirish uchun deyarli hech narsa qilinayotgani
yo’q.
Kommunal xizmatlar haqi o’z vaqtida to’lanishi uchun kollektiv javobgarlik
tizimini tatbiq etish bo’yicha to’plangan tajriba sust ommalashtirilmoqda. Uy-joy
mulkdorlari shirkatlari Uy-joy egalari kengashlarini tashkil etish jarayoni
ko’pincha yuzaki amalga oshirilmoqda. Yangidan tuzilgan shirkatlar aylanma
7
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kommunal xizmat ko’rsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirishning yangi bosqichi to’g’risida"gi 2001 yil 17 apreldagi PF-2832-son Farmoni;
29
mablag’lar bilan ta`minlanmayapti, ularga qayta qurish va ta`minlash ishlarini
o’tkazish uchun zarur kreditlar ajratib berilmayapti. Ularning faoliyati aniq
belgilab qo’yilmagan. Joylarda kommunal xizmat ko’rsatishni o’zini o’zi
qoplashga o’tkazish va byudjetdan dotatsiyalarni qisqartirish bo’yicha belgilangan
topshiriqlar bajarilmayapti.
Iste`molchilarning to’lov intizomi pastligicha qolmoqda, resurslar sarfining
hisobga olinishi zarur darajada ta`minlanmayapti, tarmoqdagi bir qator korxonalar
va tashkilotlarning moliyaviy ahvoli murakkabligicha qolmoqda, bu esa ta`mirlash-
tiklash ishlarini o’z vaqtida o’tkazish, yangi texnologiyalarni joriy etish
imkoniyatlarini cheklab qo’ymoqda”.
Kommunal xo’jaligini isloh qilishning yangi bosqichida islohotlarni amalga
oshirishning qonunchilik asoslarini asosan quyidagilar tashkil etdi:
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kommunal xizmat ko’rsatish
sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi to’g’risida"gi
2001 yil 17 apreldagi PF-2832-son Farmoni;
- O’zbekiston Respublikasining “Aholiga kommunal xizmat ko’rsatishni
takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2001 yil 18
apreldagi 178-son Qarori;
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 10 fevraldagi “Uy-joy
mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish borasidagi qo’shimcha chora-
tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3-sonli Qarori;
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 fevraldagi
“Kommunal xizmatlar tariflarining asossiz ravishda o’sib ketishiga yo’l
qo’ymaslik hamda ular uchun o’z vaqtida va to’liq hisob-kitob qilinishi uchun
iste`molchilarning mas`uliyatini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-5-sonli
Qarori;
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 26 fevraldagi PF-3038-
sonli “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatini rivojlantirish
borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni;
30
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 11 fevraldagi
«Kommunal xizmat ko’rsatish sohasiga zamonaviy hisobga olish jihozlarini va
resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish dasturi to’g’risida”gi 61-sonli
Qarori;
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 5 noyabrdagi
“Kommunal xo’jaligida energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish
kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 241-sonli
Qarori;
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 23 sentyabrdagi
“Aholini ijtimoiy muhofaza qilish va kommunal xizmat ko’rsatish korxonalarini
qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-3662-sonli Farmoni;
- O’zbekiston Respublikasining 2006 yil 22 fevraldagi "Xususiy uy-joy
mulkdorlari shirkati to’g’risida"gi Qonuni;
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 17 yanvardagi
“Respublika byudjetidan va mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan
korxonalar va tashkilotlarning ma`naviy eskirgan va tejamsiz bug’ qozoni
agregatlarini 2007-2008 yillarda respublika mintaqalari bo’yicha almashtirish
dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi 7-sonli Qarori;
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 avgustdagi
“O’zbekiston "O’zkommunxizmat" agentligi faoliyatini takomillashtirish va
kommunal xo’jalik korxonalarini moliyaviy sog’lomlashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi PQ-445 sonli Qarori;
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’ztransgaz" aktsionerlik
kompaniyasi
faoliyatini
tashkil
etishni
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to’g’risida" 2006 yil 8 avgustdagi PQ-438-sonli Qarori;
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 3 yanvardagi
“O’zbekiston Respublikasi uy-joy fondini sovuq va issiq suv hisoblagich asbob-
uskunalari bilan jihozlash" investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi PQ-553-sonli Qarori va boshqalar.
31
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 18
apreldagi “Aholiga kommunal xizmat ko’rsatishni takomillashtirishga doir
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 178-sonli Qaroriga muvofiq:
uy-joy mulkdorlari shirkatlari tashkil etilishiga ko’ra uy-joylardan
foydalanish boshqarmalari va tashkilotlari tugatildi yoki ularni uy-joy mulkdorlari
shirkatlari bilan shartnomalar bo’yicha uy-joylarga xizmat ko’rsatuvchi xususiy va
boshqa nodavlat Pudrat tashkilotlariga aylantirildi;
- uy-joy mulkdorlari shirkatlari tashkil etilishini ta`minlash uchun 1991
yilgacha qurilgan ko’p kvartirali uy-joylarni dastavval mukammal ta`mirlash
chora-tadbirlarini ko’rish, ta`mirlashni mahalliy byudjet va byudjetdan tashqari
man`balar hisobiga mablag’ bilan ta`minlash belgilandi;
- uy-joy mulkdorlari shirkatlarini omborxonalar va xo’jalik ehtiyojlari uchun
zarur bo’lgan turar joyga mo’ljallanmagan binolar, shuningdek moddiy-texnika
resurslari va jihozlar bilan ta`minlash choralari ko’rildi;
- uy-joy mulkdorlari shirkatlarnining Yer uchastkasi chegaralari belgilab
berildi va ularga belgilangan tartibda uchastkadan foydalanish huquqi yuzasidan
davlat dalolatnomasi berildi. Yangi tashkil etilgan uy-joy mulkdorlari shirkatlariga
Yer uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzasidan davlat dalolatnomasi ular davlat
ro’yxatidan o’tkazilgandan keyin ikki oy mobaynida berilishi belgilab qo’yildi;
- joylardagi “Kommunal-foydalanish boshqarmalari” tugatildi va ular
negizida uy-joy mulkdorlari shirkatlariga, korxonalar va tashkilotlarga shartnoma
asosida xizmat ko’rsatuvchi xo’jalik hisobidagi avariya-tiklash xizmatlari tashkil
etildi;
- yangidan tashkil etilayotgan uy-joy mulkdorlari shirkatlari ro’yxatdan
o’tkazilayotganda va hisobga qo’yilayotganda belgilangan yig’imlar va
to’lovlardan ozod etildi;
Uy-joy
mulkdorlari
shirkatlari
balansida
bo’lgan
turar
joyga
mo’ljallanmagan binolarni va boshqa mol-mulkni ijaraga berishdan, shuningdek
uy-joy mulkdorlari shirkatlariga tegishli bo’lgan hududdagi yakka tartibdagi
garajlar va boshqa imoratlar egalaridan foydalanish xarajatlari uchun tushadigan
32
mablag’lar, ulardan keyinchalik aylanma mablag’larni to’ldirishda, uy-joyni
mukammal tuzatish uchun moddiy-texnika resurslari zahirasini yaratishda
foydalanish uchun shirkatlarning depozit hisob raqamlariga o’tkazishga ruxsat
etildi.
Tijorat banklariga uy-joy mulkdorlari shirkatlariga joriy va mukammal
ta`mirlashni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moddiy-texnika resurslari, asbob-
anjomlar va jihozlar sotib olish uchun mahalliy hokimliklari kafilligi ostida
imtiyozli kreditlar berish tavsiya etildi.
Mamlakatning barcha hududi uchun kommunal xizmatlar tarifi siyosatining
yagona printsiplarini joriy etish maqsadida "O’zkommunxizmat" agentligi
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi
bilan birgalikda kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirishda xarajatlar
tarkibini aniqlash metodikasini qayta ishlab chiqish vazifasi qo’yildi. Shuningdek,
gaz, suv, issiqlik ta`minoti, markaziy isitish va kanalizatsiya xizmatlari
ko’rsatishda texnologik nobudgarchiliklarning cheklangan normativlarini ishlab
chiqish belgilandi.
Islohotlar davomida aholiga ko’rsatilayotgan markaziy isitish va issiq suv
ta`minoti xizmatlarini moliyaviy o’zini o’zi qoplashga bosqichma-bosqich
o’tkazish choralari ko’rildi. Joylarda kommunal xizmat ko’rsatishni o’zini o’zi
qoplashga o’tkazish hisobiga byudjetdan dotatsiyalarni qisqartirib borish va 2006
yilga kelib 100 % o’zini o’zi moliyaviy ta`minlashga o’tkazilishi belgilandi.
Kommunal xizmatlar haqini aholi tomonidan o’z vaqtida va to’la hajmda
to’lanishini ta`minlash uchun fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarini
(mahalla qo’mitalarini) rag’batlantirish imkoniyati yaratildi, kommunal xizmatlar
uchun joriy to’lovlar bo’yicha tushumlar rejasi 100 foiz bajarilgan taqdirda xizmat
ko’rsatuvchi korxonalar tomonidan fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish
organlariga (mahalla qo’mitalariga) tushgan to’lovlar summasining 10 foizi
miqdorida ajratmalar berilishi belgilandi.
Uy-joy xo’jaligi va kommunal xizmatlarga sarf-xarajatlarni kamaytirish
maqsadida kommunal (gaz ta`minoti, issiq suv ta`minoti, markaziy isitish, suv
33
ta`minoti, kanalizatsiya, sanitariyaviy tozalash kabi) xizmatlarni ko’rsatuvchi
hamda foydalanish xizmatini amalga oshiruvchi korxonalar uchun rentabellikning
cheklangan darajasi 10 foiz miqdorida belgilab qo’yildi.
Uy-joylardan foydalanish hamda kommunal xizmatlarning narxlari va
tariflarini tasdiqlash yoki keyinchalik qayta ko’rib chiqish vaqtida oshirilgan
narxlar va tariflarning 10 foizi kommunal xizmat ko’rsatuvchi va uy-joylardan
foydalanish xizmatini amalga oshiruvchi korxonalarning o’z daromadlari hisobidan
qoplanishi belgilab qo’yildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 11 fevraldagi
“Kommunal xizmat ko’rsatish sohasiga zamonaviy hisobga olish priborlarini va
resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish dasturi to’g’risida»gi 61-sonli
Qaroriga asosan aholiga ko’rsatiladigan kommunal xizmatlarni hisobga olishning
zamonaviy tizimini joriy etish dasturi tasdiqlandi va aholi turar joylarida gaz,
sovuq suv, issiq suv va issiqlik energiyalarini hisobga olish priborlari o’rnatishni
to’liq tugallash belgilandi.
2018 yil 29 martda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining, «Obod
qishloq» dasturi to’g’risida”gi PF-5386-sonli farmoni qabul qilindi. Farmonga
asosan 2018 yilning 1 aprelidan boshlab respublikaning har bir tumani va shahrida,
avvalambor olis va tabiiy-iqlim sharoiti og’ir hududlarda 2018 yilda 2 tadan va
kelgusi yillarda 3 tadan qishloq (mahalla)da aholining yashash sharoitlarini tubdan
yaxshilash, turmush tarzi va darajasida sezilarli ijobiy o’zgarishlarni ta`minlashga,
mazkur qishloq (mahalla)larning qiyofasini zamonaviylashtirishga va unda
istiqomat qiluvchilar uchun ish o’rinlarini yaratishga qaratilgan «Obod qishloq»
dasturi amalga oshirilishi yo’lga qo’yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |