Toshkent arxitektura-qurilish instituti rahimov qodir ergashevich kommunal infratuzilma



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/55
Sana20.07.2022
Hajmi1,62 Mb.
#828244
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55
Bog'liq
fayl 1721 20210831

 
 
 
 
 


120 
8.3-§. Asosiy fondlar eskirishini hisoblash va kapital ta`mirlash ishlarining 
moliyaviy ta`minoti 
 
Kommunal xo’jaligi korxonalarida asosiy fondlarning hisobi natura va 
qiymat ko’rinishida olib boriladi. 
Asosiy fondlarni
 
natural baholash 
– 
reja asosida asosiy fondlarni yangilab 
borish, korxonani texnik jihatdan qayta qurollantirish va zamonaviylashtirish, 
asosiy vositalarni joriy va kapital ta`mirlash ishlarining hisobini olib borish, 
ularning guruh va turlari bo’yicha grafiklar tuzish, ehtiyot qismlar va ta`mirlash 
materiallariga ehtiyojni aniqlash kabi vazifalarni echish imkonini beradi. 
Asosiy fondlarning qiymat ko’rinishida baholash - ularni qayta tiklashni 
rejalashtirish, mavjud hajmini aniqlash, amortizatsiya hajmini belgilash, asosiy 
fondlar va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini tahlil qilish kabi 
iqtisodiy ko’rsatkichlarni o’rganish imkonini beradi. 
Asosiy fondlar boshlang’ich qiymat bo’yicha, tiklanish qiymati bo’yicha va 
qoldiq qiymati bo’yicha baholanadi. 
Asosiy fondlarning boshlang’ich qiymati
 
- asosiy vositalarni qurish, sotib 
olish va ishga tushurish xarajatlari qiymati yig’indisidan tashkil topadi. Asosiy 
fondning boshlang’ich qiymati korxonaning mazkur mashina yoki inshootni ishga 
tushurgan (sotib olgan) kunda buxgalteriya hujjatlarida qayd qilingan qiymatidir. 
Asosiy fondlarning tiklanish qiymati - asosiy fondlarni real vaqtda 
inflyatsiya, ma`naviy eskirish va boshqa omillarni hisobga olgan holda baholash. 
Tiklash qiymatida baholash obyektning real vaqtdagi qayta ishlab chiqarish 
davrida qancha turishini ko’rsatadi. Korxona asosiy fondlarining tiklanish qiymati 
Moliya vazirligi tomonidan asosiy fondlarni qayta baholash koeffitsientlari e`lon 
qilinganda, auditorlik tekshiruvi va inventarizatsiya o’tkazish jarayonida amalga 
oshiriladi.
Asosiy fondlarning qoldiq qiymati - asosiy fondlarning boshlang’ich 
qiymatidan ularning eskirish summasi ayirmasidan iborat bo’ladi. Asosiy 


121 
fondlarning qoldiq qiymati ularning ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish 
jarayonida boshlang’ich qiymatini mahsulot tannarxiga o’tkazilmagan qismidir.
Asosiy vositalarning korxona balansi va hisobotlarida aks ettiriluvchi (ishga 
tushurish davridagi boshlang’ich va qayta baholash koeffitsentlari e`lon qilinganda, 
qayta baholashdan keyingi, tiklanish), qiymati balans qiymati deb ataladi. Asosiy 
vositalarning qoldiq qiymatini asosiy vositalarning balans qiymatidan eskirish 
summasini ayirish orqali topiladi (8.1-rasm). 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish