kapital ta`mirlash, qisman kapital ta`mirlash
va
joriy
ta`mirlash
turlariga bo’linadi. Kommunal xo’jaligi inshootlarini ta`mirlash o’z
xususiyati, talab qilinuvchi muddat va mablag’larga ko’ra, mashina va uskunalarni
ta`mirlashdan farq qiladi.
Masalan, mashina va asbob-uskunalarni kapital ta`mirlashda ular to’liq
qismlarga bo’linadi va eskirgan qismlar almashtiriladi. Asosiy vositalarni birinchi
kapital ta`mirlash bilan ikkinchi kapital ta`mirlash oralig’idagi muddat ta`mirlash
tsikli deb ataladi.
Kommunal xo’jaligi inshootlari kattaligi, ma`lum vaqtda to’liq kapital
ta`mirlash imkoni mavjud bo’lmaganligi sababli qisman kapital ta`mirlanadi.
Qisman ta`mirlashda kommunal xo’jaligi inshooti yoki uskunasining ma`lum bir
qismi (reja asosida) kapital ta`mirlanadi.
Kommunal xo’jaligi korxonalarida asosiy fondlarni kapital ta`mirlash
ishlarini amalga oshirishda katta miqdorda moliyaviy mablag’ talab etiladi.
Kommunal xo’jaligi asosiy fondlarini qurish va kapital ta`mirlash ishlari turli
moliyaviy manbalar (korxonalar, byudjet, mahalliy byudjet, xalqaro moliyaviy
125
tashkilotlar kreditlari, grantlar va boshqalar) tomonidan moliyalashtiriladi. Shu
sababli kommunal xo’jaligida yangi inshootlarni qurib ishga tushurish va
mavjudlarni kapital ta`mirlash ishlarini moliyalashtirish jarayonini tashkil etishda
amalga oshiriladigan ishlar uchun sarflanadigan mablag’ miqdorini aniq hisob-
kitob qilish muhim ahamiyatga ega.
Navbatdagi kalendar yilida amalga oshiriladigan (davlat kapital qurilish
dasturiga kiritilmagan) kapital qurilish va kapital ta`mirlash ishlarini
moliyalashtirishni rejalashtirish ishlari hisobot yilining oxirgi kvartalida amalga
oshiriladi.
Moliyalashtirish rejasi ikki qismdan, yangi qurilayotgan hamda kapital
ta`mirlanadigan bino va inshootlarni moliyalashtirish ko’rsatkichlaridan tashkil
topadi.
М
М
М
КТ
КК
R
Bu Yerda:
M
kk
- davlat kapital qurilishi dasturiga kiritilmagan kapital qurilish
ishlari;
M
kt
- kapital ta`mirlash ishlari.
Kapital qurilish ishlarini amalga oshirishga sarflanadigan moliyaviy
mablag’lar hajmi mazkur obyektlar loyiha-smeta hujjatlaridan kelib chiqib
jamlanadi. Agar, kapital qurilish ishlari uzoq muddat bir necha yil davom
etayotgan bo’lsa tugallanmagan qurilishning rejalashtirilayotgan yilga tegishli
qismi ajratib olinadi. Bunday obyektlarda joriy yilda amalga oshirilgan ish va
uning moliyalashtirish darajasini hisobga olish zarur bo’ladi. Joriy yilda bajarilgan
qurilish ishlarini moliyalashtirishdan (
Chm
) chekinishlar quyidagicha aniqlanadi:
Ch
М
Ch
Ch
J
J
U
М
bu Yerda:
Chu
- o’tgan yilda amalga oshirilgan kapital qurilish ishlarini
moliyalashtirishdan yil yakunidagi chekinish miqdori (moliyalashtirilishi
rejalashtirilgan ish hajmining to’lanmagan qismi yoki o’tkazilgan avans);
M
j
-joriy yilda moliyalashtirilishi rejalashtirilgan kapital qurilish ishlari
hajmi;
126
Chj-
joriy yilda moliyalashtirishdan chekinish.
Kommunal xo’jaligi tashkilotlarida kapital ta`mirlash va rekonstruktsiya
ishlarini moliyalashtirishni rejalashtirish bo’yicha ishlar quyidagi guruhlarga
bo’linadi:
1) Asosiy fondlarni texnik holati bo’yicha taftishdan o’tkazish;
2) Ishlab chiqarish jarayonidagi xizmat muddatiga ko’ra jismoniy eskirgan
asosiy fondlar ro’yxatini tuzish;
3) Moliyaviy xarajatlar hajmini hisoblash.
Asosiy fondlarni texnik holati bo’yicha ko’rikdan o’tkazish uchun korxona
(zarur hollarda yuqori tashkilotlar va tegishli soha vakillari ishtirokida) tomonidan
komissiya tuziladi. Asosiy vositani ko’rikdan o’tkazish jarayonida ishga
tushirilganidan buyon o’tgan vaqt davomida amalga oshirilgan ta`mirlash va
o’zgartirishlar to’g’risidagi ma`lumotni har bir inshoot va jihozning texnik holatini
qayd etish kitobidan o’rganiladi. Shuningdek, asosiy fondni ekspluatatsiya qiluvchi
smena navbatchiligi daftarida qayd etilgan texnik nuqsonlar o’rganib chiqiladi.
Mazkur komissiya kapital ta`mirlashni kechiktirib bo’lmaydigan asosiy
vositalar ro’yxatini tayyorlaydi va moliyaviy xarajatlar hajmini aniqlash uchun
taqdim etadi.
Uzatish quvurlari hamda yirik inshootlar va kommunikatsiyalar texnik
holatiga ko’ra qisman (tegishli qismi) kapital ta`mirlanadi. Bunday obyektlarning
har bir qismi (bo’limi)ning texnik holati bo’yicha alohida hisob olib boriladi.
Ishlab chiqarish jarayonidagi xizmat muddatiga ko’ra jismoniy eskirgan
asosiy fondlar ro’yxatini korxona buxgalteriyasi tomonidan tayyorlanadi va
yuqorida keltirilgan komissiya tomonidan ko’rib chiqiladi. Komissiya texnik
tasnifi bo’yicha xizmat muddati tugagan har bir asosiy vositani ko’rikdan o’tkazib,
xizmat muddatini uzaytirish, kapital ta`mirlash yoki hisobdan chiqarish va tugatish
to’g’risida xulosa chiqaradi. Bunda asosiy fondning ma`naviy eskirishi ham
inobatga olinadi. Xizmat muddatiga ko’ra eskirgan asosiy vositalar komissiya
xulosasiga ko’ra uch guruhga ajratiladi:
1.
Xizmat muddati uzaytirilgan, ekspluatatsiyaga yaroqli;
127
2.
Kapital ta`mirlash ro’yxatiga kiritilgan;
3.
Hisobdan chiqariladigan va tugatiladigan asosiy vositalar.
Iqtisodiyotning boshqa sohalaridan farqli ravishda kommunal xo’jaligi
sohasida asosiy fondlarning texnik holatiga va foydalanish muddatiga alohida
e`tibor qaratiladi. Bu asosiy fondlar bevosita uy-joy xo’jaligiga xizmat qilgani
sababli ularda ro’y beruvchi nosozliklar bevosita aholining hayotiga xavf soladi.
Komissiya texnik holati va xizmat muddatiga ko’ra kapital ta`mirlash va
yangilash zarur deb topilgan asosiy fondlar ro’yxati tuzilganidan so’ng moliyaviy
xarajatlar hajmini hisoblash ishlari boshlanadi. Bunda har bir asosiy fondni kapital
ta`mirlash bo’yicha smeta-loyiha hujjatlari tayyorlanadi. Har bir asosiy vositani
kapital ta`mirlash smeta qiymati, joriy narxlardagi eskirish qiymati va qoldiq
qiymati aniqlanadi.
Korxonada rejalashtirilayotgan yilda kapital ta`mirlashga ajratiladigan
mablag’ quyidagicha aniqlanadi:
М
Ч
М
ТМ
М
R
Bunda:
Chm
-joriy yilda bajarilgan qurilish ishlarini moliyalashtirishdan
chekinishlar;
M
tm
- texnik holati va xizmat muddatiga ko’ra rejalashtirilayotgan yilda
kapital ta`mirlash ishlarining moliyaviy xarajatlari.
Korxona tomonidan rejalashtirilgan yilda tashqaridan jalb etiladigan
(Yetishmaydigan) moliyaviy mablag’ miqdori quyidagicha aniqlanadi:
Х
М
М
Аmart
R
D
bunda:
М
R
-rejalashtirilayotgan yilda kapital ta`mirlashga ajratiladigan
mablag’;
Х
Аmart
-joriy yilga qadar asosiy fondlarga hisoblangan eskirish summasi
joriy narxlarda (indeksatsiya qilingan miqdori).
128
Do'stlaringiz bilan baham: |