298
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
huquqiy munosabatlarda jamoaviy subyektlar
yuridik shaxslar sifatida may-
donga chiqadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida jismoniy va yuridik shaxslar
ta’rifi berilgan.
Fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda O‘zbekiston
Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqa-
roligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi. Qonun barcha fuqarolarning teng ravishda
huquq va burchlarga ega bo‘lish qobiliyatini
(huquqiy layoqatini) e’tirof etadi.
Kodeksning 39-moddasida yuridik shaxs tushunchasi bayon etilgan. Unga
muvofiq, o‘z mulkiga, xo‘jalik yuritishida yoki kundalik boshqaruvida alohida
mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan javob bera oladi-
gan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan,
majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan
tashkilot
yuridik shaxs hisoblanadi.
Yuridik shaxsning
huquqiy layoqati va
muomala layoqati bir vaqtda,
ya’ni u tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi va uni tugatish yakunlangan
paytdan e’tiboran tugatiladi. Yuridik shaxsning maxsus huquq layoqati uning
ustavi, nizomi yoki qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi. Yuridik shaxs-
lar mulkdor yoki u vakil qilgan shaxs tomonidan yoxud vakolatli organning
farmoyishi asosida, shuningdek qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tar-
tibda tashkil etiladi. Yuridik shaxslar – davlat, davlat idoralari, jamoat va
shirkat tashkilotlari, korxona, muassasa va tashkilotlar, xo‘jalik birlashmalari-
dir, ba’zan yakka tadbirkor ham.
Davlat idoralari va nodavlat tashkilotlar quyidagi hollarda huquqiy muno-
sabatlarning ishtirokchisi bo‘ladilar:
a) o‘zlarining hokimiyat yoki qonunda belgilangan vakolatlarini amalga
oshirish orqali;
b) jamiyat va davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida (faoliyatida) ishtirok etish orqali;
d) xo‘jalik va mulkiy munosabat bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish
orqali.
Davlatning o‘zi to‘lig‘icha huquq egasi bo‘lish holatlari ham mavjud.
Masalan,
xalqaro huquqiy munosabatlarda, ya’ni
xorijiy davlatlar bilan mu-
loqotga kirishganda;
davlat-huquqiy munosabatlarda, ya’ni federatsiya bilan
uning subyektlari o‘rtasida aloqalar amalga oshganda, yoki davlat fuqaroligiga
qabul qilishda, yoxud davlat o‘z fuqarosiga faxriy unvonlar berganda va h.k.;
fuqaroviy-huquqiy munosabatlarda, ya’ni davlat mulki bilan bog‘liq munosa-
batlarda, ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lgan tarixiy, milliy, ilmiy, madaniy va
moddiy boyliklarga davlat merosxo‘r (voris) bo‘lgan hollarda;
jinoiy-huquqiy
munosabatlarda, ya’ni jinoiy ish bo‘yicha hukm yoki fuqarolik ishi bo‘yicha hal
qiluv qarori davlat nomidan e’lon qilinadi.