MUNDARIJA
KIRISH 3
I BOB. KORXONA BOSHQARUVIDA LIDERLIK VA UNING
NAZARIY ASOSLARI
1.1. Liderlik tushunchasi mazmuni va uning korxona faoliyati-
dagi ahamiyati. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 4
1.2. Korxona menejmentida liderlik sifatlari va unga
qo’yiladigan talablar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .... . 13
1.3. Korxona menejmentida liderlik qilish konsepsiyalari, bosh-
qaruv uslubi va funksiyalari . . . . . . . . . . . . . . . . . ......... . . .... . 16
II BOB. IQTISODIY MODERNIZATSIYA KORXONANI ZAMONAVIY BOSHQARUVIDA LIDERLIKNING SIFATLARINI TAKOMIL-LASHTIRISH ISTIQBOLLARI
ishning
xorijiy tajribasi . . . . . . . . . . . . . . ....................................... . . . 30
XULOSA . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ........ . . . . 35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI . . . ....... . 37
2
KIRISH
XXI asrning shiddatli taraqqiyoti dunyo va jamiyatimizda umr surati tezlashib bormoqda va dunyo jarayonlari bilan doimiy hisoblashish, bozor talablariga sergaklik bilan yondashib, hisob-kitobni qat’iy olib borish, qo’shni mamlakatlardagi voqea-hodisalarga dahldorlik tuyg’usini kuchaytirish zaruratini talab qilmoqda. Har bir siyoiy guruh, jamoa yoxud alohida yetakchi liderlarning dunyo jarayonlariga bevosita ta’sir ko’rsatish imkoniyatlari o’sdi. Bunday sharoitda odamlarning yashash va faoliyat ko’rsatishlari, faqat o’z
an’analari doirasida turmush kechirishlari mumkin bo’lmay qoldi.
Dunyo o’zgarishlarining muqarrar mantig’i jamiyat va fuqarolarga ham o’z
turmush tarzini mutanosib ravishda o’zgartirishlarini qat’iy talab qila boshladi. Yetakchilarning ijtimoiy o’zgarishdagi o’rni va roli, inson omili, shaxs manfaatlari muammosi hamma davrlarda ham dolzarb ahamiyatga ega bo’lib, adolatli jamiyat tuzish, ijtimoiy tizimli asoslarga ko’chirishni taqsimot tamoyilini taqozo etib kelgan. G’arb mamlakatlari adolatli ijtimoiy taqsimot holatiga, bir tomondan, shaxsning yakka manfaatdorligini ta’minlash, ikkinchi tomondan esa, yalpi tenglik orqali intilib kelgan. G’arbdagi moddiy, real manfaatlar ustuvorligi qadriyatidan farqli ravishda, Sharq xalqlari uchun bosh qadriyat bo’lib, ma’naviy omillar, ayniqsa, inson shani, obro’-e’tibori, oriyati, vijdoni hisoblanib kelingan. Ma’naviy talablar esa o’z-o’zidan qadriyatlarni muayyan ketma-ketlikda mutanosiblashtirishni, ularning uzviyligini ierarxik shaklda bo’lishini taqozo etgan. Ierarxiya Sharq turmush tarzi maromini belgilovchi muvozanat me’yori, eng asosiy tamal toshlaridan hisoblangan.
G’arb dunyosi insonlararo tenglik holatiga erishish uchun yillar davomida kurash olib bordi. Bu yo’lda ba’zi ijobiy fazilatlar ham yo’qoldi. Biz bugun yalpi tenglik uchun kurash muayyan ma’naviy qadriyatlarning birmuncha pasayishi, insoniylik, ezgulik singari fazilatlar ahamiyatining susayishiga olib kelganligidan qat’i nazar, G’arb mamlakatlari uchun umumiy yuksak taraqqiyotga erishish imkoniyatarini tug’dirganligini e’tirof etmay ilojimiz yo’q.
3