299
XIV bob.
Huquqiy
munosabatlar
Davlat ishtirok etadigan mulkiy munosabatlar davlat mulki, tashqi savdo,
kredit, boj va qarz masalalarida vujudga keladi. Ba’zi hollarda davlat yagona
huquq subyekti sifatida maydonga chiqadi. Masalan, Konstitutsiya va amaldagi
qonunlarga muvofiq, O‘zbekistonda yer, yer osti boyliklari, suv va o‘rmon,
temir yo‘l, havo va suv transportiga, aloqa vositalariga egalik qilish huquqi
faqat davlatga tegishlidir. O‘zbekiston Respublikasi – xalqaro huquqiy muno-
sabatlar subyekti, ya’ni ma’lum huquq va majburiyatlar egasidir.
Huquqiy munosabatning subyekti bo‘lish uchun tashkilot yoki jismoniy
shaxs huquqdorlik maqomiga ega bo‘lishi lozim. Faqat huquqdor, ya’ni
huquqiy layoqat va muomala layoqatiga ega bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxs-
lar
Do'stlaringiz bilan baham: |