Adabiyotlarda kompleks huquqiy munosabatlar haqida ham so‘z
yuritiladi. Bunday munosabatlar uzoq davom etuvchi, nisbatan turg‘un, mu-
rakkab tarkibli bo‘lib, ulardagi o‘zaro huquq va majburiyatlar ko‘p qirraliligi
bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu turdagi munosabatlarga er-xotin o‘rtasidagi yoki
korxona ma’muriyati bilan xodim o‘rtasidagi munosabatlar va boshqalar mi-
sol bo‘la oladi. Kompleks huquqiy munosabatlar, o‘z navbatida, bir necha
oddiy huquqiy munosabatlarga bo‘linadi. Kompleks huquqiy munosabatlar ular
tarkibiga kiruvchi oddiy huquqiy munosabatlardan o‘zining vujudga keltiruv-
chi, o‘zgartiruvchi va bekor qiluvchi asoslariga (yuridik faktlarga) ko‘ra farq
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |