322
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
jinoyat jarayonining ishtirokchilari bo‘lmish gumon qilinuvchi, ayblanuvchi,
sudlanuvchi, guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, ayblov va himoya tomoni vakilla-
rining protsessual huquq hamda majburiyatlarini, ularning huquqiy holatini
belgilaydi. Huquq tarmog‘ining bosh normativ hujjati – O‘zbekiston Respub-
likasining Jinoyat-protsessual kodeksidir. Bu huquq tarmog‘i ijtimoiy munosa-
batlarni tartibga solishda ham imperativ, ham taraflar tengligiga asoslangan
usullardan foydalanadi.
Fuqarolik protsessual huquqi fuqarolik, oila, mehnat, yer va moliyaviy
sohalarda vujudga keladigan nizolarni ko‘rib chiqish yuzasidan sud faoliyatini
tartibga soladi. Fuqarolik protsessual huquqi sud jarayoni ishtirokchilarining
huquqiy holati, ularning huquq va majburiyatlari hamda ushbu huquq tarmog‘i
normalari bilan belgilangan boshqa masalalarni tartibga soladi. O‘zbekiston
Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi ushbu huquq tarmog‘ining
asosiy normativ hujjati hisoblanadi. Fuqarolik protsessual huquqiga juda yaqin
turadigan huquq tarmog‘i –
Do'stlaringiz bilan baham: |