Bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitida mehnat shartnomasini tuzayotgan taraflarning har biri korxona faoliyatini yaxshilashdan manfaatdor, chunki bunda har bir xodimning farovonligi ham oshadi.
Shu bilan birga mehnat faoliyati jarayonida mehnat huquqining alohida norma(me’yor)larini qo‘llash sababiga ko‘ra kelishmovchilik va nizolar kelib chiqishi mumkin.
Mehnat kodeksiga muvofiq (21-modda) mehnatga oid munosabatlarda xodimlarning manfaatlarini himoya qilishni korxonadagi kasaba uyushmalari,
ularning saylab qo‘yiladigan idoralari (kasaba uyushmasi qo‘mitalari) mehnat nizolari komissiyalari hamda tuman va shahar sudlari amalga oshirishi mumkin.
Korxonada xodimlar manfaatlarini ifoda etayotgan tashkilotlar faoliyati faqat ularni saylagan xodimlarning qaroriga binoan, shuningdek, amaldagi qonunlarga zid harakatlar amalga oshirilganida - sud tomonidan tugatilishi mumkin.
MEHNAT SHARTNOMASI
Ishchi va ish beruvchining o‘zaro huquq va majburiyatlarini aniqlashda kollektiv va yakka tartibdagi mehnat shartnomasi (kontrakt) muhim o‘rin tutadi. U mehnat munosabatlarining vujudga kelishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Mehnat shartnomasi — ichki tartibga rioya etish bilan birgalikda muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishlarni bajarish to‘g‘risida tomonlarning kelishuvi bilan belgilangan shartlarda xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuv.
Mehnat shartnomasi shartlari
Taraflar tomonidan ishlab chiqiladigan shartlar ko‘p sonlidir, shu munosabat bilan mehnat qonunlari ikki guruhdagi shartlarni ко‘rib chiqadi: asosiy va qo‘shimcha.
Quyidagilar ish beruvchilar bo‘lishi mumkin:
— korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy bo‘linmalari o‘z rahbarlari timsolida;
—mulkdorning o‘zi ayni bir vaqtda rahbar bo‘lgan xususiy korxonalar;
— o‘n sakkiz yoshga to‘lgan ayrim shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda.
—O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlar yollaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Ish beruvchi:
— korxonani boshqarish va o‘z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar qabul qilish;
— qonun hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
—mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni lozim darajada bajarishni xodimdan talab qilish;
— o‘z manfaatlarini himoyalash uchun boshqa ish beruvchilar bilan birga jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga a’zo bo‘lish huquqiga egadir.
Mehnat shartnomasi:
- nomuayyan muddatga; - muayyan muddatga (besh yildan ortiq bo‘lmagan); - muayyan ishni bajarish vaqtiga tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonun hujjatlariga muvofiq insonning mehnatga layoqati (ya’ni mehnatga bo‘lgan o‘z huquqini amalga oshirish qobiliyati) 16 yoshda boshlanadi.
Mehnat shartnomasi yozma shaklda tuziladi... ...Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida ikki nusxada tuziladi va har bir tarafga saqlash uchun topshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, 74-modda.
Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan ishlarda ishlashi mumkin.
Savol va topshiriqlar:
1. Xodimlar manfaatlarini qaysi tashkilotlar himoya qiladi?
2. Mehnat shartnomasiga qanday shartlar kiritilishi shart?
3. Mehnat shartnomasi qanday muddatga tuziladi?
4. Xodimlarni necha yoshdan va qanday shartlarda ishga jalb qilish mumkin?
5. Mehnat shartnomasiga qanday qo‘shimcha shartlar kiritilishi mumkin?