Sanitar-texnik armaturalardagi dumaloq rezbalar. Dumaloq rezbalarning profili, asosiy o`lchamlari, qo`yish standart tomonidan belgilangan. Bu rezbalarning shartli belgilanishiga misol: Kr12x2,5- rezba diametri 12 mm, qadami 2,5 mm.
Yarim yumaloq, uchlari yumaloqlangan trapetsiyasimon rezbalar vaqti –vaqti bilan bitta kuch ta`sir qilib turadigan vintlarda ishlatiladi.
Rezbalarni chizmada tasvirlash va belgilash. (O`zDSt 2.311:2003)
Rezba sterjen sirtida o`yilgan bo`lsa tashqi rezba deyilib, u bolt, shpilka, vintlarda uchraydi. Teshikka o`yilgan bo`lsa ichki rezba deyilib, u gayka, mufta, shpilka uyalarida uchraydi.
Sterjendagi rzbaning tashqi (katta) diametri d asosiy tutash, ichki (kichik) diametri d1 ingichka tutash chiziqlar bilan tasvirlanadi (5.13.8 – chizma, a). Teshikdagi rezbaning katta diametri d ingichka tutsh, kichik diametri d1 asosiy tutash chiziqlar bilan tasvirlanadi (5.13.8 – chizma, b). Rezbali teshik ko`rinmaydigan qilib tasvirlanadigan bo`lsa, ikkala katta va kichik diametr bir xil yo`g`onlikdagi shtrix chiziq bilan chiziladi (5.13.8–chizma, c).
5.13.8 – chizma 5.13.8 – chizma
Konussimon rezbalarning tasvirlanishi 7.7.2 –chizmada ko`rsatilgan.
Rezbaning katta diametri, masalan, d=20mm bo`lsa, uning kichik diametri d1=0,85d=17 mm da chiziladi (5.13.9 –chizma, a, b).
S terjenning o`qiga parallel tekislikdagi tasvirida rezbaning ichki diametri ingichka chiziqda sbegsiz tasvirlansa, torestiga parallel tekislikdagi tasvirida rezbaning ichki diametric aylana taxminan ¾ qismga teng
5.13.9 –chizma ingichka chiziqda markaziy simmetrik o`qlardan biriga ozgina yetmasa, ikkinchisidan ozgina o`tkazib tasvirlanadi.
Rezbali detallarning qirqimi va kesimida yuzalar rezbaning konturigacha shtrixlanadi (5.13.10 – chizma, a, b).
5.13.10 – chizma 5.13.11 – chizma
Berk texnikadagi rezbalar 5.13.11 –chizma, a, b, c dagidek tasvirlanadi.
Chizmalarda faskalar torest ko`rinishida tasvirlanmaydi (5.13.12–chizma, a, b, c).
5.13.12– chizma 5.13.13– chizma
Profili standart bo`lmagan rezbalar barcha kerakli o`lchamlari, ya`ni kirimlar soni, chap yo`lliligi to`g`risidagi ma`lumotlar bilan birga “Rezba” so`zi qo`shib ko`rsatiladi (5.13.13– chizma, a, b).
Rezbali birikmalarda sterjenning uchi teshik yuzi bilan to`g`ri kelsa 5.13.14– chizma, a, yoki sterjen chiqib tursa 5.13.14– chizma, b, yon ko`rinishida sterjen rezbasi tasvirlanadi. Sterjen uchi teshikdan chiqib turmasa 5.13.14– chizma, c, teshik rezbasi tasvirlanadi.
13.14– chizma 5.13.15– chizma
Trapetsiyasimon, tirak, to`g`ri burchakli rezbali birikmalarda rezba profilini yaqqolroq ko`rsatish uchun rezbaning bir qismi mahalliy qirqimda ochib ko`rsatiladi 5.13.15– chizma.
Do'stlaringiz bilan baham: |