Asosiy termin va aniqlashlar. Standartlar tomonidan rezbalarning profiliga qarab ularning har biri uchun alohida standartlar mavjud:
-rezbaning vint chizig’i silindr yoki konus sirtida nuqtaning aylanma va ilgarilanma harakati natijasida chizilgan chiziq hisoblanadi;
-rezbaning vint sirti vint chizig’i bo’yicha silindr yoki konus sirtida qirqilgan rezbaning sirti hisoblanadi;
-silindrik va konussimon rezba – to’g’ri doiraviy silindr va konus sirtlariga o’yilgan rezbalar kiradi;
-rezbaning o’rami-nuqtaning sirt yuzasiga bir marta aylanib chiqqan geometrik yo’li hisoblanadi;
-o’ng va chap yo’lli rezba –silindr yoki konus sirtida soat millari yo’nalishi bo’yicha qirqib hosil qilingan rezba o’ng, soat yo’nalishiga teskari harakat bo’yicha rezba chap yo’lli rezba deyiladi;
-bir kirimli va ko’p kirimli rezba-bitta nuqta orqali chizilgan vint chizig’i orqali qirqilgan rezba (R) bir qirqimli, bir vaqtning o’zida ikkita va undan ortiq nuqtalar chizgan vint chiziqlari orqali qirqilgan rezbalar (Pn) ko’p kirimli rezbalar deyiladi (5.13.1-chizma).
Rezbaning asosiy elementlari va parametrlari:
rezbaning o’qi vint sirti hosil bo’lgan sirtning o’qi;
r ezbaning profili-rezbaning o’qi orqali o’tgan kesuvchi 5.13.1-chizma tekislikda hosil bo’lgan kesimdagi tishning chiqqan
qismi shakli;
rezbaning yuqori va ostki qismi-vintli rezba sirtining yuqori qismi va ichki, ya’ni rezba ariqchasining tubi qismi;
rezbaning tashqi diametri (d) –sirtga o’yilgan rezbaning tashqi (nominal) diametri, teshikka o’yilgan rezbaning katta yuqori qismi sirti (5.13.2-chizma);
-rezbaning ichki diametri (d1) –sirtga o’yilgan rezbaning ichki diametri, teshikka o’yilgan rezbaning ustki ya’ni tashqi diametri qismi sirti (5.13.2-chizma);
-rezbaning nominal diametri d - rezba o’lchamini shartli belgilashda qo’llaniladigan diametr;
-rezbaning qadami (R) –rezbaning bir o’rami, ya’ni silindr yoki konus sirtida nuqtaning bir marta aylanib chiqqandagi chizgan vint chizig’iga teng masofa;
-rezbaning sbegi –detalning silliq qismidan rezbaning to’liq o’yilgan joyigacha bo’lgan masofa (5.13.2-chizma);
-konus rezbaning keltirilgan o’rtacha diametri-tashqi yoki ichki konus rezbaning profili chiziqli va burchak elementlarining o’lchami bilan aniqlangan o’rtacha nominal diametri.
5.13.2-chizma
Rezba turlari. Silindrik metrik rezba (5.13.3-chizma) o’zining burchak profili α=60° bilan profil-teng tomonli uchburchak harakterlanadi. Profilning nazariy balandligi H≈0,86602 R, xizmat balandligi H1≈0,54126R ga teng. 1 mmdan 600 mmgacha bo’lgan silindrik metrik rezbalar ko’proq qo’llaniladi. Мetrik rezbalarni shartli belgilashda M harfi, nominal diametri, mayda yoki yirik qadamligi, chap yo`lli rezbalar uchun L H lar qatnashgan. Masalan, nominal diametri 24 mm, yirik qadamli P=1,5 mm metrik rezba – M24 deb belgilanadi. Shu o`lchamdagi mayda qadamli rezba M24x1,5 ko`rinishda, shu o`lchamdagi yirik, mayda qadamli P=1,5 rezba chap yo`lli bo`lsa M24x1,5 L H deb belgilanadi. Agar metrik rezba ko’p kirimli bo’lsa, qavs ichida R ning qiymati beriladi. M24x3(R1)-metrik rezbaning nominal diametri 24 mm, kirimi 3 mm, qadami 1 mm deb o’qiladi. Shu o’lchamda
rezba chap yp’lli bo’lsa – M24x3/R1/ LH ko’rinishida yoziladi.
5.13.3-chizma
Do'stlaringiz bilan baham: |