Konussimon quvurli rezba 1:16 konuslikdagi sirtga o`yiladi. Ularni shartli belgilashda R harfi qatnashadi. Tashqi konussimon quvurli rezba –R1 1/2 , ichkisi – Rc11/2, Shu rezba chap yo`lli bo`lsa R 11/2 LH ko`rinishida belgilanadi. Quvurlarni bir-biriga o`tkazishdi –Rc/R11/2 – A/B ko`rinishida yoziladi. Ba`zi xollarda ichki silindrik quvurli rezbaga tashqi quvurli konussimon rezbalar o`tkazilishi (burab kiritilishi) mumkin. Shunda ular quyidagicha belgilanadi: G/R 11/2 –A; G/R 11/2LH
–A.
Trapesiyasimon rezba (5.13.6- chizma) larning profili teng yonli trapesiyalardan iborat bo`lib, uchidagi burchagi 30º ga teng. Standartga ko`ra bu rezbalar 10mm dan 640 mm gacha diametrlarida tayyorlanadi. Bunday rezbalar harakatlanuvchilar guruhiga kiradi.
5.13.6- chizma
Trapetsiyasimon rezbalar mayda, yirik qadamli, bir kirimli, ko`p kirimli, o`ng yo`lli va chap yo`lli bo`ladi. Bir kirimli tashqi rezbali diametri 50 mm, qadami 8 mm, qo`yim maydoni 7e bo`lsa Tr50x8-7e, shu parametrdagi chap yo`lli rezba – Tr50x8 -7e ko`rinishlarda yoziladi.
Ko`p kirimli trapetsiyasimon rezbani belgilashda uning qadami Pn (P-qadami, n-kirim soni) kiritiladi. Masalan, Tr50x8(P4) – nominal diametri 50 mm, kirimi 8 mm, qadami 4 mm, shu parametrli rezba chap yo`lli bo`lsa –Tr 50x8 (P4)LH deb belgilanadi.
Trapetsiyasimon rezbalarni belgilashda qo`yim maydonini ko`rsatish zarur bo`lsa, u eng oxirida yoziladi, masalan, Tr50x8(P4) -7e yoki Tr50x8(P4) -7H. Trapetsiyasimon rezbaning rezbasi qancha kiritilishini ko`rsatish lozim bo`lsa – Tr50x8(P4) -7e-180-bu yerda 180 rezbaning kiritilgan uzunligi. Rezbalarning birikkan holdagi ko`rinishini belgilashga misol: Tr50x8(P4)-7H/7e yoki Tr50x8(P4)LH-7H/7e.
Tirak rezbalarning (5.13.7- chizma) yasovchi teng yonsiz trapetsiyadan iborat bo`lib, uning bir yoni, ya`ni profilining ish bajaruvchi tomoni 3º burchak, ikkinchi yoni 30º burchak tashkil qiladi. Rezba profilining o`yiq qismi yumaloqlanadi, uchlari esa tekis kesilgan bo`ladi. Tirak rezbalar yirik, mayda qadamli, bir kirimli, ko`p kirimli, o`ng yo`lli va chap yo`lli bo`ladi. Tirak rezbalar asosan o`q bo`yicha bir tomonga yo`nalgan katta kuch bilan yuklanadigan vintlar domkrat, iskanja kabilarda ishlatiladi.
Bir kirimli diametri 50 mm, qadami 8mm tashqi rezbani belgilashga misol: S50x8, shu paramerli rezba chap yo`lli bo`lsa-
S50x8 LH. Ko`pkirimli tirak rezbaning shartli belgilanishiga
5 .13.7- chizma uning kirimi soni qo`shib yoziladi,
misol: S50x20(P8) –ikki kirimli rezbaning diametri 50 mm, kirimi 20 mm, qadami 8 mm. Shu parametrli chap yo`lli rezba – S50x20(P8) LH. Tirak rezbalarni belgilashda qo`yim maydonini ko`rsatilganligiga misol: S50x8-7e, S50x8 LH-7e. Rezbasining qancha burab kiritilganligiga misol: S50x18-7e-150, 150 – rezbaning burab kiritilganlik uzunligi.
Tirak rezbali birikmaning tasvirlanishiga misol: S50x8(P4) -7H/7e yoki
S50x8(P4)LH -7H/7e. Kuchaytirilgan tirak rezbalarning profili 45º va 3º li bo`lib, bir kirimli, rezbasining diameri 80 mm dan 2000 mm gacha tayyorlanadi. Nominal diametri 200 mm, burchagi 45º, qadami 12 mmli rezbani belgilanishiga misol: S
45º200x12.
Do'stlaringiz bilan baham: |