Konussimon metrik rezba (5.13.4 -chizma). Konussimon metrik rezbalar 1:16 nisbatdagi konus sirtiga o`yiladi. Ularning nominal diametric 6 mm dan 60 mm gacha bo`lishi mumkin. Konussimon rezbalarni belgilashda MK harflar, nominal diametri o`lchami, qadamining o`lchami bo`lishi lozim. MK 24x1,5-o`ng yo`lli, MK24x1,5 LH-chap yo`lli.
5.13.4- chizma
Silindrik quvurli rezba (5.13.5- chizma). Quvurlarni bir-biri bilan ulashda qo`llaniladi. Quvurli rezbalar duyumlarda (1 dyum = 25,4 mm ga teng) G harfi qo`shib belgilanadi. A sinf aniqlikdagi 11/2 o`lchamdagi silindrik quvurli rezbani belgilashga misol: G11/2 –A. Shu o`lchamdagi, B sinf aniqlikdagi, chap yo`lli quruvli rezba –G11/2 LH-B deb belgilanadi. Tashqi va ichki rezbalarni biriktirishda ularning aniqlik sinflari bir xil bo`lsa – G11/2 –A/A, xar xil bo`lsa -G11/2 A/B ko`rinishda belgilanadi.
5.13.5- chizma
Do'stlaringiz bilan baham: |