5.11-§. Detallarning ish chizmalari (O`zDSt 2.109:2003)
Ishlab chiqarishda har bir detal uchun alohida ish chizmalar bajariladi.
Detalning ish chizmasida tasvirlar soni (ko`rinishlari, qirqim, kesim, chiqarish elementlari) iloji boricha kam bo`lishi, lekin ular detalning shakli, o`lchamlari va boshqa parametrlari to`g`risida to`la tasavvur berishi lozim.
Detalning ish chizmalarida uni tayyorlashda va nazorat qilishda zarur bo`lgan o`lchamlari va chekli chetga chiqishlari, sirtning g`adir-budirligi, materiali va tayyor detalga yig`ish oldidan qo`yiladigan boshqa texnikaviy talablar bo`lishi kerak.
Konstruksiyasi judda soda bo`lgan detallar chizmalarining tasvirini bitta bosh ko`rinishda tasvirlashga yo`l qo`yiladi (5.11.1 –chizma, a, b).
Quyidagi xollarda datalga ish chizmalari tuzish shart emas:
fason yoki sortament materiallardan to`g`ri burchak ostida, list materialdan aylana yoki to`g`ri burchak perimetri bo`yicha qirqish yo`li bilan tayyorlangan va keyinchalik ishlov berilmaydigan detallar uchun;
5 .11.1 –chizma - ajralmaydigan birikmalarning detallari uchun;
shakli va o`lchamlari (uzunligi, egish radiuslari kabilar) o`rnatilgan joyida aniqlanadigan, donalab ishlab chiqariladigan buyum detallari uchun.
Detallar egish, cho`zish va boshqa usullar bilan tayyorlanganda ish chizmasidagi tasvirlar uning shakli va o`lchamlari to`g`risida to`la tasavvur beraolmasa, u holda chizmada bu detalning to`liq yoki qismi yoyilmasini chizib ko`rsatish lozim (5.11.2 -chizma). Bu yoyilmada faqat tayyor detalda ko`rsatishning iloji bo`lmagan o`lchamlar quyiladi va tasvir ustiga “ Yoyilma” deb yozib qo`yiladi.
5.11.2 -chizma
Chizmaning yaqqolligini buzmasdan detal ko`rinishida uning yoyilmasini joylashtirib ko`rsatish mumkin (5.11.3-chizma). Bunday xollarda yoyilma to`g`risida hech qanday yozuv yozilmaydi.
5.11.3-chizma 5.11.4 -chizma
Prujna turidagi detallarning boshlang`ich shakli o`zgartirilganda so`ng bu holat ingichka ikki nuqtali shtrix-punktir chiziq bilan tasvirlanadi (5.11.4 -chizma) va o`lchash zarur bo`lgan elamentlarning o`lchamlari shu tasvirga qo`yiladi.
Batamom tayyorlangan buyumda uchlarini ishlatish va ta`mirlash nuqtai nazaridan saqlab qolish talab qilinsa, standart bo`yicha barcha zarur o`lchamlari va boshqa ma`lumotlari ko`rsatilgan holda tasvirlanadi (5.11.5 –chizma, c).
5.11.5 -chizma
Ikkita bir xil bo`lgan markaz uyalarining faqat bittasiga o`lcham qo`yiladi
–chizma, a. Agar markaz uyalarning tayyor maxsulotda bo`lishi ma`n etilsa, 5.11.5 –chizma, b dagidek belgilab qo`yiladi. Markaz uyalarining tayyor mahsulotda bo`lishi yoki bo`lmasligi konstruktiv ahamiyatga ega bo`lmasa, detalning ish chizmasida markaz uyalari tasvirlanmaydi va hech qanday izoh yoki eslatma berilmaydi.
Detallar tolasi ma`lum yo`nalishdagi materiallardan tayyorlangan bo`lsa, zarur xollarda, ularning chizmalarida tolaning yo`nalishi iki tomonlama yo`nalish bilan ko`rsatiladi va tegishli izoh beriladi (5.11.6 –chizma, a, b).
-chizma
Tekstolit, fibra va shunga o`xshash qatlamli materiallardan tayyorlanadigan detallarda materiallar qatlamlarining joylashishi chizmaning o`zida “ Qatlamlari A sirtiga parallel joylashgan” deb izoh beriladi (5.11.7 -chizma).
Qatlamlari A sirtiga parallel joylashgan
-chizma
Chizmalarda materialning o`ng tomoni simmetrik bo`lmagan detallarda ko`rsatiladi (5.11.8 -chizma).
-chizma
Buyumlarning tekis sirtlariga yoziladigan yozuvlar, belgilar chizmalarda to`liq ko`rsatiladi. Ularning yozilishi va joylashishi tayyor buyumga qo`yilgan talabga mos ravishda bajariladi. Agar yozuvlar va belgilar buyumlarning silindrik yoki konus sirtlarida bajariladigan bo`lsa, chizmalarda bu sirtlar yoyilma ko`rinishida berilib, tegishli yozuvlar va belgilar yozilib qo`yiladi. Bu yozuvlar va belgilarni bajarish (gravyurovka, chekanka, shtempel, fotografiya, quyma va hokazo) usullari ko`rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |