5.14-§. Biriktirish detallari.
Biriktirish detallariga qo’yiladigan texnik va mexanik talablar standartlarda belgilangan. Biriktirish detallarining mexanik xususiyatlari chizmalarda ko’rinishlar, qoplamalarning shartli belgilanishi, markalash kabilar orqali belgilanadi.
Biriktirish detallarini shartli belgilash. Standart tomonidan biriktirish detallarini to’liq shartli belgilashni talab qiladi. Masalan: “Bolt A2M20x1, 5-L-6x60.58.C.029” quyidagicha o’qiladi: A-aniqlik turkumi; 2-bajarilishi; M20-metrik rezba diametrik; 1,5-rezbaning qadami; L-rezbaning yo’nalishi; 6g-rezbaning qo’yim maydoni; 60-boltning mm da uzunligi; 58-mustahkamlik turkumi
(raqamlar orasidagi nuqta qo’yilmaydi) yoki guruh; C-po’latning tatbiq qilinishi; 02-qoplama turining raqamli belgisi; 9-qoplamaning qalinligi.
Detalning shartli belgilanishida 1-bajarilishi, yirik qadamliligi, o’ng yo’lligi, qoplamasi bo’lmasa ular ko’rsatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |