12-Mavzu. Neft va gaz quduqlari, ularning tasnifi va konstruksiyalari
Reja:
1.Neft va gaz quduqlarining tuzilishi
2.Neft va gaz quduqlari konstruksuysi
3.Quduq tubi jihozlanishi
12.1.Neft va gaz quduqlarining tuzilishi.
Quduq qachon va qayerda qazilganligi noma`lum. Lekin qadim-qadim zamonlardan odamlar quduqlar qazib, undan suv to`plab ichib kelishgan. Hozirgi kunlarda ham mamlakatimiz cho`lli zonalarini, shahar va qishloqlarni ichimlik, minerallashgan issiq suvlar bilan ta`minlash, ekin maydonlarini sug’orish uchun chuqurligi 150-4000 metrgacha bo`lgan 15000 dan ortiq quduq qazilgan. Shulardan 3000 dan ortig’i (5-10 metrdan 1570 metrgacha) Mirzacho`l hududiga to`g’ri keladi. Burg’ilash qudug’i bu yer po`stidagi tog’ jinslarini burg’ilab o`tadigan, uzunligi diametriga nisbatan farq qiladigan silindrga o`xshash tik, qiya va gorizontal qurilma. Uning diametri 25 mm dan 5 m gacha va undan qam ortiqroq bo`lishi mumkin. Odatda, neft va gaz quduqlarining boshlang’ich diametri esa 165 mm dan kichik bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |