Toshkent 2014 B. M. Azizov, I. A. Israilov, J. B. Xudoyqulov o


Ilmiy agronomiyaning kuzatish usullari



Download 3,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/163
Sana05.06.2022
Hajmi3,18 Mb.
#638453
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   163
Bog'liq
B Azizov O\'simlikshunoslikda ilmiy tadqiqot ishlari 2

Ilmiy agronomiyaning kuzatish usullari 
Ilmiy agronomiyaning boshqa fanlardagi mavjud kuzatish usullaridan keskin 
farq qiladigan va o„ziga xos boMgan bir necha xil uslublari bo„lib, bu 
uslublaming o„zi ham mazmuni va maqsadi bo'yicha, bajarilishi bilan bir-biridan 
farq qiladi. Ilmiy agronomiyaning asosan quyidagi kuzatish usullari 
o„simlikshunos-likda, dehqonchilikda keng qoMlaniladi: 
1.
 
Labaratoriya, 2. Vegetatsion, 3. Lezimetrik, 4. Dala tajriba. 
Ushbu kuzatish usullari orqali qishloq xo„jalik o„simliklari ustida kuzatish 
ishlari olib boriladi, ma‟lumotlar olinadi va shu ma‟lumotlar asosida aniq 
kuzatish olib borilgan xo„jalik va konkret sharoit uchun tavsiyalar beriladi. 
Labaratoriya kuzatish usuli, asosan hamma sohalarda o„rganilayotgan faktlar 
va ulaming qishloq xo„jalik ekinlarining urugMariga, o„simliklarga ta‟siri 
labaratoriya sharoitida o„rganiladi. 
Bunda ma‟lum bir sharoit yaratilib, aniq xulosa olish mumkin. Misol uchun 


25 
chigitlarning unuvchanlik darajasini aniqlash. Bunda chigitning unish uchun 
zarur boMgan namlik, yorug„lik va harorat sun‟iy ravishda yaratiladi. Ushbu 
maqsadlardagi tajribalar termostadlarda, bokslarda, ob- havo kameralarida 
o„tkazilib, sun‟iy usulda yaratilgan faktor sozlab turiladi, Labaratoriya 
tajribalarida ko„pincha mineral o„g„itlaming aniq o'zlashtirish koeffitsienti, 
pestitsid va har xil kimyoviy moddalaming miqdori organizmlarga ta‟siri ham 
o„rganiladi. 
Labaratoriya kuzatish usulining qulay tomoni shundan iboratki, sodir 
boMgan holatda faktorlaming ta‟siri qanchalik qismga ega ekanligini aniqlash 
imkonini beradi. Buning uchun maxsus mikrobiologik, bioximik va bakteriologik 
laboratoriyalar mavjud boMib, bularda hosilni shakllantirishdagi muhim faktorlar 
o„rganiladi. Labaratoriya kuzatish usuli bo„yicha ish olib borish uchun maxsus 
uslublar mavjud boMib, ushbu uslublarda bajariladigan ishlarning usullari va 
bosqichlari ko„rsatilgan boMadi. Labaratoriya sharoitida bajarilgan kuzatishlar 
natijalarining aniqlik darajasi ko„p jihatdan olingan tuproq o„simlik 
namunalarining olish usullariga va qanchalik aniq olinganligiga ham bogMiqdir. 
Shuning uchun namunalar iloji boricha hamma qaytariqlardan, hech boMmasa 
kamida 2 ta qaytariqdan olinadi. 
Vegetatsion kuzatish usuli yoki tajribasi o„simliklaming mineral moddalar 
bilan saqlanishi, suv va yorugMik sharoitlari, o„sishning jadallashtiradigan 
moddalarning ta‟sirini hamda o„simliklaming o„sishi va rivoj'lanishiga ta‟sir 
etadigan boshqa faktorlarni o„rganishda katta ahamiyatga ega bo„lib, bu qator 
amaliy masalalami hal etishga qaratilgan ilmiy tekshirish ishlarida keng 
qo„llaniladi. Vegetatsion tajriba sharoitida o„simliklaming oziqlanishi, ulaming 
o„sish dinamikasini (o„zgarishini), meva tugishi, hosil to„plashi kabi faktorlarni 
aniq kuzatish dala sharoitiga nisbatan qulay. 
Lezimetrik kuzatish usuli boshqa kuzatish usullaridan farqli o„laroq, 
o„simliklaming hayot faktorlari va tuproqdagi protseslaming dinamikasi maxsus 
lezimetr (beton yashiklar) da o„tkaziladi. Bunda asosan ozuqa moddalar va suv 
balansi kabi muhim masalalar tabiiy sharoitda o„rganiladi. Lezimetrik 
kuzatishning qulay tomoni shundan iboratki, yon yoki pastki tomoni ochiq bo„lib, 
tabiiy sharoitda yuqorida aytilgan faktorlar yoki muammolar o'rganiiadi. 
0
„rganilayotgan faktorlar mos holda lezimetmi o„lchamlari har xil bo„ladi. Ko„p 
hollarda hamma tomonlari bir metrdan boMgan, ya‟ni lm, kub xajmgacha, 
devorlarining qalinligi 0.3-0.5 metrgacha boMgan lezimetrlardan foydalaniladi. 
Lezimetrlarda asosan dehqonchilik, melioratsiya, tuproqshunoslik, agronomiya 
va o'simlik fiziologiyalari sohalarida suv balansi, ozuqa elementlarining 
o„zlashishini, atmosfera yogMni miqdori va o„simliklaming oziqlanishida 
nishonlangan izotoplardan foydalanish muammolari o„rganiladi. Ba‟zi hollarda 
gMshtlik yoki metallardan tayyorlangan lezimetrlardan ham foydalaniladi. 


26 
Kuzatishning lezimetrik usuli dala sharoitida kuzatilganligi va vegetatsion 
kuzatish usuliga yaqin boMganligi uchun kuzatish usulini 
dala vegetatsion usuli
ham deyiladi. 
Dala vegitatsion kuzatish usuli keyingi vaqtda o„simliklar seleksiyasida va 
agrometeorologiya sohasida faktorlarni aniq modellashtirish maqsadida keng 
qoMlanilmoqda. Lezimetr qurilmalarida muhit, qumlik, mayda toshlik yoki suvli 
boMishi mumkin. Tajribaning maqsadga shu muhitlarda o„stirib o„rganilayotgan 
faktor bilan o„simlik hosildorligi o„rtasida bogMiqlik aniqlanadi. 
M.A. Belousov o„z shogMrdalari bilan lezimetmi suvli muhitda 
(gidroponik) g„o„zaga ozuqa moddalarining ta‟sirini o„rgangan. Bunda talab 
qilinadigan moddalar suvda yeritilib berib borilgan va qolgan muhitlar ham 
nazorat qilib turilgan. Olingan hosilni gektardagi hosildorlikka aylantirib 
hisoblaganda har gektar maydonda 103.2 setnyerdan hosil olishga yerishildi. 
Xuddi shunday maqsaddagi tajriba Tojikiston dehqonchilik ilmiy tadqiqot 
institutida Domlajonov va
Jumanqulovlar tomonidan ham olib borilgan va har gektar maydondan 83.7 
sentnyerdan paxta hosili olingan. 
Labaratoriya, vegetatsion va lezimatrik tajribalaridan olingan ma‟lumotlaming 
qanchalik bebaholigidan qat‟iy nazar, olingan xulosa va takliflami ishlab chiqishga 
tavsiya qilinishi uchun, albatta dala sharoitida kuzatilib, keyingina xulosa qilinib 
ishlab chiqishga tavsiya qilinsa, maqsadga muvofiq bo„ladi. 
Dala tajriba kuzatish usuli ilmiy agronomiya va ishlab chiqarish bilan uzviy 
bog„laydi. Dala tajribasidan olingan aniq ma‟lumotlar ishlab chiqiladi va yangi 
navlar, ulaming aniq sharoitidagi agrotexnik tadbirlari mineral va organik 
o„g„itlaming me‟yori konkret sharoit uchun xo„jaliklarga tavsiya qilinadi. 
Dala tajribasidan olingan ma‟lumotlaming aniqlashtirish va tasdiqlash 
maqsadida tajriba maydonning tuprog„i va o„simliklardan namunalar olinib
labaratoriya sharoitida tahlil qilinadi. Tuproqning agrofizik va agrokimyoviy 
tahlili o„simliklar tarkibini kimyoviy va hosilning texnologik sifat 
ko„rsatkichlarining tahlillari birgalikda dala tajribasidan olingan ma‟lumotlami 
aniqlashtiradi va to„Idiradi. Bu ishlami bajarish uchun maxsus uslublar mavjud 
bo„lib, unda ulaming bajarilishi bosqichlari ko„rsatib o„tilgan bo„ladi. 
Zamonaviy ilmiy agronomiyaning asoslari bo„lib, tekshirish ishlarining 
statistik rejalashtirishining hamda olingan ma‟lumotlardan yanada to„laroq 
ma‟Iumot olish uchun ilmiy tekshirish ishlarini matematik modelini ishlab 
chiqish va elektoron hisoblash mashinalaridan keng foydalanish zarur. Bundan 
olingan hosildorlik ma‟lumotlarining o„rtacha va yo„l qo„yilgan xatoliklari aniq 
va ravshan bo„ladi. 
Tajribalaming ko'rsatishicha, nazorat qilib boMmaydigan sharoitlarda 
mavjud bo„lmaydigan sharoitlarda, mavjud boMgan joylarda, dala tajribalarini 


27 
tartibga solish hisobiga yoM qo„yilgan xatoliklar miqdori anchaga kamayadi. 
Nazariy savollar 
I Ilmiy tadqiqotlarning nazariy asoslari 
2.
 
Ilmiynadqiqot usullari 
3.
 
Labaratoriya tadqiqot usuli 
4.
 
Lizimetrik tadqiqot usuli 
5.
 
Vegetatsion tadqiqot usuli 
6 .Dala tadqiqot usuli 

Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish