yo„lida ilmiy tekshirish
ishlarini amalga oshirish, madaniy ekinlarining
biologiyasini, hayot faktorlariga talabini aniq sharoit uchun mos holda ishlab
chiqarishlar orqali amalga oshirildi.
Ilmiy tekshirish ishlari hamma fanlarda ham nazariy yoki amaliy yo„l bilan
hayotning qonuniyatlarini tushuntirib beradi. Ilmiy agronomiyani o„rganish uchun
oldiga qo„yilgan masalalaming murakkabligiga nazariya bilan amaliyotni ajratish
uchun imkon beradi. Olib borilgan kuzatishlar, tajribalar va shu nazariyalar
asosida olib borilgan eksperimentning natijalarini
umumlashtirish ilmiy
nazariyaning asosi boiib hisoblanadi.
Ilmiy agronomiya- nazariy asoslarini ishlab chiqishda va qishloq xo'jalik
o„simliklaridan yuqori hosil olishda asosan ikki xil ilmiy kuzatishlami asos qilib
oladi.
1.
Kuzatish.
2.
Eksperiment (tajribalar).
Kuzatish deganda, o„rganilayotgan omillami o'simlikka son va sifat jihatdan
ta‟sirini kuzatib, qayd etilib borilishiga aytiladi. Kuzatish vegetatsiya davri
boshlanishidan vegetatsiya oxirigacha, ayrim tadqiqotlarda yil davomida olib
boradi. Ob-havo stansiyalarida har kuni havoning harorati va yog„in miqdori
kuzatilib hisobga olib boriladi.
Qishloq xo„jaligida esa
tuproq tarkibidagi namlikni, ozuqa elementlar
miqdorini, har xil navlarni tashqi muhitga chidamlilik hususiyatlari va
o„simliklami suvga bo'lgan talablari kuzatib boriladi hamda hisobga olinadi.
Kuzatilayotgan yoki hisob olib borilyotgan eksperimentlar kuzatuvchiga
muammoni tezlik bilan hal qilishni emas, balki ma‟lumot to„plashni taqoza qiladi.
Buning uchun ishchi gipoteza asosida ilmiy asosda rejalashtiriladigan ilmiy-
tekshirish ishlaridan olingan ma‟lumotlar asosida
gipoteza tasdiqlanadi yoki
noto„g„riligi asoslab beriladi. Butun fan rivoji tarixida yangi gipotezalar yaratilib
eskisi yoki asossizlari tashlab yuboriladi. Shakllangan gipotezalar keyinchalik
nazariyaga aylanadi va tajriba natijalari asosida to„g„ri yoki noto„g„riligi
tasdiqlanadi. Hamma kuzatishlar o„rganilayotgan faktoming o„simlikka son va
sifat jihatdan o„zgarish mazmunini tushuntirib bermaydi. Qishloq xo„jaligida
faqatgina kuzatish bilan biron bir aniq qonuniyat yoki xulosaga kelib bo„lmaydi.
Ilmiy agronomiyada oldiga qo„yilgan muammo yoki biror omilning tasirini
o„rganishda aniq xulosa qilish uchun kuzatishdan ko„ra murakkabroq boMgan
tajribalar olib boriladi. Ma‟lum bir faktomi qishloq xo'jalik ekinlarining hosiliga
ta‟siri o„rganilib ular orasidagi borliq yoki qonuniyat aniqlanadi. Ushbu
bog„liklik
yoki nisbat
korreliyasiya
deb ataladi. Masalan, azotli o„g„itlami
me‟yori bilan paxta hosili o„rtasidagi bogMiklik
korreliyativ bog„liqlik
deb
ataladi. Agar azotning me‟yori ortib borishi bilan paxta hosildorligi ham ortib
borsa, bu bogiiqlik to„g„ri korreliyativ bog„liqlik deb, aksincha azot me‟yori ortib
borishi bilan paxta hosildorligi kamaysa, teskari
korreliyativ bog„liqlik
deb
ataladi.
Faktor o„rtasidagi korreliyativ bogiiqlikni o„rganish ta‟siming mazmunini va
mohiyatini ochishga yordam beradi. Kuzatuvchining sun‟iy
ravishda biron bir
faktor yaratib uning o„simliklarga ta‟sirini aniq o„rganish
eksperimentyoki
tajriba
deb ataladi.
Tajriba - kuzatishning asosiy usuli boMib, o„z ichiga hamma kuzatish
turlarini, korreliyativ bog„liqlikni, sharoitlami o„zgarish-larini aniq hisoblash va
olingan ma‟lumotlami ishlab chiqishni o„z ichiga oladi.
Tajribadan olingan ma'lumotlaming aniqlik darajasi juda ko"p jihatdan
kuzatuvchining
mahoratiga, qat‟iyatiga bog„liqdir. Shuning uchun Nyutondan
qanday qilib buyuk ixtironi yaratgnanini so„rashginida, u hamma vaqt shu haqida
o„ylaganini aytgan. Shuning uchun kuzatuvchi tajriba o„tkazuvchi hamma vaqt
izlanishda bo„lishi shart.
CHarlz Darvin iborasi bilan aytganda: Dohiy - bu sabr toqatdir.
Kuzatuvchining muvofaqqiyatini juda ko„p jihatdan fanga, ilmiy ishga bo„lgan
muhabbatiga, bardoshiga va to„g„ri tasavvur qilishiga bog„liqdir.
B.A. Dospexovning ta‟kidlashicha, olib borilayotgan ilmiy ishlarning
samaradorligi va uning sifati ko„p jihatdan tajriba olib borilgan kuzatishga aniqlik
darajasi, uning uslubiga bogMiqdir.
0
„simlikshunoslikda ilmiy ishlarning asoslari fani asosan qishloq xo„jaligida
ilmiy ishlarning rejalashtirish usullarini, o„tkazish texnikasini ko„p yillik va ko„p
faktorlik
usulda o„tkazishni o„rgatadi. Qishloq xo„jaligidagi ilmiy
agronomiyaning o„rganilayotgan ob‟ektining keng, ko„p qirrali va kuzatish
usullarining xilma-xilligi uchun aniq fanlar -
kimyo, matematika, fizika, fiziologiya kabilar bilan birgalikda bajariladigan
uslublardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: