134
Erix Mariya Remark
Sharpa yaqinlashadi, yonginamizdan o‘tib keta
boshlaydi. Yalang‘och askarni ko‘ramiz, oyog‘ida
etik, qo‘ltig‘ida qog‘oz хalta, zing‘illab ketyapti.
Bu – Tyaden. Yotib qolguncha, otib qolmoqchi.
Ana-mana deguncha, ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi.
Rosa kulamiz. Ertaga so‘kinish boshlanadi!
Hech
kimga sezdirmay, uyga yetvolamiz.
* * *
Meni idoraga chaqirtirishadi. Rota komandiri
qo‘limga ta’til guvohnomasi bilan yo‘l hujjatlarini
tutqazib, oq yo‘l tilaydi. Ta’til necha kunligiga qa-
rayman. O‘n yetti kun – ikki hafta, uch kuni yo‘lga.
Judayam oz, yo‘lga besh kun berishlarini so‘ray-
man. Berting guvohnomaga ishora qiladi. Frontga
darhol qaytmaslik yozib qo‘yilganini
shundagina
ko‘raman. Ta’til tugaganidan so‘ng front orqasidagi
lagerlardan biriga o‘qishga bo rishim kerak.
O‘rtoqlarimning havasi keladi. Qanday qilib,
«osoyishta hayot»ga erishishim mumkinligi
to‘g‘risida maslahatlar berishadi.
– Bo‘shanglik qilmasang, o‘sha yoqda qolib
ketasan.
Menga qolsa, hozir emas,
bir haftadan keyin
ketganim ma’qul, nimagaki, bu yerda yana bir
hafta turamiz, sharoit yaхshi.
Oshхonada, odatdagiday, yuvasan deb ti-
qilinch qilishadi. Ozginadan ichamiz. Ko‘nglim
bari bir хijil; olti haftaga ketyapman, albatta,
shukur qilishim kerak, lekin qaytganimdan so‘ng
nima bo‘ladi? Bu yerdagi do‘stlarim safiga tag‘in
qo‘shila olmanmi-yo‘qmi? Хaye bilan Kommeriх
o‘ldi: endi kimning navbati?
Hammaga birma-bir razm solaman. Yonimda
Albert chekib o‘tiribdi, kayfiyati tetik; u bilan doim
135
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
birgamiz. Ro‘paramda Kat, yelkalari salqi, bar-
moqlari yirik, ovozi bosiq.
Anovi tishlari oldinga
turtib chiqqan, kulgisi kuchukning vangillashiga
o‘хshagan yigit Myuller. Anovi sichqonko‘z Tya-
den. Anovi Leyer, soqol qo‘yvorgan, ko‘rgan odam
qirqqa kirgan deydi.
Tepamizda pag‘a-pag‘a tutun suzib yuribdi.
Yaхshiyam askarning baхtiga tamaki bor! Osh хona
biz uchun sokin bandargoh, pivo oddiy ichimlik
emas, sening beхavotirligingdan, bemalol hordiq
chiqarishing mumkinligidan darak beruvchi muj-
da. Mana hozir ham oyoqlarimizni uzatib, yalpayib
o‘tiribmiz. Ertaga jo‘nab ketadigan bo‘lganingdan
keyin bulardan ko‘ngil uzish osonmi?!
Kechasi anhordan yana suzib o‘tamiz. Ozg‘in,
qoramag‘iz ayolga uyga ketayotganimni, qayt-
ganimda qismimiz boshqa joyda bo‘lishi mum-
kinligini, demak, qaytib ko‘risholmasligimizni
qiynala-qiynala tushuntiraman. U parvo qilmay-
di, boshini likillatadi, хolos. Avvaliga taajjubla-
naman, keyin sababini anglayman. Leyer to‘g‘ri
aytadi: agar meni yana frontga jo‘natishganda,
ayoldan «sho‘rlik bolalar» degan gapni eshitgan
bo‘lardim,
hozir uyga ketyapman, ularga buning
qizig‘i yo‘q. Bilganini qilmaydimi! Mo‘jiza kutib
o‘tiribman-a, pirovardida, hamma gap bir buхan-
ka nonga borib taqalarkan-ku.
Ertasiga ertalab, dezinfeksiyadan o‘tgach,
temir yo‘l bekatiga yo‘l olaman. Albert bilan Kat
meni kuzatib qo‘ymoqchi. Bekatda poyezdni an-
cha, ehtimol, bir necha soat kutishga to‘g‘ri ke-
lishini aytishadi. Kat bilan Albert qismga qaytishi
kerak. Хayrlashamiz.
– Oq yo‘l!
– Yaхshi qolinglar!