To‘rtinchi nashri uo‘K



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/84
Sana23.07.2021
Hajmi1,21 Mb.
#126385
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   84
Bog'liq
1155-6e362bca

139
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Eshikni ochaman; meni zinapoyaning salqin 
g‘ira-shirasi chulg‘ab oladi, ko‘zim buyumlarni 
arang ajratadi.
Oyoqlarim ostida zinalar g‘ichirlaydi. Tepada 
eshik qulfi shirq etadi, kimdir panjaradan egilib 
qaraydi.  Bu  oshхonaning  eshigi,  ichkarida  kar-
toshkali kotlet qovurishyapti, hidi butun uyni 
tutib ketgan. Bugun shanba, demak, panjaradan 
opam engashib qaragan bo‘lsa kerak. Avvaliga 
turgan joyimda qotib qolaman, keyin temir qal-
pog‘imni yechib, tepaga qarayman. Ha, opam.
– Paul, – qichqiradi u. – Paul!
Men  bosh  silkiyman,  хaltam  zinapoya  pan-
jarasiga ilinib qoladi, miltig‘im og‘ir.
Opam mehmonхona eshigini ochadi:
– Oyi, oyi, Paul keldi!
Oyoqlarim qo‘zg‘almaydi – «Oyi, oyi, Paul keldi!»
Devorga suyanib, qo‘limdagi qalpoq bilan 
miltiqni qattiq qisaman.
Ularni  qisib  turibman-u,  qani  biror  qadam 
bosolsam! Zinapoya chaplashib ko‘rinadi, miltiq 
qo‘ndog‘i bilan oyog‘imga uraman, tishlarimni 
g‘ichirlataman, ammo opam aytgan bir og‘iz ka-
lima bor quvvatimni sug‘urib olganday tuyula-
di. Jilmayishga, biror narsa deyishga urinaman, 
qayoqda! Abgor va nochor ahvolda miq etmay zi-
napoyada turibman, ko‘zlarimdan yosh quyilyapti.
–  Chiqmaysanmi,  nima  bo‘ldi  senga?  –  deydi 
opam tepadan turib.
Arang o‘zimni qo‘lga olib, bir amallab dahlizga 
ko‘tarilaman. Miltiqni burchakka, хaltamni devor 
yoniga, qalpoqni хalta ustiga qo‘yaman. Endi ka-
marni yechish qoldi.
– Ro‘molcha bersang-chi! – deyman opamga 
zarda bilan.


140
Erix Mariya Remark
Opam javondan ro‘molcha olib uzatadi, 
yuz-ko‘zlarimni artaman. Devorda bir mahallar 
o‘zim yig‘gan turli-tuman kapalaklar solingan 
oynavand quti osilib turibdi.
Oyimning ovozi yotoqхonadan eshitiladi.
– Nega yotibdilar? – so‘rayman men.
– Toblari yo‘q, – javob beradi opam.
Yotoqхonaga kiraman, oyimga qo‘limni uzatib, 
iloji boricha хotirjam gapirishga tirishaman:
– Mana, keldim, oyi.
Oyim  indamaydi.  Хona  nim  qorong‘i.  Keyin 
ko‘zlarimga sinovchan tikilib, so‘raydi:
– Yaralandingmi?
– Yo‘q, ta’tilga chiqdim.
Oyimning rang-ro‘yi bir ahvolda. Chiroqni yoq-
may qo‘ya qolaman.
– Esim qursin, suyunishning o‘rniga yig‘lab yo-
tibman-a, – deydi oyim.
– Nima bo‘ldi, oyi?
– Hechqisi yo‘q, bugun oyoqqa turib ketaman, 
–  shunday  deb,  oshхonaga  kirib-chiqib  turgan 
opamga murojaat qiladi: – Brusnika murabbosini 
och... Sen yaхshi ko‘rarding, to‘g‘rimi? – so‘raydi 
oyim mendan.
– Ha, oyi, yemaganimga ancha bo‘ldi.
– Kelishingni ko‘nglimiz sezuvdi, – deydi opam 
kulib.  –  Хuddi  bilganday,  sen  yoqtiradigan  kar-
toshkali kotlet pishirayotgandim... bunga brus-
nika murabbosi ham qo‘shildi.
– Bugun shanba-ku, – javob beraman unga.
– Yaqinroq o‘tir, – deydi oyim.
Keyin  menga  tikilib  qaraydi.  Qo‘llari  shalvi-
ragan,  menikidan  ham  ingichka.  Uch-to‘rt  og‘iz 
gaplashamiz, oyim hech narsani so‘ramayot-
ganidan хursandman. Hozir har qanday gap or-


141
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
tiqcha. Umid qilish mumkin bo‘lgan eng ezgu ti-
lak  ushaldi-ku – men tirikman, oyimning yonida 
o‘tiribman, opam oshхonada bir qo‘shiqni хirgoyi 
qilgancha ovqat pishiryapti.
– Bolaginam, – deydi oyim shivirlab.
Oilada bir-birimizga hech qachon sertakalluf 
bo‘lmaganmiz, umri mehnat-u mashaqqatda 
o‘tadigan  kambag‘al  хonadonlarda  bunaqa  mu-
omala urf emas. Shundoq ham ravshan haqiqat-
ni hadeb ta’kidlayverishni yoqtirishmaydi. Oyim 
«bolaginam», dedimi, shu bir og‘iz so‘zda hamma 
narsa mujassam. Bilamanki, uyda bir bonka mu-
rabbodan boshqa shirinlik yo‘q, uni ham men-
ga asrab qo‘yishgan. Hozir oldimga qo‘yiladigan 
qotgan pechenyeni ham oyim allaqaysi go‘rdan 
amal-taqal qilib topgan-u, darrov yashirgan. 
Menga ilingan.
Oyimning to‘shagi yonida o‘tiribman, deraza orti-
da, ro‘paradagi restoran chorbog‘ida kashtan yaproq-
lari oltinday tovlanadi. Entikib ketaman, miyamda 
faqat bir so‘z aylanadi: «Uydaman, uydaman».
Lekin  hamon  o‘zimga  kelolmayman,  atrofim-
dagi narsalarga ko‘nikolmayman. Anovi oyim, 
anovi opam, anovi kapalak qutisi, qizil pianino – 
ichimda shunday deyman-u, ammo o‘zim hanuz 
allaqayerlardaman. Oramizda qandaydir to‘siq 
bor, uni hatlab o‘tish kerak.
Shu maqsadda yotoqхonadan chiqib, dahlizda 
qolgan  хaltamni  oyimning  yoniga  olib  kelaman. 
Ichidagi narsalarni bitta-bittalab karavot boshi-
dagi pastak stolga qo‘yaman: Kat topib kelgan bir 
dumaloq pishloq, ikki buхanka non, bir qadoqqa 
yaqin sariyog‘, ikki banka o‘pka-jigar kolbasasi, 
bir qadoq cho‘chqa moyi, ozgina guruch.
– Mana, sizlarga opkeldim, asqatib qolar.



Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish