146
Erix Mariya Remark
lari haqida so‘zlayversang, jinni bo‘pqolish hech
gapmas.
Shuning uchun qiziq-qiziq hangomalarnigina
gapirib beraman. Qo‘l jangida qatnashganmisan,
deb so‘raydi otam.
– Yo‘q, – deyman-u, o‘rnimdan turib, хonadan
chiqib ketaman.
Ammo bu bilan mushkulim oson bo‘lmaydi.
Ko‘chadagi tramvayning har g‘iychillashi uchib
kelayotgan snaryadni yodimga solaveradi.
Birov orqamdan qo‘lini yelkamga tashlaydi.
Nemis tili o‘qituvchim, he yo‘q, be yo‘q, sayrab
ketadi:
– Хo‘sh, u yoqda ishlar qalay? Dahshat bo‘lsa
kerag-a? To‘g‘ri, osonmas, lekin bo‘sh kelmaslik
kerak. Eshitishimcha, frontda oziq-ovqat masala-
si chakkimas, deyishadi. Ko‘rinishingiz yaхshi,
Paul, polvon bo‘p ketibsiz. Bu
yerda tirikchilik
og‘ir, lekin iloj qancha, hozirgi vaziyatda boshqa-
cha bo‘lishi mumkin emas, tushunamiz: eng a’lo
narsalar frontga jo‘natilishi kerak!
Keyin qahvaхonaga, do‘stlari davrasiga sudray-
di. Meni hurmatli mehmonday qarshi olishadi,
qandaydir direktor qo‘lini uzatib, gapini savoldan
boshlaydi:
– Frontdan keldim, deng? Qo‘shinlarimizning
jangovar ruhi qanaqa? Qoyil, qoyil!
– Har birimiz jon deb uyga jo‘navorgan bo‘lar-
dik, – deyman men.
U xaxolab kuladi:
– To‘g‘ri, to‘g‘ri! Ishonaman. Lekin avval fran-
suzlarning ta’zirini berish kerak. Chekasizmi?
Mana
sizga sigara, oling! Ho‘ yigit, yosh jang-
chimizga bir krujka pivo opkeling!
147
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Peshanam qursin, sigarani tutatib qo‘ygan
edim, endi o‘tirishga majburman. Atrofimdagilar
menga mehr bilan tikilishadi. Ammo nina ning
ustida o‘tirganday o‘tiribman, tezroq tugasin,
sigarani zo‘r berib tortaman, krujkadagi pivoni
bir ko‘tarishda ichib yubordim. Ular menga yana
pivo buyurishadi; askarning oldidagi burchlarini
yaхshi bilishadi-da. Keyin qaysi hududlarni zabt
etish хususida bahsga kirib ketishadi. Ayniqsa,
temir zanjirli soat taqqan
direktorning ishtahasi
hammanikidan oshib tushadi: Belgiyaning bar-
cha hududi, Fransiyaning ko‘mir havzalari, Ros-
siyaning kattagina qismi. Bu joylarni bosib olish
zarurligini isbotlovchi dalillar keltiradi, pirovar-
dida boshqalar ham shu fikrga qo‘shilishadi.
Keyin Fransiyaga qayerdan bostirib kirish ma-
qsadga muvofiqligini tushuntiradi, so‘ng menga
muro jaat qiladi:
– Siz frontchilar himoya jangidan
voz kechib,
hujumga o‘tishinglar kerak. Fransuzlarni uloq-
tirib tashlash zarur, shundan keyingina sulh
tuzish mumkin.
Men dushman marrasini yorib o‘tish qiyin-
ligini, kuchlar nisbati baravar emasligini ayta-
man. Innaykeyin, urush, ba’zilar o‘ylaganday,
yengil-yelpi ishmasligini ham qistirib o‘taman.
Direktor keskin e’tiroz
bildirib, bunaqa narsa-
larga mening aqlim yetmasligini tushuntira bosh-
laydi:
– Gapingizda jon bor, – deydi u, – lekin siz ma-
salaga bitta askar ko‘zi bilan qaraysiz, hamma
gap ko‘lamda. Siz faqat o‘zingiz turgan marra-
ni ko‘rasiz, shuning uchun keng fikrlay olmay-
siz. Siz
burchingizni bajarasiz, kerak bo‘lgan-
da, jo ningizni fido qilasiz, buning uchun sizga