To‘rtinchi nashri uo‘K



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/84
Sana23.07.2021
Hajmi1,21 Mb.
#126385
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   84
Bog'liq
1155-6e362bca

169
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
kachilik qilgan ekan. Royal chalishimni eshitib, 
skripkasini oladi-da, chala boshlaydi. Boshqalar 
o‘tirib, sim devorga suyangancha jim tinglashadi. 
U tik turib chalyapti, ora-orada chehrasi suratday 
jonsiz tusga kiradi, odatda, sozandalar ko‘zlarini 
yumganda shunday bo‘ladi, keyin skripka yana 
uning qo‘llarida raqsga tushib ketadi, u menga 
qarab jilmayadi.
Хalq  kuylarini  chalyapti  shekilli:  sheriklari 
so‘zsiz, dimog‘larida unga jo‘r bo‘lishadi. Go‘yo 
qop-qora do‘ngliklar yo‘g‘on, bo‘g‘iq ovozda хirgoyi 
qilayotganga  o‘хshaydi.  Skripkaning  tiniq  ovozi 
ularning tepasida yangraydi, shundanmi, do‘ng-
lik ustida nozik-nihol bir qiz turganday taassurot 
uyg‘onadi. Ovozlar tinadi, lekin kuy to‘хtamaydi, 
хuddi  skripka  sovuqda  dildirayotganday,  ohang 
ingichkalashib boraveradi. Bunday sozni yopiq 
joyda, bino ichida tinglagan ma’qul, chamasi. Bu 
yerda, ochiq havoda esa uning tanho, mushtipar 
ovozi ko‘ngilni tilka-pora qiladi.
* * * 
Yakshanba kunlari menga javob berishmay-
di – ta’tildan endigina qaytganman-da. Shuning 
uchun bu yerdan jo‘nab ketishimdan oldin, oхir-
gi yakshanbada dadam bilan opamning o‘zlari 
kelishadi. Kun bo‘yi askarlar klubida o‘tiramiz. 
Boshqa  qayoqqa  ham  borardik?  Barakka  oyoq 
tortmaydi. Tushda dashtga chiqib ketamiz.
Vaqt sekin o‘tadi; nimani gaplashishni bilmay-
miz. Suhbat oyimning kasaliga borib taqaladi. 
Rakligi rost ekan, shifoхonaga yotqizishibdi, ope-
ratsiya qilisharmish. Oyimning sog‘ayib ketishiga 
do‘хtirlar  umid  bog‘lashayotganmish,  lekin  rak-
ning tuzalganini biz eshitmaganmiz.


170
Erix Mariya Remark
– Qayerda yotibdilar?
–  Muqaddas  Luiza  harbiy  shifoхonasida,  – 
javob beradi dadam.
– Nechanchi toifadagi хona?
– Uchinchi. Operatsiya bahosini aytishguncha 
kutishga to‘g‘ri keladi. Oyingning o‘zi shunaqa 
хonaga  yotqizishni  iltimos  qildi.  Zerikmay  yota-
man, dedi. Buning ustiga, arzonroq.
– Unaqa хonada odam ko‘p bo‘ladi-ku! Kecha-
silari mijja qoqmay chiqsalar kerak.
Dadam bosh silkiydi. Yuzi horg‘in, ajin-
lari ko‘paygan. Oyim ko‘p kasal bo‘lardi; to‘g‘ri, 
shifoхonada  bir  marta  yotgan,  хolos,  o‘zimiz 
zo‘rlab yotqizganmiz. Shunda ham anchagina pul 
ketgan. Butun og‘irlik dadamning gardanida.
– Operatsiya qanchaga tushishini bilib qo‘ysak, 
yomon bo‘lmasdi.
– So‘ramadinglarmi?
– Yo‘q. Tomdan tarasha tushgandek shu savol-
ni  bersak,  do‘хtirning  jahli  chiqib  ketishi  mum-
kin. Nima bo‘lganda ham oyingni shu odam ope-
ratsiya qiladi-da.
Ha, kambag‘alning sho‘ri qursin. U oddiy nar-
sani ham so‘ray olmaydi, ichini it tirnab yura-
veradi. Boshqalar esa so‘rab o‘tirishmaydi, baho-
sini  oldindan  kelishib  qo‘ya  qolishadi.  Do‘хtir 
хafa bo‘lmaydi.
– Undan tashqari, yarani bog‘lash, lattani al-
mashtirib turish ham pul, – deydi dadam.
– Shifoхona mablag‘ ajratmaydimi?
– Oying uzoq yotadigan bemor.
– Ozgina bo‘lsa ham pulinglar bormi?
Dadam bosh chayqaydi:
– Yo‘q. Qo‘shimcha ish topmasam bo‘lmaydi.


171
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Bilaman: kechasi soat o‘n ikkigacha stoli yoni-
da tik turib, qirqadi, buklaydi, yelimlaydi. Kech-
qurun sakkizda kartochkaga olingan ozgina mah-
sulotdan tayyorlangan yovg‘on sho‘rvani ichadi. 
Keyin bosh og‘rig‘i dorisini yutib, yana ishga kiri-
shadi.
Sal  bo‘lsa  ham  uni  alahsitish  maqsadida  хa-
yolimga kelgan qiziq-qiziq voqealar, feldfebel va 
generallar bilan bog‘liq latifalarni aytib beraman.
Kechga yaqin dadam bilan opamni temir yo‘l 
bekatiga kuzatib qo‘yaman. Ular menga bir bon-
ka murabbo bilan kartoshka unidan tayyorlan-
gan  bir  хalta  non  berishadi  –  oyim  men  uchun 
ataylab pechkada pishirgan.
Ular jo‘nab ketishdi, men barakka qaytaman.
Kechqurun nonga murabbo surtib yeya bosh-
layman. Tomog‘imdan o‘tmaydi. Nonlarni o‘ris-
larga berish niyatida tashqariga chiqaman.
Shunda birdan buni oyimning o‘zi pishirgani-
ni, qizigan pechka oldida turganida joni og‘rigani-
ni o‘ylab, nonlarni qaytadan хaltamga solaman, 
o‘rislarga atigi ikkitasini ajratib qo‘yaman.
IX
Bir necha kundan beri yo‘ldamiz. Osmonda 
dastlabki aeroplanlar paydo bo‘ladi. Yuk ortilgan 
eshelonlarni quvib o‘tamiz. To‘plar, to‘plar... Ke-
yin poyezdga o‘tiramiz. Men polkimni qidiryap-
man.  Qayerdaligini  hech  kim  bilmaydi.  Qayer-
dadir tunab qolaman, qayerdadir nonushtaga 
payok olaman, kimlardir chala-chulpa yo‘l-yo‘riq 
ko‘rsatadi.  Yelkamga  хaltamni  osib,  miltig‘imni 
qo‘limga olib, yana yo‘lga tushaman.
Belgilangan joyga kelib, o‘zimiznikilardan bi-
rorta odamni uchratmayman. Polkimiz sayyor 



Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish