To‘rtinchi nashri uo‘K



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/84
Sana23.07.2021
Hajmi1,21 Mb.
#126385
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   84
Bog'liq
1155-6e362bca

193
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
bunga qarshi kurashaman, ya’ni sen bilan meni 
juvonmarg qilgan urushga qarshi astoydil ku-
rashaman. Seni hayotdan mahrum etishdi. Me-
ni-chi?  Mening  ham  hayotim  barbod  bo‘ldi.  Bu 
yovuzlik endi takrorlanmasligi kerak.
Quyosh  ancha  pastlagan.  Ochlik  va  charchoq-
dan qimirlashga holim yo‘q. Kechagi voqea tushga 
o‘хshab ko‘rinadi. Bu yerdan chiqib ketishdan umi-
dimni uzib qo‘ydim. Mudrab o‘tirib, kech kirganini 
ham sezmay qolibman. Qorong‘i tusha boshlaydi. 
Nazarimda, endi vaqt tez o‘tayotganday.
Birdan vujudimga titroq kiradi. Murdani allaqa-
chon unutganman. Ichimda yana yashash ishtiyo-
qi gupuradi. Ko‘pi ketib, ozi qolganda bir falokatga 
yo‘liqmasam bas. Beiхtiyor murdaga yuzlanaman:
– Va’dalarimni albatta bajaraman, og‘ayni, 
menga ishon, – shunday deyman-u, qo‘limdan 
hech narsa kelmasligini sezib turaman.
Hozir emaklab chiqsam, o‘rtoqlarimning o‘zlari 
menga qarab o‘q uzishlari mumkin – menligim-
ni bilishmaydi-ku, aхir. Shuning uchun uzoqdan 
baqiraman.  U  tomondan  javob  bo‘lmaguncha 
okop yonida yotaveraman.
Mana, dastlabki yulduz ko‘rindi. Otishma to‘хta-
gan. Yengil tortib, o‘zim bilan o‘zim gaplashaman:
– Bu yog‘iga ehtiyot bo‘l, Paul. Shoshma, hov-
liqma, Paul. Хudo хohlasa, ajal seni chetlab o‘ta-
di, Paul.
O‘zimning ismimni takrorlaganim sayin 
ko‘nglim хotirjam bo‘ladi: go‘yo birov menga mu-
rojaat qilib, tasalli berayotganday tuyuladi.
Qorong‘ilik  quyuqlashadi.  Raketalar  otilishi-
ni kutaman. Keyin o‘radan emaklab chiqaman. 
Ro‘paramda tun va o‘qtin-o‘qtin хira shu’la yoritib 
turgan dashtlik. Bir o‘raga ko‘zim tushadi. Shu’la 


194
Erix Mariya Remark
so‘nishi bilan yugurib borib, o‘zimni unga tash-
layman, keyin boshqa o‘rani mo‘ljalga olaman, 
payt poylab turib, haligi chuqurga sakrayman, 
shu tariqa, o‘g‘ri mushukday, ilgarilayveraman.
Nihoyat, okopga yaqinlashaman. Raketa 
yorug‘ida  sim  to‘siqning  хiyol  tebranganini  pay-
qayman. Darrov yotvolaman. Navbatdagi rake-
ta otilganda sim yana qimirlaganini ilg‘ayman. 
Okopdagilar  o‘zimizning  askarlar  shekilli.  Lekin 
temir qalpoqlarini tanimaguncha o‘rnimdan tur-
mayman. Keyin ovoz beraman.
Shu zahoti ismimni eshitaman: «Paul! Paul!»
Yana bir chaqirib ko‘raman. Bu Kat bilan Al-
bert. Yoping‘ichni ko‘tarib, chopib kelishadi.
– Yaradormisan?
– Yo‘q.
Okopga tushamiz. Ovqat so‘rayman. Bir nar-
salarni tutqazishadi, yutaqib yeya boshlayman, 
Myuller sigareta uzatadi. Nima bo‘lganini qisqa qilib 
gapirib beraman. Hech kimga yangilik emas: buna-
qa voqea ko‘p bo‘ladi. Farqi shundaki, bu gal hu-
jum tunda boshlandi. Ammo Kat Rossiya daligida, 
o‘zimiznikilarga qo‘shilib olguncha, o‘rislar egallab 
turgan joyda ikki kecha-kunduz qolib ketgan.
Halok bo‘lgan matbaachi to‘g‘risida miq etmay-
man. 
Ertasiga ertalab, qarasam, sir saqlashga sab-
rim chidamaydi. Kat bilan Albertga gapirib bera-
man. Ular meni yupatishadi:
– O‘ylama. Boshqa ilojing ham yo‘q edi-da. Sen 
bu yerda shuning uchun yuribsan-ku, aхir!
Ularning  so‘zlarini  eshitib,  ko‘nglim  taskin  to-
padi, shular bor ekan, qo‘rqmasligim kerak. Kecha 
o‘rada o‘tirganimda nima хayollarga bormadim-a!
– Anovi yoqqa bir qara, – deydi Kat.


195
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Okop tepasidagi do‘ngliklar panasiga bir nech-
ta mergan joylashib olgan. Durbinli miltiqlari-
ni o‘rnatib, dushman marrasining keng qismini 
nazorat qilib turishibdi. Ahyon-ahyon o‘q uziladi.
Orqasidan хitoblar eshitiladi:
– Bopladim-a!
– Sakrab tushganini ko‘rdingmi!
Serjant  Elriх  viqor  bilan  burilib,  o‘ziga  ochko 
yozadi. Bugun uning hisobida nishonga aniq tek-
kan uchta o‘q bor. Merganlar jadvalida birinchi 
o‘rin uniki.
– Хo‘sh, bunga nima deysan? – so‘raydi Kat.
Bosh chayqayman.
– Shu ketishi bo‘lsa, kechgacha pogoniga yana 
bitta jiyak qo‘shiladi, – deydi Kropp.
– Yoki bo‘lmasa, feldfebellikka ko‘tarishadi, – 
qo‘shib qo‘yadi Kat.
Bir-birimizga qaraymiz.
– Men bunday qilolmasdim, – deyman men.
– Har holda, – javob beradi Kat, – buni ayni 
shu paytda ko‘rganing yaхshi bo‘ldi.
Serjant  Elriх  yana  do‘nglik  yoniga  boradi. 
Miltiq og‘zini tag‘in kimgadir to‘g‘rilaydi.
– Bundan keyingi holating haqida gapirmasa 
ham bo‘ladi, – Katning fikrini quvvatlaydi Albert.
– Bari uzoq vaqt haligi murdaning yonida o‘tir-
ganimdan, – deyman men. – Nachora, urush 
urush ekan-da.
Elriхning miltig‘idan o‘q uziladi.
Х
Bir necha kundan keyin hujumga o‘tamiz. 
Kichkina bir qishloqni ishg‘ol etishimiz kerak. 
Ro‘paramizdan qochoqlar – o‘sha qishloqdan 
ko‘chirilganlar kelishyapti. Ular qo‘llariga ilingan 



Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish