XORAZMSHOXLAR DAVLATI TARIXI TARIXSHUNOSLIGI
MUNDARIJA:
Kirish………………………………………………………………………...…….2
I.BOB. XORAZMSHOHLAR DAVLATI
1.1.Xorazm davlatining oʻrta asr yodgorliklari…………………………………6
Xorazmda hukmronlik qilgan sulolalar……………………………………..…..9
II.BOB. XORAZMSHOHLAR DAVLATI SIYOSIY TARIXI.
2.1.Davlat boshqaruvi va siyosiy tizim……………………………...…………..20
2.2.Harbiy boshqaruv……………………………………………………...…….25
Xulosa……………………………………………………………………...……..30
Foydalanilgan Adabiyotlar…………………………………………...…………32
Kirish
Mavzuning dolzarbligi Xorazmshohlar davlati — qadimgi davrdan 13-a. oʻrtalariga qadar Xorazm hududida hukmronlik qilgan sulolalar (siyovushiylar, afrigʻiylar, maʼmuniylar, oltintoshlar, anushteginiylar). X. d. ni xorazmshohlar boshqargan. Markazi, asosan, Amudaryoning quyi oqimida joylashgan boʻlsa ham, rivojlangan davrlarida, ayniqsa, 13-a. boshlarida shim. da Kaspiy dengizining shim. sohillari, jan. da Hindukush togʻlari, sharqda Qashqargacha yetgan. Arxeologik maʼlumotlar Koʻzaliqir, Kuyqirilgan qalʼa, Tuproщalʼa, Kat qalʼalarini poytaxt shahar boʻlgan deb taxmin qilishga imkon beradi. Yozma manbalar Kat qalʼasini afrigʻiylar sulolasi vakillarining soʻnggi qarorgohi boʻlganligini tasdiqlasa, Gurganj (Koʻhna Urganch) sh. maʼmuniylar, oltintoshlar va anushteginiylar sulolasining poytaxti boʻlgan.
Kurs ishining maqsadi: Abu Rayhon Beruniy maʼlumotlariga qaraganda, xorazmshoh unvoni olgan dastlabki sulola siyovushiylar hisoblanadi. Mil. av. 8-a. da shakllangan Qadimgi Xorazm (q. Xorazm) davlatida axomaniylar va undan keyingi afrigʻiylar sulolasi asoschisi Afrigʻgacha (305-y.) bulgan Xorazmshohlar davlati haqida toʻla va aniq maʼlumotlar yoʻq.
Beruniy bu haqda: «Siyovush ibn Kayxusravning Xorazmga kelishidan, Kayxusrav va uning naslining Xorazmda podshohlik kilishlaridan tarix oldilar. Shu vaqgda Kayxusrav Xorazmga koʻchib, turk podshoxlari (ustidan) xukmronligini yurgizgan edi», deb yozgan.
Kayxusrav bilan Afrigʻ davri oraligʻida «xorazmshoh» unvoniga sazovor boʻlgan shoxdardan bizga Kayxusrav (taxm. mil. av. 1200—1140-y.), Saksafar (taxm. mil. av. 519—517-y.), Farasman (taxm. mil. av. 329—320-y.), Xusrav (taxm. mil. av. 320-y.) nomlari maʼlum. Bu davrlarga oid arxeologik manbalar Xorazmshohlar davlatida sunʼiy sugʻorishga asoslangan dehqonchilik, savdosotiq ancha rivojlanganidan darak beradi. 1938—40, 1954—56 va 1965—75 y. lardagi arxeologiketnografik ekspeditsiyalar natijasida oʻrganilgan yodgorliklardan topilgan moddiymadaniy topilmalar Xorazmda ilmfan, sanʼat, haykaltaroshlik yuksak darajada rivojlanganidan darak beradi. Bu yodgorliklarning yuqori qatlamlari va hozirgacha saklanib qolgan qismlarining koʻpchiligi, asosan, afrigʻiylar sulolasi davrida qurilgan.
3-a. da Xorazm hududida iqtisodiysiyosiy jihatdan mustaqil boʻlib olgan bir nechta hokimliklar vujudga kelgan. Tuproqqalʼa saroyi zallarining birida boshiga toj kiygan va qoʻliga burgut ushlagan podsho haykalining topilishi, shuningdek, Anqaqalʼa yaqinida ham boshida toj, qoʻlida burgut ushlagan kishi rasmi solingan tanganing topilishi va shu joyda zarb qilinganligi mahalliy sulola hokimiyati oʻrnatilganligidan guvohlik beradi. Topilgan tangalarda lotin alifbosidagi «S» harfiga oʻxshash siyovushiylar tamgʻasining borligi, bu sulola siyovushiylar avlodidan boʻlishi mumkinligini koʻrsatadi. Mil. 3-a. oʻrtalarida Kushon podsholigidagina emas, balki butun Oʻrta Sharqsa katta siyosiy oʻzgarishlar roʻy beradi. Kushonlar sulolasi bilan bir vaqtda arshakiylarning hukmronligi yemiriladi. Xorazmda kushonlar bilan kurash va ichki siyosiy larzalar qudratli mahalliy sulolani vujudga keltiradi. Bu sulola oʻz tangalarini zarb qiladi va shaharlarda oʻzlariga saroylar quradi. Shunday qilib, 3-a. da Xorazmda kushonlar bilan kurashda gʻolib chiqqan siyosiy guruh — afrigʻiylar sulolasiga asos solinadi.
Xorazm eftaliylar (5-a. ning 2-yarmi — 6-a. ning oʻrtalari) davrida ham, turklar (6-a. ning 2 yarmi — 7-a. ning 1-yarmi) davrida ham oʻzining siyosiy mustaqilligini saqlab qoldi.
Vizantiyalik tarixchi Menandr, Xorazm 6-a. ning 60-y. larida Vizantiya va turklar bilan diplomatik aloqalar olib borganligi toʻgʻrisida toʻliq boʻlmagan maʼlumot beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |