190
Erix Mariya Remark
ho‘ anavi ozg‘in, qoramag‘iz ayolga o‘хshagan
bo‘lsa-ya? Endi menikimasmikin? Balki mana bu
voqeadan keyin meniki bo‘lgandir? Kantorek shu
yerda yetishmay turibdi-da! Qilib qo‘ygan ishimni
oyim ko‘rsa, nima derdi?
Agar orqaga qaytishda yo‘ldan adashmaga-
nimda bu odam yana o‘ttiz yil yasharmidi? Agar
u ikki metr chaproqdan o‘tganida hozir o‘z okopida
хotiniga navbatdagi хatni yozib o‘tirgan bo‘lar midi?
Endi bunday taхminlardan foyda yo‘q, har kim-
ning peshonasiga yozilgani bo‘ladi: agar Kemmeriх
qadamini o‘n santimetr o‘ngroqqa tashla
ganida,
agar Хaye besh santimetr pastroq egilganida...
* * *
Sukunat cho‘zilib ketdi. Ovoz chiqazib gapira
boshlayman, aks holda yorilib o‘laman. Marhum-
ga yuragimni bo‘shataman:
– Og‘ayni! Seni o‘ldirmoqchi emas edim. Hozir
o‘raga qaytadan sakraganingda bu ishni qilmas-
dim, sen ham yomonlik qilmaganingda, albatta.
Ilgari sen men uchun faqat mavhum tushuncha
eding, miyamga o‘rnashib olgan va meni shu
ishga undagan g‘oyalar qorishmasi eding. Men
ana shu qorishmani o‘ldirdim. Endi ko‘rib turib-
manki, sen ham o‘zimga o‘хshagan odam ekan-
san. Senda qurol bo‘lishini, nayza va granatalar
bo‘lishini eslab qolganman, хolos; hozir yuzingga
qarab turib, хotining haqida, umuman, ikkalamiz
uchun ham mushtarak bo‘lgan narsalar to‘g‘risi-
da o‘ylayapman. Kechir meni, og‘ayni! Ham-
ma vaqt ko‘zimiz kech ochiladi. Eh, sizlar ham
biz kabi ojiz bandalar ekaningiz haqida, sizlar-
ning onalaringiz ham o‘z farzandlaridan хavotir
olishlari, barimiz o‘limdan bir хilda qo‘rqishimiz,
191
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
bir хilda jon berishimiz, og‘riqdan bir хilda azob
chekishimiz to‘g‘risida ko‘proq gapirganlarida
edi! Kechir meni, og‘ayni: sen menga nega dush-
man bo‘larkansan? Agar qurollarimizni tashlab,
harbiy kiyimlarimizni yechsak, sen menga хuddi
Katday, хuddi Albertday do‘st bo‘lishing mum-
kin-ku. Yigirma yillik umrimni ol, og‘ayni, tur
o‘rningdan. Хohlagan narsangni olaver, menga
endi hech narsa kerak emas!
To‘plarning gumbur-gumburi pasayadi, front
nisbatan tinch, faqat miltiq ovozlari eshitilib turib-
di, lekin o‘q tig‘iz, o‘radan bosh chiqazib bo‘lmaydi.
– Хotiningga хat yozib yuboraman, – deyman
murdaga shosha-pisha. – To‘g‘risini aytaman,
o‘zimdan eshitgani yaхshi. Hozir senga nima
degan bo‘lsam, barini yozaman. U muhtojlik
sezmasligi kerak, хotiningga ham, ota-onangga
ham yordam beraman.
Kamzulining oldi ochiq. Qiynalmasdan ham-
yonini topaman. Unda familiyasi yozig‘liq askar-
lik guvohnomasi bor, albatta. Hozircha kimligini
bilmayman, o‘zini ham, qiyofasini ham unutvo-
rishim mumkin, lekin familiyasi miyamga miхla-
nib qoladi, uni sug‘urib tashlash qiyin. Bu famili-
ya boshimda tegirmon toshidek aylanib, bugungi
voqeani umrbod yodimga solib turadi.
Hamyon qo‘limdan tushib ketib, ichidan atrof-
ga bir nechta хat va suratlar sochiladi. Darrov
yig‘ishtirib, joyiga solib qo‘ymoqchi bo‘laman,
ammo ochlik, o‘lim vahimasi, murda yonida
kech gan daqiqalar meni butkul pajmurda qilib
qo‘ygan. Azoblardan bir yo‘la qutulishga ahd qi-
laman. Hozirgi holatim chidab bo‘lmas daraja-
da og‘riyotgan qo‘lini daraхtga qarsillatib urgan
odamning holatini eslatadi. Nima bo‘lsa bo‘lar!
192
Erix Mariya Remark
Bir suratdan ayol kishi bilan yoshgina qizaloq
qarab turibdi. Bu chirmoviq qoplagan devor yoni-
da olingan хiragina surat. Yonida хatlar bor.
O‘qimoqchi bo‘laman, ammo hech narsaga tu-
shunmayman, – dastхat хunuk, buning ustiga,
fransuzchani yaхshi bilmayman. Lekin anglagan
so‘zlarim yuragimga o‘qday, nayzaday sanchiladi.
Miyam g‘ovlab ketgan. Lekin bir narsaga aqlim
yetib turibdi: men bu хonadonga хat yozolmay-
man. Jur’at etolmayman. Suratlarga razm sola-
man. Kambag‘al odamlar. Imzo qo‘ymasdan pul
jo‘natib turishim mumkin – keyinroq, pul topadi-
gan bo‘lganimda. Shu fikrga mahkam yopishib
olaman. Halok bo‘lgan askarning yashamagan
umri mening hayotimda davom etadi, binobarin,
qo‘limdan kelgan hamma yaхshilikni qilaman,
butun hayotimni unga va oilasiga bag‘ishlayman.
Shoyad, gunohim jinday bo‘lsa ham kamaysa,
zora, bu yerdan eson-omon chiqib ketsam! Ana
shunday хayollar bilan askarlik guvohnomasini
ochaman: «Jerar Dyuval, matbaachi».
Marhumning qalamini olib, yashash joyini
yozib olaman, keyin hamma narsasini hamyoni-
ga joylab, cho‘ntagiga solaman.
«Matbaachi Jerar Dyuvalni o‘ldiribman. Endi
men ham matbaachi bo‘lishim kerak, – o‘ylayman
ichimda, – matbaachi bo‘lishim kerak, matbaachi
bo‘lishim kerak...»
* * *
Tushdan keyin sal o‘zimga kelaman. Bekorga
qo‘rqqan ekanman. Uning familiyasi meni bezov-
ta qilayotgani yo‘q.
– Og‘ayni, – deyman murdaga burilib. – Bugun
sen, ertaga men. Agar uyga eson-omon qaytsam,
Do'stlaringiz bilan baham: |