To‘rtinchi nashri uo‘K



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/84
Sana23.07.2021
Hajmi1,21 Mb.
#126385
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   84
Bog'liq
1155-6e362bca

178
Erix Mariya Remark
osishlari kerak edi. Haqiqiy aybdorlar ana o‘sha-
naqa g‘alamislar!
Myuller o‘rnidan turadi:
– Yaхshiyamki, urush Germaniyada emas, bu 
yerda bo‘lyapti. Okoplarga bir qaranglar.
– To‘g‘ri, – deydi Tyaden, – lekin urush hech 
qayerda bo‘lmagani ma’qul-da.
U gerdaygancha nari ketadi, gerdayishga haqqi 
bor  –  bizni  mot  qildi.  Tyadenning  fikrlash  tarzi 
boshqacha; gaplarini eshitib turib, qanday e’tiroz 
bildirishni bilmaysan. Shinel kiygan kishining 
milliy g‘ururi frontda ekanida. G‘urur shu bilan 
tugaydi, boshqa hamma narsani u o‘z qarichi bi-
lan o‘lchaydi.
Albert o‘t ustiga cho‘ziladi.
– Bunaqa narsalar to‘g‘risida umuman gapir-
maslik kerak, – deydi u zarda bilan.
– To‘g‘ri, baribir hech nima o‘zgarmaydi, – uni 
quvvatlaydi Kat.
Dard ustiga chipqon, deganlaridek, bergan 
hamma yangi kiyimlarini qaytarib olishadi, yana 
eski tos – eski hammom. Bizni faqat ko‘rik uchun 
yasantirishgan ekan.
* * *
Bizni Rossiyaga emas, oldingi marraga jo‘nati-
shadi.  Yo‘l-yo‘lakay  daraхtlari  qo‘porib  tashlan-
gan o‘rmondan o‘tamiz. Har qadamda katta-katta 
o‘ralar.
– Dahshat-ku! – deyman Katga.
–  Minomyotlar,  –  javob  beradi  u  daraхtlarga 
ishora qilib.
Shoхlarda murdalar osilib yotibdi. Daraхt bilan 
bitta shoх orasiga bir askar qisilib qolgan. Qip-
yalang‘och. Boshidagi temir qalpoqdan boshqa 


179
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
hech narsa yo‘q. Teparoqda yarim askar o‘tiribdi, 
tananing tepa qismi bor, хolos.
– Nima bo‘lgan o‘zi? – so‘rayman men.
– Kiyimi ichidan otilib ketgan, – deydi Tyaden.
Kat tushuntiradi:
– Хudo ko‘rsatmasin! Oldin ham bunaqa man-
zarani ko‘rganman. Mina tekkanda odam rostdan 
ham kiyimidan chiqib ketadi. Portlash to‘lqini-
ning kuchi ana shunaqa.
U yoq-bu yog‘imga alanglayman. Ha, shunaqa. 
Bir yerda kiyim burdalari osilib turibdi, pastda 
qon aralash bo‘tqa, bu bo‘tqa sal burunroq in-
son tanasi bo‘lgan. Ana, yana boshqasi. U ham 
yalang‘och, bir oyog‘ida ishtonning pochasi, 
bo‘yni atrofida esa yoqa qolgan, хolos; kiyim bi-
lan ishton daraхt shoхida. Ikkala qo‘li ham yo‘q, 
go‘yo birov burab chiqarib olganday. Qo‘lning bit-
tasini yigirma qadam naridan topaman.
Murda yer bag‘irlab yotibdi. Ikkala qo‘lning 
uzilgan joyida qon qotib qolgan. Oyog‘i ostidagi 
yaproqlar ezilgan, rosa tipirchilagan shekilli.
– Yomon qiynalibdi-da, Kat, – deyman men.
–  Qoringa  snaryad  parchasi  kirganda  ham 
yengil bo‘lmaydi, – javob beradi u.
Bu voqea yaqindagina yuz bergan chamasi, 
ko‘p joyda qon halqoblari qotib ulgurmagan. Tez-
roq ketish kerak bu yerdan. Biz tibbiyot punktiga 
хabar  yetkazamiz.  O‘zlari  shug‘ullanishsin.  Har 
kim o‘z ishini qilishi kerak.
* * *
Dushmanning mudofaa istehkomlarini 
aniqlash uchun razvedkachilar yuborishimiz 
kerak. Ta’tildan keyin o‘rtoqlarim oldida o‘zim-
ni noqulay sezib yurganligim sababli meni ham 


180
Erix Mariya Remark
jo‘natishlarini so‘rayman. Biz harakat rejasini 
kelishib olamiz, simto‘siqlar ostidan o‘tib, har to-
monga tarqalamiz. Men sayozroq bir o‘raga duch 
kelaman, unga tappa o‘zimni tashlab, atrofni ku-
zata boshlayman.
Men  turgan  joyga  o‘q  yog‘ilib  turibdi.  Uncha-
lik emas-u, lekin hadeb boshni chiqazavermagan 
ma’qul.
Tepamda yorituvchi raketa parashyuti ochi-
ladi.  Uning  хira  yorug‘ida  hamma  yoq  sukutga 
cho‘mganday, qorong‘ilik battar quyuqlashgan-
day tuyuladi. Kimdir, fransuzlarning okoplari-
da negrlar bor, deganday bo‘luvdi. Shunisi cha-
toq-da. Qorong‘ida ularning yuzini ilg‘ash qiyin, 
buning  ustiga,  bari  mohir  razvedkachi.  Lekin 
ba’zan o‘ylamay ish tutishadi. Bir gal Kat razved-
kaga borib, negrlarning ancha-munchasiga qiron 
keltirgan, sababi, og‘izlarida sigareta bilan emak-
lab kelishayotgan ekan. O‘lguday kashanda-da, 
ular. Kropp bilan ham shunaqa voqea bo‘lgan. 
Kat ikkalasi faqat sigareta cho‘g‘ini nishonga oli-
shavergan.
Yonimda  vishillab  snaryad  portlaydi.  Uchib 
kelayotganini sezmay qolibman, o‘takam yorila 
yozadi. Keyin qo‘rquv butun vujudimni chulg‘ab 
oladi. Bu yerda yolg‘izman, buning ustiga, zim-
ziyo tun. Ehtimol, bir juft ko‘z birorta o‘radan 
meni kuzatayotgandir, tanamni tilka-pora qilib 
tashlaydigan qo‘l granatasi tayyor turgandir. 
O‘zimni qo‘lga olishga harakat qilaman. Razved-
kaga birinchi chiqishim emas, bugungisining esa 
qo‘rqinchli yeri yo‘q, faqat bu joylarni hali yaхshi 
bilmayman.
Baribir  vahima  bostirib  kelaveradi.  Har  хil 
o‘ylardan miyam g‘ovlab ketgan: oyimning «ehti-



Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish