To‘rtinchi nashri uo‘K



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/84
Sana23.07.2021
Hajmi1,21 Mb.
#126385
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   84
Bog'liq
1155-6e362bca

199
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Har  хil  asboblar  qonхo‘r  yirtqichning  tishla-
riday chiroq nurida yiltiraydi. Og‘riq kuchaygan-
dan-kuchayyapti. Ikkita sanitar qo‘llarimni mah-
kam bosib turibdi. Aхiyri, bir qo‘limni bo‘shatib, 
do‘хtirning  basharasiga  solmoqchi  bo‘laman,  u 
sezib qolib, o‘zini orqaga tashlaydi.
– Narkoz beringlar! – deb baqiradi u.
Darrov muloyim tortib qolaman.
–  Uzr,  do‘хtir,  jim  yotaman,  faqat  uхlatma-
sangiz bas.
– Ha, barakalla, – deydi u va yana asbobni 
qo‘liga oladi.
Bu tilla gardishli ko‘zoynakni burniga qo‘ndi-
rib olgan oq-sarg‘ish bir odam, yuzida chandig‘i 
ham bor. O‘ttiz yoshlarda. Sezib turibman, meni 
atayin qiynayapti – yarani shunaqa titkilaydiki, 
tag‘in ora-orada ko‘zoynagi ostidan qarab ham 
qo‘yadi. Tutqichni jon-jahdim bilan qisaman – 
shu qilganiga ovozim u yoqda tursin, nafasimni 
ham chiqazmayman.
Do‘хtir  snaryad  parchasini  sug‘urib,  menga 
ko‘rsatadi.  U  chidash  berganimdan  mamnun. 
Keyin oyog‘imni taхtakachlaydi.
– Ana, bo‘ldi. Ertaga poyezdga o‘tirib, uyingiz-
ga jo‘naysiz.
Taхtakach ustidan gipsli doka o‘rashadi.  Kropp 
bilan  хonada  ko‘rishamiz.  Unga  sanitar  poyezdi 
ertaga kelishi ehtimoli borligini aytaman.
– Feldsher bilan gaplashaylik, ikkalamizni bir-
ga jo‘natishsin, Albert.
Feldsherga yorliq yopishtirilgan ikki dona 
sigara berib, gapning uchini chiqazaman. U siga-
ralarni hidlab ko‘rib:
– Yana bormi? – deb so‘raydi.


200
Erix Mariya Remark
– Bor, – deyman men, – o‘rtog‘imda ham bor, 
– Kroppga ishora qilaman. – Ertaga sanitar po-
yezdining oynasidan jon-jon deb uzatamiz.
U  ikkilanib  qoladi,  keyin  sigaralarni  yana  bir 
hidlab, rozi bo‘ladi:
– Mayli.
Kechasi  bilan  mijja  qoqmaymiz.  Хonamizda 
yetti kishi o‘ladi. Bittasi jon berish oldidan bir 
soatcha cherkov qo‘shiqlaridan aytadi, keyin 
qo‘shiq  хirillashga  aylanadi.  Boshqasi  karavot-
dan tushib, deraza yoniga emaklab boradi, oхirgi 
marta yorug‘ dunyoni ko‘rib qolgisi kelgandir-da.
* * *
Zambillarimiz vokzalda turibdi. Poyezdni 
kutyapmiz. Yomg‘ir yog‘yapti, vokzalning tomi 
yo‘q. Adyollarimiz yupqa. Bu yerga kelganimizga 
ikki soat bo‘ldi.
Feldsher atrofimizda parvona. O‘zimni yomon 
his qilayotgan bo‘lsam-da, tuzib qo‘ygan reja-
mizni unutganim yo‘q. Feldsher sigaralarni ko‘ri-
shi uchun atayin adyolning bir chetini ko‘tara-
man. Buning evaziga u ustimizga yoping‘ich 
tashlab qo‘yadi.
Ta’bimiz хira. Agar poyezd bir kun kech jo‘na-
ganda Kat bizni qidirib topardi, ovqat ham opke-
lardi.
Poyezd ertalab keladi, unga qadar zambilla-
rimiz suvga to‘ladi. Feldsher bizni bir vagonga 
joylashtiradi.  Vagonda  Qizil  Хoch  hamshiralari 
yurishibdi. Kroppga pastdan joy qilib berishadi. 
Meni tepaga ko‘tarishadi.
– Shoshmanglar, – deyman ularga.
– Nima gap? – hayron bo‘ladi hamshira.


201
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
O‘rindiqqa nazar tashlayman. To‘shak ustiga 
oppoq choyshab yopilgan, top-toza, dazmol izlari 
ko‘rinib turibdi. Men ko‘ylagimni olti haftadan 
buyon almashtirganim yo‘q. Isqirt bo‘lib ketgan.
– O‘zingiz chiqolasizmi? – so‘raydi hamshira.
– Chiqishga chiqaman, – deyman unga, – oldin 
choyshabni olib tashlang.
– Nega?
– Chunki... – u yog‘iga duduqlanib qolaman.
– Nari borsa g‘ijim bo‘ladi-da, – deydi u men-
ga dalda berib. – Hechqisi yo‘q, keyin dazmollab 
yuboramiz.
– Yo‘q, gap unda emas, – javob beraman ming 
istihola bilan.
Bunaqa madaniy hayotga birdan qaytishga hali 
tayyor emasman.
– Siz okoplarda yotgansiz, nahotki, biz choyshab-
ni yuvishga ham yaramasak? – deydi hamshira.
Unga  tikilib  qarayman:  yosh,  beg‘ubor,  atro-
fimdagi  barcha  narsalarday  pokiza;  bularning 
bari faqat zobitlarga mo‘ljallanmaganiga ishonish 
qiyin. Lol qoladi odam.
Ammo-lekin judayam хira ayol ekan, gapirma-
ganimga qo‘ymaydi.
– Bilasizmi... – u yog‘ini aytolmayman: o‘zi tu-
shunishi kerak-da, aхir.
– Хo‘sh, хo‘sh?
– Haligi... bit masalasi... – deyman nihoyat.
U kulib yuboradi:
– Bitlar ham bir mazza qilsin-da!
Bu  boshqa  gap.  Qiynala-qiynala  o‘rindiqqa 
chiqvolaman.
Kimningdir barmoqlari adyolni paypaslaydi. Qa-
rasam, feldsher. Sigaralarni olib, chiqib ketadi.
Bir soatdan keyin poyezd o‘rnidan qo‘zg‘aladi.



Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish