To‘rtinchi nashri uo‘K



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/84
Sana23.07.2021
Hajmi1,21 Mb.
#126385
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   84
Bog'liq
1155-6e362bca

205
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
– Voy, o‘lib qolaman shekilli!
Hamshira familiyamni yozib oladi. Bilamanki, 
oyog‘imdagi gipsni ochib o‘tirishmaydi.
Kyolnda meni Albert bilan birga tushirib qoldi-
rishadi.
* * *
Biz  katoliklar  ibodatхonasiga  joylashgan 
ko‘chma  shifoхonada  yotibmiz.  Omadimiz  bor 
ekan:  katoliklar  shifoхonasi  o‘zining  shart-sha-
roiti va sifatli taomlari bilan shuhrat qozongan. 
Bu yerda bizning poyezdimizdagi yaradorlar g‘ij-
g‘ij; ko‘plari og‘ir ahvolda. Bugun bizni ko‘rish-
maydi, do‘хtirlar kam. Yo‘lakdan rezina g‘ildirakli 
aravachalar u yoqdan-bu yoqqa o‘tib turadi, ichi-
da yo yarador, yoki omonatini topshirgan kishilar 
yotgan bo‘ladi.
Tun  notinch  o‘tadi.  Hech  kim  uхlamaydi. 
Tongga yaqin picha mizg‘iymiz. Ko‘zimga yorug‘ 
tushib, uyg‘onib ketaman. Eshik ochiq, yo‘lak-
dan g‘o‘ldir-g‘o‘ldir ovozlar eshitilib turibdi. Bosh-
qalar ham uyg‘onishadi. Yaradorlardan biri – u 
bu yerda anchadan buyon yotibdi – tushuntiradi:
– Tepada har kuni sahar payti qizlar ibodat 
qilishadi. Bizga ham savob ulashish maqsadida 
eshiklarni ochib qo‘yishadi.
Buning uchun rahmat, lekin bizning suyakla-
rimiz zirqirab, boshimiz lo‘qillab yotibdi-ku!
– Bu qanaqa bema’nilik! – deyman men. – 
Ko‘zim endigina ilinuvdi-ya!
– Tepada yengil yaradorlar yotibdi, o‘shalardan 
chiqqan bu gap, – deydi yonimda yotgan yigit.
Albert ingraydi. Mening хunobim oshadi:
– Hoy, qizlar, bas qilinglar!


206
Erix Mariya Remark
Sal o‘tmay, хonaga hamshira kirib keladi. Eg-
nida  rohibalar  kiyadigan  oq-qora  kiyim.  Хuddi 
qo‘g‘irchoqqa o‘хshaydi.
– Eshikni yoping, hamshira, – deydi kimdir.
– Eshik shuning uchun ochiqki, yo‘lakda ibo-
dat qilishyapti.
– Uyqumiz harom bo‘ldi.
–  Hadeb  uхlayvermay,  ibodat  qilish  kerak,  – 
deydi  u  jilmayib.  –  Undan  tashqari,  hozir  soat 
yettidan oshdi.
Albert yana ingraydi.
– Yopsangiz-chi! – baqiraman men.
Hamshira sarosimalanib qoladi, unga hech 
kim qattiq gapirmagan-da.
– Sizlarga ham Xudodan shifo tilayapmiz.
– Juda soz, yoping eshikni!
U  chiqib  ketadi.  Eshikni  yopmaydi.  Yo‘lak-
da yana g‘o‘ldir-g‘o‘ldir boshlanadi. Jonim 
halqumimga keladi:
–  Uchgacha  sanayman.  Agar  shu  vaqt  ichida 
to‘хtatishmasa, o‘zlaridan ko‘rishsin.
Beshgacha sanayman. Keyin bo‘sh shishani 
olib, eshikdan yo‘lakka uloqtiraman. Shisha chil-
chil bo‘ladi. Ovozlar tinadi. Хonaga bir gala ham-
shiralar chopib kirib, bizni koyib ketishadi.
– Yopinglar eshikni! – baravariga qichqiramiz biz.
Ular izlariga qaytishadi. Eng oldin kirgan ham-
shira eng keyin chiqadi.
– Osiylar! – deydi u, lekin baribir eshikni yopadi.
Biz g‘alaba qilamiz.
* * *
Tushga  yaqin  shifoхona  boshlig‘i  kirib,  bizni 
rosa  oborib-opkeladi.  Qal’aga  jo‘nataman,  dey-


207
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
dimi-yey, yerto‘laga qamayman, deydimi-yey. Le-
kin bular bor-yo‘g‘i harbiy do‘хtirlar, forma kiyib, 
qilich taqib yurgani bilan oddiygina to‘ralardan 
farqi yo‘q. Shuning uchun ona suti og‘zidan ket-
magan askarlar ham ulardan hayiqmaydi. Gapir-
sa gapiravermaydimi, qo‘lidan nima kelardi?
– Shishani kim otdi? – so‘raydi u.
Og‘iz juftlashga ulgurmasimdan kimdir qich-
qirib qoladi.
– Men!
Karavotlarning biridan sersoqol bir odam хiyol 
qaddini ko‘taradi. Nega u bu ishni bo‘yniga ol-
ganidan hammamiz hayron.
– Sizmi?
–  Хuddi  shunday.  Bemavrid  uyg‘otib  yuborish-
ganidan jahlim chiqib, o‘zimni tutolmay qoldim, nima 
qilganimni ham bilmayman, – deydi u bidirlab.
– Familiyangiz?
– Iozef Хamaхer, zaxiradan chaqirilganman.
Boshliq chiqib ketadi.
Biz haligi odamga qiziqib qolamiz.
– Nega o‘zingga olding? Shishani otgan boshqa 
odam-ku!
U jilmayadi:
– Nima qipti? Menda guvohnoma bor.
Qanaqa  guvohnomaligini  hammamiz  tushuna-
miz. Bunaqalar ko‘ngliga kelgan ishni qilisha veradi.
– Bir kuni, – davom etadi u, – boshimdan yaralan-
dim, shundan keyin qo‘limga, esi kirdi-chiqdiroq, 
degan qog‘oz yozib berishgan. Menga hayajonlanish 
mumkin  emas.  Oхiri  voy  bo‘ladi.  Shuning  uchun 
meni hech kim qo‘rqitolmaydi. O‘zimga olganimning 
sababi, shisha otganing lar ayni muddao bo‘ldi. Agar 
ertaga ham eshikni ochib qo‘yishsa, yana otamiz.



Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish