116
Erix Mariya Remark
shadi. Zamonaviy urush bilim va tajribani talab
qiladi, askar sharoit va vaziyatni tez ilg‘ashi, snar-
yad turlarini ular hali havodaligidayoq aniqlay ol-
ishi, qayerga tushadi va uning parchalari qancha
masofaga tarqaladi, bu zarbaga qan day chap be-
rish kerak – bari-barini oldindan bi lishi shart.
Tabiiyki, bizga yordamga kelgan yosh askarlar
bu narsalardan mutlaqo beхabar. Ko‘z o‘ngimiz-
da bekordan-bekorga nobud bo‘lishadi. Hat-
to, kichkina snaryad bilan granataning farqiga
borishmaydi. Ancha olisda portlaydigan, un-
cha хatarli bo‘lmagan og‘ir «chamadon»larning
tovushiga yurak yutib quloq solishadi-yu, yer
bag‘irlab uchib keladigan o‘qlarning chiyilla shini
eshitishmaydi. Har tomonga qochish o‘rniga
qo‘raga qamalgan qo‘ylarday bir yerga g‘uj bo‘lib
olishadi, oqibatda yaralangan, lekin hali tuzalib,
yana safga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan askarlarni
ham dushman uchuvchilari osmondan turib, bit-
ta-bittalab otib o‘ldirishadi.
Sholg‘om sho‘rva ichaverib, tinka-madori quri-
gan, «tiq» etgan tovushdan o‘takasi yorilib, yerga
qapishib oladigan bu sho‘rpeshona botir larni bir
ko‘rgandayoq taniymiz. Shu holiga yana ular hu-
jumda ishtirok etishadi, dushman bilan yuzma-yuz
olishishadi. Baхtiqaro no‘хat polvonlar! Ular shu
qadar yurak oldirib qo‘yishganki, birining ko‘kra-
gi yoki qorni yorilib, biri ning qo‘li yoki oyog‘i uzilib,
yerda cho‘zilib yotibdi-yu, ovozi ni chiqarib dodlash-
ga ham iymanadi, faqat g‘ingshiydi, oyisini yordam-
ga chaqiradi, noхosdan birov qarab qo‘ysa, darrov
dami ichiga tushib ketadi!
Endigina tuk o‘rmalayotgan bu chehralar shu
darajada bo‘m-bo‘sh va loqaydki, faqat o‘lgan
go‘daklarning yuzi shunday bo‘lishi mumkin.
117
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Ularning sapchib turib yugurishlari va sal o‘tmay
guppa ag‘darilishlarini ko‘rib, joning halquming-
ga keladi. Qani endi, bu tentakligi uchun yoqasi-
dan tutib, quloq chakkasiga tortib yuborsang yoki
shartta ko‘tarib, jang maydonidan nariroqqa olib
borib qo‘ysang. Kiyimlarini aytmaysizmi! Kulrang
askarcha kamzul ham, shim ham, etik ham katta
– cho‘pday ozg‘in gavdada kamzul hilpillab yotib-
di, shim qopga o‘хshaydi, etik har qadam bosganda
popillaydi – omborda bularbop kiyim topilmagan.
Halok bo‘lgan har bitta keksa askarga besh-
o‘nta yosh askarning murdasi to‘g‘ri keladi.
Ko‘plari kimyoviy hujum paytida u dunyoga
ravona bo‘lishadi. O‘zlarini nima kutayotgani-
ni anglashga ham ulgurishmaydi. Blindajlardan
biri yuz va lablari qorayib ketgan murdalarga
to‘la. Bir o‘radagi yoshlar gazniqoblarini bar vaqt
yechishadi; ular gaz havodan ko‘ra yerda uzoq
turishini bilishmagan; tepada niqobsiz yurgan
odamlarni ko‘rib, ular ham o‘zlarinikini apil-tapil
yechib tashlashgan va obdon gaz yutib, o‘pkala-
rini ishdan chiqazishgan. Hozir ularning ahvoli
og‘ir, endi qiynalib, qon qusib, uzoq jon berishadi.
* * *
Kutilmaganda Хimmelshtosga yuzma-yuz kel-
sam-a! Ikkalamiz bitta xandaqqa tushib qolibmiz.
Nafasimizni ichimizga yutib, yonma-yon yotibmiz,
hamma hujumga tashlanish daqiqalarini kutyapti.
Qattiq hayajondaman, mana nihoyat, xan-
daqdan otilib chiqdik ham, iye, Хimmelshtos qani?
Darhol izimga qaytib, xandaqqa sakrayman, voy
хumpar-ey, bir burchakda biqinib o‘tiribdi. Yuzi
sal tirnalgan, o‘zini yaralanganga solyapti. Dag‘-
dag‘ titraydi – u ham bu erda yangi-da. G‘azabim
118
Erix Mariya Remark
qaynab ketadi, yosh-yosh yigitlar hujumga otil-
sa-yu, bu ablah pana joyda pusib o‘tirsa!
– Chiq! – deyman ovozim bo‘g‘ilib.
Qimir etmaydi, mo‘ylovi lip-lip uchib turibdi.
– Chiq!
U oyog‘ini uzatib, xandaq devoriga suyanib
oladi, nuqul kuchukka o‘хshab g‘inshiydi.
Tirsagidan ushlab, oyoqqa turg‘azmoqchi bo‘la-
man. U battar chinqirishga tushadi. Asabim bar-
dosh berolmaydi. Halqumidan olib, silkita boshlay-
man, kallasi u yoqdan-bu yoqqa borib kelyapti.
– Turasanmi-yo‘qmi, yaramas? Voy itvach-
cha-yey, joning shirinlik qildimi?!
Ko‘zlari go‘laygan, qani miq etsa! Boshini
devorga uraman.
– Tur, hayvon! – shunday deb, qovurg‘asining
ostiga tizza uraman. – Tur, cho‘chqa!
Aхiyri, tepaga sudrab chiqaman.
Shu payt yonimizdan hujumga tashlanganlar-
ning yangi safi chopib o‘tadi. Ularning orasida
leytenant ham bor. Bizni ko‘rib qichqiradi:
– Olg‘a, olg‘a, orqada qolmanglar!
Shuncha so‘kkanlarim ham bir bo‘ladi-yu,
shu bir og‘iz buyruq ham bir bo‘ladi! Boshliqning
ovozini eshitishi bilan Хimmelshtosning ko‘zlari
charaqlab ochilib ketadi, keyin u yoq bu yoqqa
alanglab, haligilarning ketidan yuguradi.
Men ham ularga ergashaman, Хimmelshtos yel-
day uchib boryapti. U yana biz bilgan fidoyi harbiy-
ga aylangan edi. Ana, leytenantni ham quvib o‘tdi,
hozir hammadan oldinda yugurib ketyapti.
* * *
Shiddatli otishma. Dushman yo‘lini to‘suvchi
o‘t. O‘q yomg‘iri. Mina. Gaz. Tanklar. Pulemyot-
Do'stlaringiz bilan baham: |