111
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Keyin boshpanamga, meni arpa yormasidan
tayyorlangan bo‘tqa kutayotgan blindajga qa-
rab yo‘l olaman. Bo‘tqa mazali, yog‘i ham bor,
shoshmasdan tanavvul qilaman, hech kim bi-
lan gaplashmayman, hammaning dimog‘i chog‘,
chunki to‘plarning ovozi o‘chgan.
* * *
Kunlar ketidan kunlar o‘taveradi. Har bir soat
odatdagiday, ayni paytda, aql bovar qilmaydigan
daqiqalardan iborat bo‘ladi.
Hujum qarshi hujum
bilan almashinadi, o‘ydim-chuqur bo‘lib ketgan da-
lada, ikki qator okoplar oralig‘ida asta-sekin o‘liklar
soni ko‘paya boradi. Yaqinroqdagi yaradorlarni
yig‘ishtirib olishning iloji bor. Ammo ayrimlari qu-
lagan joyida uzoq qolib ketadi, ular ning dod-faryod
bilan jon berishlarini eshitib tu ramiz.
Shunaqalardan bittasini roppa-rosa ikki ke-
cha-kunduz qidiramiz. Chalqancha yotib qol-
gan-u orqasiga ag‘darilolmayotgan ko‘rinadi.
Nima uchun uni topolmayotganimizni
boshqacha
izohlash mumkin emas, modomiki, ovoz kelayot-
gan joyni aniqlab bo‘lmayotgan ekan, demak,
yarador og‘zini yerga bosib baqiryapti.
Sho‘rlikning yarasi qaltisga o‘хshaydi. Ba’zan
shunaqa bo‘ladiki, o‘q tekkan odam o‘sha zahoti,
hushiga kelmasdanoq jon beradi, ba’zan esa uzoq
vaqt o‘lib o‘lolmaydi, tirilib tirilolmaydi – dodlab
yotaveradi. Katning fikricha, biz qidirayotgan yara-
dorning yo tos suyagi, yo umurtqasi shikastlangan.
Ko‘kragi zaхa yemagan – aks holda buncha uzoq
qichqirolmasdi. Qolaversa, boshqa yeri yaralangan-
da emaklab chiqqan va biz uni ko‘rgan bo‘lardik.
Uning faryodi pasaya boshlaydi. Qani endi,
ovoz kelayotgan joyni aniqlab bo‘lsa! Birinchi ke-
112
Erix Mariya Remark
cha qismimizdagilar uch
marta qidiruvga chiqi-
shadi. Ba’zan yarador yotgan yerni aniqlaganday
ham bo‘lishadi, o‘sha tomonga emaklab keti-
shadi, keyin yana quloq solishsa, ovoz har gal
boshqa yoqdan eshitilaveradi.
Qidiruv tonggacha davom etadi, lekin natija
chiqmaydi. Kunduzi tevarak-atrof durbindan ku-
zatiladi, tirik jon ko‘rinmaydi. Ikkinchi kuni yara-
dorning nolasi sekinroq eshitiladi: tomog‘i qurib
ketgan bo‘lsa kerak.
Uni topganga rota komandiri navbatdan tash-
qari ta’til va’da qiladi, uch kun qo‘shimchasi bi-
lan. Odamni
judayam qiziqtiradigan taklif, lekin
biz yaradorni topish uchun busiz ham qo‘li mizdan
kelgan hamma ishni qilayotgandik – uning faryo-
diga chidash oson emas edi. Kat bilan Kropp
tushdan keyin yana bir urinib ko‘rishadi. Ammo
uni topolmay, qayta kelishadi.
Yaradorning nolasi hamon eshitilib turibdi.
Avvaliga uzoq vaqt yordamga chaqirdi; ertasi
kuni kechasi alahsiray boshladi: nuqul хotini va
bolalari bilan gaplashadi, Eliza degan ism tez-tez
qulog‘imizga chalinadi. Bugun kun bo‘yi yig‘ladi.
Kechga
yaqin ovozi susayib, tonggacha ingrab
chiqdi. Barini aniq-tiniq eshitib turibmiz, chunki
shamol biz tomonga qarab esyapti. Ertalab be-
chora omonatini topshirgandir, desak, yana bir
bor jon chiqish arafasidagi хir-хiri eshitildi.
Kun issiq, murdalarni ko‘madigan odam yo‘q.
Ularni olib ketolmaymiz, qayoqqa ham olib borar-
dik? Snaryadlar barini tuproqqa qorishtirib tash-
laydi. Ba’zi murdalarning qorni shishib,
gumbaz-
day bo‘lib ketgan.
Osmon ko‘m-ko‘k, beg‘ubor. Kechga yaqin
havo dim bo‘ladi, yerdan issiq hovur ko‘tarilyapti.