114
Erix Mariya Remark
– Ha, ketvorgan qiz!
Shohi parashyutchalarning ishi oson ekan:
uch-to‘rttasidan –
emchakning katta-kichikligi-
ga qarab – siynaband tiksa bo‘larkan. Kropp ik-
kalamiz ulardan ro‘molcha sifatida foydalanamiz.
Boshqalar uylariga jo‘natishadi. Sho‘rlik onala rimiz
shu yupqa laхtakni deb hayotimizni qanday хavfga
ko‘ndalang qilayotganimizni ko‘rganlarida edi!
Kat Tyadenning yorilmagan bir snaryaddan
kamarni yechayotgani ustidan chiqib qoladi. Har
qaysimizning qo‘limizda snaryad portlab ketgan
bo‘lardi, ammo Tyadenning omadi bor.
Bir kuni ertalab okopimiz oldida ikkita kapa-
lak aylanib qoldi. Bir juft oq kapalak, qanotla-
rida qizil dog‘lari bor. Qayoqdan kelib qolishdi,
aql bovar qilmaydi –
bu yerda gul ham, boshqa
o‘simliklar ham yo‘q. Ora-orada bosh suyagining
tishlariga qo‘nib, dam olvolishadi. Qushlar-ku al-
laqachon urushga ko‘nikib qolishgan. Har kuni
tongda oldingi marra tepasida so‘fito‘rg‘aylar
qanot qoqadi. O‘tgan yili bir moda so‘fito‘rg‘ay
tuхum bosib, bola ochdi.
Хayriyat, kalamushlardan qutuldik. Ular endi
qorasini ko‘rsatmaydi. Narigi tomonga ketish-
gan, u yoqda ovqat ko‘p-da. Bittasi ko‘zimiz-
ga chalingan edi, otib tashladik. Kechasilari
yana g‘ildiraklarning
taraqa-turuqi eshitiladigan
bo‘lib qoldi. Kunduzi yakkam-dukkam o‘q uzib
qo‘yishadi. Shundan foydalanib, xandaqlarni tar-
tibga keltiramiz. Uchuvchilar ham bizni zerikti-
rishmaydi. Havoda kuniga bir necha marta jang
bo‘ladi. Bu tomoshaning ishqibozlari ko‘p.
Bombardimonchi aeroplanlar bilan ishimiz
yo‘q, ammo razvedkachi aeroplanlar yuragimiz-
ga g‘ulg‘ula soladi, aхir o‘shalar bizni to‘plarga
115
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
yem qiladi-da. Tepamizdan uchib o‘tganidan ke-
yin ana-mana
deguncha boshimizga snaryad-
lar yog‘iladi. Bir kuni o‘n bitta safdoshimizdan
ayrilamiz, shulardan beshtasi sanitarlar. Ikkita-
si burda-burda bo‘lib ketgan; ularni endi okop
devoridan qoshiqda qirib olib, qozonga ko‘msa
ham bo‘ladi, deydi Tyaden. Uchinchisining bir
oyog‘i tanasining pastki qismi bilan birga uzilgan.
Tananing tepa qismi okop devoriga tiralib turibdi,
murdaning rangi sap-sariq,
soqoliga ilinib qolgan
sigareta hali o‘chmagan.
Jasadlarni katta bir o‘raga taхlaymiz. Hozircha
ustma-ust uch qavat bo‘ldi.
* * *
Qo‘qqisdan o‘t ochish kuchayadi. Yana
dahshatli kutish daqiqalari boshlanadi.
Hujum, qarshi hujum, zarba, qarshi zarba,
– bular oddiy so‘zlar, ammo ularning zamiriga
ko‘p narsa yashiringan. Talafotimiz ortib boryap-
ti, asosan yangi kelganlar hisobiga. Qismimizga
yana qo‘shimcha kuch jo‘natishdi. Nuqul jish
bolalardan iborat butun boshli bir polk. Front-
ga kelgunga qadar
deyarli hech qanday tayyor-
garlikdan o‘tishmagan, faqat nazariyotdan oz-
gina ma’ruza eshitishgan, хolos. To‘g‘ri, miltiq
nima, granata nima – bilishadi, lekin askar o‘zi-
ni qay yo‘sinda panaga olishi kerakligi to‘g‘risida
tasavvurlari yo‘q, ayniqsa, o‘zlari turgan joyning
shart-sharoitiga tez moslasha olishmaydi. Oddiy-
gina do‘nglik, o‘nqir-cho‘nqirlarni payqashmaydi.
Garchi bizga qo‘shimcha kuch havoday zarur
bo‘lsa-da, yosh bolalardan foyda kam,
aksincha,
ularni turgan-bitgani tashvish. Jang girdobiga
tushgach, esankirab qolib, pashshaday qirilib keti-