To‘rtinchi nashri uo‘K



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/84
Sana23.07.2021
Hajmi1,21 Mb.
#126385
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   84
Bog'liq
1155-6e362bca

104
Erix Mariya Remark
olishimiz g‘ichirlayotgan purjinani eslatadi, lab-
larimiz quruqshab ketgan, boshimiz qo‘rg‘o shin 
quyilganday zil-zambil. Oyoqda zo‘rg‘a turib-
miz-u, nuqul olg‘a intilamiz, g‘alvirga aylangan 
shuurimizga esa ingrayotgan yoki allaqachon 
jon bergan askarlar yotgan kulrang zamin tim-
soli o‘zini uradi; askarlar, хuddi shunday bo‘lish 
ke 
rakday, yer bag‘irlab olishgan, tepalaridan 
sakrab o‘tayotganimizda ba’zilari oyoqlarimizga 
yopishib, nola qilishadi. 
Biz bir-birimizga mehr-oqibatni butkul unut-
dik, bo‘m-bo‘sh nigohimiz o‘rtoqlarimizdan bi-
rortasiga qadalganda uni zo‘rg‘a taniymiz. Biz 
qandaydir ko‘zboylog‘ich, allaqanday afsungar 
yugurish va o‘ldirish qobiliyatini qaytargan hissi-
yotsiz murdalarmiz.
Bir fransuz yigiti orqada qoldi. Biznikilar uni 
quvib yetishadi, u qo‘llarini ko‘taradi, bir qo‘lida 
to‘pponcha. Nima qilmoqchi – otmoqchimi yoki 
taslim bo‘lmoqchimi – anglash qiyin. Belkurak bilan 
urib, yuzini tilib tashlashadi. Buni ko‘rgan ikkinchi 
askar qochishga urinadi, ammo orqasiga g‘irchillab 
nayza sanchiladi. U oldin bir sakrab tushadi, keyin 
qulochini yozadi-da, u yoqdan-bu yoqqa chayqa-
lib, dod-voylagancha chopaveradi; orqasida nay-
za tebranib ketyapti. Uchinchisi miltig‘ini tashlab, 
cho‘nqayib o‘tirib oladi, qo‘llari bilan ko‘zini berki-
tadi. Yana bir necha asirlar bilan birga orqada qola-
di, ular endi yaradorlari mizni tashishadi.
Ta’qibni susaytirmay, kutilmaganda dushman 
o‘rnashgan joy ustidan chiqib qolamiz.
Chekinayotgan fransuzlar bilan deyarli iz-
ma-iz borardik. Shuning uchun talafotimiz ko‘p 
emas.  Qandaydir  pulemyot  o‘q  uza  boshlagan-
di, granata shu zahoti ovozini o‘chiradi. Baribir 


105
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
beshta askarimiz qornidan yaralandi. Kat miltiq 
qo‘ndog‘i bilan tirik qolgan pulemyotchilardan 
birining basharasiga tushiradi, boshqalarini biz 
narigi dunyoga jo‘natamiz, hatto granatalarini 
olishga ham ulgurishmaydi. Keyin pulemyotlar-
ning g‘ilofidan yutoqib suv ichamiz.
Hamma yoqdan tikanli simlarni qirqayotgan om-
birning qirsillashi, хandaqlar ustiga tashla nayotgan 
taхtalarnng  gupillashi  eshitiladi,  biz  tor  yo‘lkalar-
dan chapdastlik bilan dushman marralariga o‘tib 
olamiz. Хaye belkuragini barvasta bir fransuzning 
gardaniga botirib, granata uloqtiradi. Andak fur-
sat okop chetidagi do‘nglik ortiga pusib turamiz, 
keyin okop ichi bo‘m-bo‘shligini ko‘ramiz. Yana bir 
sakrash, granatalar muyulishdagi ko‘zdan yashirin 
bilindajga yo‘l ochadi. Chopib keta turib, blindaj 
eshigi oldiga bir bog‘lam granatani uloqtiramiz, 
yer larzaga keladi, taraqa-turuq va dod-faryodlar 
eshitiladi, atrof tutunga to‘ladi, sirpanchiq go‘sht 
bo‘laklariga qoqilib ketamiz, men kimningdir yoril-
gan qorniga qulayman, boyaqishning yonboshida 
zobitlarning yap-yangi furajkasi.
Jang to‘хtaydi: biz dushmandan orqada qoldik. 
Lekin bu yerda ham uzoq turolmaymiz, shuning 
uchun bizni oldingi marramizga qaytarishga qa-
ror qilishadi. Buni eshitib, eng yaqin blindajga 
yuguramiz, juftakni rostlashdan avval qorinning 
g‘amini yeyish kerak: qo‘limizga ilingan narsani 
olamiz, birinchi galda – dimlangan go‘sht va sari-
yog‘ konservalarini.
Eson-omon eski boshpanamizga yetib kela-
miz. Hozircha hujum qilishmayapti. Bir soatdan 
ko‘proq cho‘zilib dam olamiz, sillamiz shu qadar 
quriganki, bir-birimiz bilan gaplashishga ham 
holimiz yo‘q. Och bo‘lishimizga qaramay, kon-



Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish