“To’qimachilik materialshunosligi” kafedrasi



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana19.11.2019
Hajmi1,13 Mb.
#26380
1   2   3   4   5
Bog'liq
ayollarning kuz-bahor mavsumlariga moljallangan plashi uchun mato tan


Aprior   diagrammasi

S

    12



25

      31


37

50

68



76

82

84



85

                                    X

6

X

2



X

1

X



4

X

3



X

10

X



7

X

8



     X

9

X



5

x

X



6

  -  suv  o’tkazmaslik

X

2

-rang  mustahkamlik



X

1

-  g’ijimlanmaslik



X

4

 - kirishish



28

5.2  G’ijimlanmaslik

Egilish   va  qisilish  deformatsiyalari  ta’siri  natijasida  materiallar

g’ijimlanadi,    ya’ni    ular    burmalar    va    g’ijimlar    hosil    qiladi.    Hosil

bo’lgan  g’ijim  va  burmalarni  faqat  namlab – isitib  dazmollashdangina

ketkazish  mumkin.  Materiallarning  g’ijimlanishi  ularning  tola  tarkibiga,

tuzilishida  ishlatilgan  iplarning  yo’g’onligiga,  o’rilish  va  pardozlash

turiga,  zichligiga  bog’liq.   Qayishqoq  tolalar – jun,  ipak,  sintetik

tolalardan  olingan  materiallar  uncha  g’ijimlanmaydi.  Paxta,  viskoza  va

ayniqsa    zig’ir      tolalaridan    olingan    materillar    juda    g’ijimlanuvchan

bo’ladi.      Zich    gazlamalar    kamroq    g’ijimlanadi.    Ip    va    viskoza

gazlamalarning  g’ijimlanuvchanligini  kamaytirish  uchun  ularga  maxsus

pardoz  beriladi.   Tikuvchilikda  kiyimlarni  g’ijimlanmaydigan  qilish  va

shaklning  saqlanishini  ta’minlash  uchun    forniz  deb  ataladigan  ishlov

beriladi.   Kiyim  tikilgandan   va  namlik-issiqlik  ishlovidan

o’tkazilgandan  keyin  ularga  maxsus  termokamerada  150-160

°  C


haroratda  15 min  davomida  ishlov  beriladi.  Bu  yerda  kiyimga  berilgan

shakl    mustahkamlanadi.    Forniz    ishlovi    berilgan    kiyim    uzoq    vaqt

kiyilganda,  yuvilganda,  kimyoviy  usulda  tozalanganda  ham  o’z

shaklini  saqlab  qoladi.

Materiallarning  g’ijimlanuvchanligi  ularning  salbiy

xususiyatlaridan  biridir.  U  buyumning  ko’rinishini  buzadi.  Oson

g’ijimlanadigan  materiallar  tez  ishdan    chiqadi,  chunki  bukilgan  va

burmalangan  joylarda  ancha  ishqalanadi.  Shu  sababli  tikuvchilik

buyumlarini  tayyorlash  uchun  ishlatiluvchi  materiallar  ichida

g’ijimlanmasligi   katta  bo’lgan  materiallar  qadrlanadi.  Materiallarning

g’ijimlanmasligi  deganda,  ularning  g’ijimlanishga  qarshilik  ko’rsatishi

va    g’ijimlangandan    keyin    o’zining    dastlabki      holatiga    kelishi

tushuniladi.

Materiallarning  g’ijimlanmasligini  aniqlash  uchun  qo’llaniladigan

asboblarni  ikki  guruhga  ajratish  mumkin.

o Materiallarda  belgilangan  joyidan  g’ijimlar  hosil  qiluvchi

asboblar

o Materiallarda  tartibsiz  g’ijimlar  hosil  qiluvchi  asboblar



29

AW-6  G’IJIMLАNISHNI  АNIQLАSH  АSBОBI.

I. Asbobning vazifasi.

Bu аsbоb hаr хil turdаgi mаtоlаrning g’ijimlаnish hususiyatini

tеkshirish uchun ishlаtilаdi. Аsbоbni ishlаtish uchun хоnаdаgi hаvо

hаrоrаti 20

±3

0



C vа  nаmlik 60

±5%ni tаshkil qilishi lоzim. Nаmunа

quyidаgi o’lchamdа tаyyorlаnаdi: 15

´40 mm. Asbob PS-1-1059-1 va ISO

2313 standartlariga mos keladi.

II. Asbobning qisqacha texnik tavsifi.

1. Modeli: MOSANT AW-6.

2. Namuna o’lchami: 15x40mm.

3. Maxsus yuk og’irligi: 500gr.

4. Gradirlash oralig’i: 0,1-180 daraja (gradus).

III. Asbobda sinov o’tkazish uslubi.

Matolarning gijimlanmasligini aniqlash uchun tanda va arqoq

bo’yicha 15x40 mm o’lchamda namuna tayyorlanishi kerak. So’ngra

namuna bukilgan holatda shisha plastinkalar orasiga joylashtiriladi.

Yuqoridan 500 gr og’irlikda yuk qo’yiladi va 5 daqiqa kutiladi. So’ngra

namuna shisha plastinkadan olinib, namuna uchun maxsus qisgichga

qistiriladi. 5 daqiqa o’tgach, olingan natijalar bo’yicha quyidagi formula

yordamida g’ijimlanmaslik koeffitsienti hisoblanadi.

%

100


180

×

=



a

K

a

- ochilish burchagi.



k- g’ijimlanmaslik koeffitsenti.

30

«AW-6» g’ijimlаnishni аniqlаsh аsbоbi sхеmаsi

1. Mахsus qisqich uchun mоslаmа

2. Ko´rsаtkich

3. Аylаnuvchi mоslаmа

4. Mахsus qisqich

5. Nаmunа

6. Pеrpеndikulyar ko´rsаtkich

7. Nаmunа qisqich

8.  Plаstik qisqich

1

2

3



4

5

6



7

8


31

5.3  Rang  mustahkamlik.

Materiallarni  ishlatish  jarayonida  ularning  dastlabki  bo’yalgan

rangi  ko’p  vaqt  davomida  aynimasligi  lozim.  Bo’yoq  mustahkamligiga

ko’ra  zig’ir  tolali  gazlamalar  mustahkam  bo’yalgan  va  maxsus

mustahkam  bo’yalgan  guruhlarga  bo’linadi.   Qolgan  gazlamalar  oddiy,

mustahkam  va  maxsus  mustahkam  bo’yalgan  guruhlarga  bo’linadi.

Gazlamalarning    

nimaga   

ishlatilishiga  qarab  

ularning


bo’yog’I  turli  fizik-kimyoviy  ta’sirlarga

:  yorug’lik  va  ob-havo,  quruq

va ho’l  holatda  ishqalanishga,  distillangan  va  dengizdagi  suv,  sovun

va    soda    eritmalari,    yuvish    va    dazmollash,    ter    va    hakozolarga

chidamliligi  aniqlanadi.

Bo’yalgan    gazlamalarning    bo’yoq    mustahkamligi    ball    bilan

baholanadi.  Baho  berish  uchun  sinsladigan  namuna  etalonlar

taqqoslanadi.  Etalonlar  ikki  xil  -  kulrang  va  ko’k  shkalada  bo’ladi.

Ko’k  etalonlar  yordamida  bo’yoqning   ob-havo  va  yorug’lik  ta’siriga

chidamliligi  baholanadi.  Boshqa  barcha  ta’sirlarga   bo’yoqning

chidamliligini  baholash  uchun  kulrang  etalonlar  ishlatiladi.   Ko’k

etalonlarda  eng  mustahkam  bo’yoq  8 ball  bilan,  eng  kuchsiz  bo’yoq  1

ball  bilan  baholanadi.  Kulrang   etalonlar  o’z  navbatida  ikkiga

bo’linadi.  Biri  fizik-kimyovoy  ta’sirlar  natjasida  gazlamalarning

dastlabki  bo’yog’ining  aynish  darajasini  aniqlash  uchun,  ikkinchisi,

rangli  material  bilan  birga  sinashdan  o’tgan  oq  namunaning  bo’yoqni

yuqtirish  darajasini  aniqlashuchun  ishlatiladi.  Chidamlilik  darajasi  kasr

bilan  belgilanadi

:  suratga  dastlabki  bo’yoqning  aynish  darajasini

baholaydigan  ball,  maxrajga  esa  oq  namunaning  bo’yoqni  yuqtirish

darajasini  baholaydigan  ball  qo’yiladi.  Kulrang  etalonlarda  eng

mustahkam  bo’yoq  5 ball  bilan,  eng  kuuchsiz  bo’yoq  1 ball  bilan

baholanadi.

Gazlamalar  bo’yog’ining  mustahkamligi  ularning  navini

aniqlashda  katta  ahamiyatga  ega.  Agar  bo’yoqning  haqiqiy

mustahkamligi  belgilangan  me’yordan  past  bo’lib  chiqsa,

gazlamalarning  navi  pasaytiriladi.

Materiallar  bo’yog’ining  mustahkamligini   aniqlash  uchun

odatda  tuzma  namuna  ishlatiladi.  U  uchta  bo’lakdan  iborat

:

oqartirilgan  gazlamadan  olingan  ikkita  namunalar  orasida  bo’yoqli



materiakdan  bitta  namuna  joylashtiriladi.  Bu  namunalarning  hammasi

birga  bir  yoki  to’rt  tomonidan  chok  bilan  birlashtiriladi.

Namunalarning  o’lchovlari  100x400 mm.

Material  bo’yog’ining  mustahkamligiga  distillangan  suv  ta’sirini

aniqlash    uchun    tuzma    namuna    harorati    18-20

°  C  ga    teng    bo’lgan



32

distillangan  suvda  sinchiklab  ho’llanadi  va  ikkita  shisha  plastinka

orasiga  qo’yilib,  ustiga  5  yoki  0,05 kg li  yuk  bostirib  qo’yiladi.  Shu

holatda  namuna  4 soat  davomida  18-20

°  C    harorati    bo’lgan

termostatda  sqlanadi.  So’ng  namunalar  ajratiladi  va  quritiladi.  Quruq

namunalar  kulrang  etalonlar bilan  solishtirib  bo’yoqning  mustahkamligi

dastlabki  bo’yog’ining  aynish  darajasi  va  oq  namunaning  bo’yoqni

yuqtirish  darajasi  orqali  baholanadi.

AR-2  RАNGLI MАTОLАRNI  RANG  MUSTAHKАMLIGINI

TЕKSHIRISH АSBОBI.

I. Asbob vazifasi.

Ushbu jixoz matolar rangining ho’l va quruq ishqalanishga

chidamliligini aniqlash uchun qo’llaniladi

II. Asbobning qisqacha texnik tavsifi.

1. Sinov obekti – matolar.

2. Sinaladigan namunalar soni – 6 ta.

3. Ilgarilanma – qaytma harakat masofasi – 100mm.

4. Ilgarilanma – qaytma harakat tezligi 30 xarakat/min.

5. Sinashdagi yukning umumiy massasi – 500g.

6. Energya manbai: 100В, 50/60Гц.

III. Asbobni sinovga tayorlash.

Sinovdan avval jixoz xisoblagichi 0 ga o’rnatish (keltirish) kerak.

IV. Asbobda sinov o’tkazish uslubi.

Namuna  (bo’yalgan mato) platformadagi namunalar uchun

mo’ljallangan qisqichlar orasiga qisiladi. Oq mato esa shtokga

joylashtiriladi. So’ngra shtok platformaga tushirilib, ustiga 300gr

qo’shimcha yuk qo’yiladi. So’ngra boshqaruv panelidagi START

tugmachasi bosiladi va platforma ilgarilanma – qaytma harakat qilishni

boshlaydi. Sinov vaqtida shtok qo’zg’almas holatda bo’ladi, natijada oq

mato va namuna o’rtasida ishqalanish sodir bo’ladi. 10ta davr tugagach

(davrlar soni displeyda ko’psatib turiladi) jixoz avtomatik ravishda

to’xtaydi. Laborant oq matoni oladi va ko’z orqali namunani kulrang

etalonlar shkalasi bilan taqqoslash yo’li bilan 5 ballik tizimda baxolaydi.

Matolar rangining ishqalanishga chidamliligini (xo’l holatda) baxolashda

matoni distillangan suvda xo’llab olish lozim, so’ngra yaxshilab qisib,

shtokka joylashtirish lozim. Qolgan jarayonlar xuddi quruq

ishqalanishdagidek bo’ladi.



33

Matolar rangini isqalanishga chidamliligini aniqlash uchun namunalar

keltirilib, maxsus xonalarda saqlanadi. So’ngra laboratoriyaga olib

kelinadi. Namunalar 30x5 o’lchamda tayorlanadi. Jixozda matolarning xo’l

va quruq holatda ishqalanishga chidamliligi aniqlanadi. Ikkita namuna

olinib, qisqichlar orasiga siqiladi. So’ngra mato ustiga shtok tushiriladi.

Shtok tushirilgach, ustiga 300gr og’irlikdagi qo’shimcha yuk qo’yiladi.

Shtok og’irligi 200gr ni tashkil etadi. Shtok uchiga maxsus oq mato

qo’yiladi. Bu matoga rangning yuqishi bilan rangning ishqalanishga

chidamliligi baholanadi. Jixoz ishga tushiriladi, RESET tugmasini bosish

orqali jixoz ko’rsatkichi “0” holatiga keltiriladi. START tugmachasi

bosilgach jixoz ishga tushib, platforma harakatlana boshlaydi. Platforma 10

marta ilgarilanma harakat qilgach avtomatik ravishda to’xtaydi. Shtok

ko’tarilib, oq mato namunasi olinadi. Unga rang yuqqanligiga qarab,

rangning ishqalanishga chidamliligi baholanadi. Xo’l mato namunasi

qurigach, unga baho berish lozim.

Rangni ishqalanishga chidamliligi 9733.27-83 standarti bo’yicha

baholanadi. Bu xususiyat turli matolar uchun turlichadir. Kulrang etalonlar

yordamida 5 ballik tizimda baxolanadi.

5 – o’ta chidamli.

4 – chidamli.

3 – oddiy.

2 – muvofiq kelmaydi.

Jun matosi sinalgach, uning yuzasidagi matolarni tozalab tashlash

lozim.

1.Buyurtmachi matoni olib kelgach, u matoning turi aniqlanadi.



2. Har bir namuna raqamlanadi.

3. Qaysi ko’rsatkichlari baholanishi o’rganiladi (bilib olinadi).

4. GOST bo’yicha gazlama saqlanadi.

5. 5x30 o’lchamda 2ta namuna, 5x5 o’lchamda maxsus oq mato

namunasi qirqib olinadi (har bir material uchun).

AR-2 Rаngli mаtоlаrni ishqаlаnishgа chidаmligini

tеkshirish аsbоbi sхеmаsi


34

1-Bоshqаruv pulti

2-Brusоk ushlаgich

3-Оq pахtа, ishqаlоvchi mаtо

4-Ishqаlаnuvchi mаtо (prut)

5-Sinаlаyotgаn mаtо

6-Sinаlаyotgаn mаtоlаr qаtоri

7-Qisqichlаr



35

5.4  Kirishish

Yuvilganda,  ho’llanganda,  ho’llab  dazmollanganda,  nisbiy

namligi  yuqori  havoda  saqlanganda  matolarning  o’lchovlari  o’zgaradi.

Ana  shunday  o’lchovlarning   o’zgarishi  matolarning   kirishishi

deyiladi.

Bu  jarayonda  ko’pincha  materiallarning  o’lchovlari  kichrayadi.

Bu  holdagi  kirishish  musbat  kirishish  deb,  ayrim  materiallarning

o’lchovlari   oshadi,  bu  esa  manfiy  kirishish  deb  ataladi.  Tikuvchilikda

materiallarga  namlab-isitib  ishlov  berilganda ham  ularning  o’lchovlari

kichrayadi

(kirishtirib  dazmollash  jarayoni) yoki  oshadi (cho’zib

dazmollash  jarayoni

).  Namlab – isitib  ishlov  berilgandagi  kirishish

majburiy    kirishish    deb    ataladi.        Majburiy    kirishish    yordamida

tikuvchilik  buyumlariga  ma’lum  kerakli  shakl  beriladi.  Majburiy

kirishishdan  boshqa  kirishishlar  materiallarning  salbiy

ko’rsatkichlaridir.   Materiallarining kirishishi  natijasida  ulardan tikilgan

buyum  va  buyum  qismlarining  kichrayishi  va  shakl  buzilishi  mumkin.

Agar  buyumning  asosiy  materiali,  astari  va  qatlami  turlicha  kirishsa,

kiyimning  tashqi  ko’rinishi  yomonlashadi,  unda  g’ijimlar  va  burmalar

paydo  bo’ladi.  Kirishishiga  ko’ra  tikuvchilik  materiallari  uch  guruhga

bo’linadi.  Materillarning  kirishishiga  bir  necha  sabab  bor

:

1. To’qimachilik  va  tikuvchilik  jarayonining  barcha



bosqichlarida

(yigirish,  to’qish,  pardozlash,  o’lhovlarini  aniqlash

va  bichishda

)    materiallarni    hosil    qiluvchi    tola    va    iplar    doim

tortilib    urdi.    Materialni    ho’llaganda    tola    va    iplar    bo’shashib

o’zining  dastlabki  holatiga  qaytishga  intiladi.

2. Namlik  ta’sirida  tolalar  va  iplar  namni  o’ziga  tortadi.

Natijada    ular    shishadi    va    kaltalashadi.    Kuchli    tortilgan    ip

turkumlari  o’zaro  bukilishini  o’zgartiradi.

     


Materiallarning   kirishishini   kamaytirish   uchun   tolalar

tarkibiga    namni    kam    shimadigan    tolalar    qo’shiladi,    kengaytirish,

bug’lash,    maxsus    kirishtirish    mashinalarida    ishlov    berish,

kirishmaydigan  yoki  kam  kirishadigan  qilib  maxsus  pardozlash  usullari

qo’llaniladi.

Sintetik  gazlamalar  ho’llanmasdan,  ya’ni  faqat  issiqlik  ta’sirida

kirishadi.  Bunday  kirishish  issiqlikdan  kirishish  deyiladi.   Sintetik

gazlamalarning  o’lchamlarini  turg’unlash  uchun  to’qimachilik  sanoatida

sintetik  gazlamalar  va  sintetik   tolali  gazlamalar  termofiksatsiya

operatsiyalaridan  o’tkaziladi.  Termofiksatsiya  operatsiyalaridan

o’tkazilgan  gazlamalar  kam  kirishadi.


36

Amalda  aniqlanishicha,  tikuvchilik  ratsional  tashkil  qilinganda

kiyim  tikiladigan  gazlamalarning  kirishishi  4

% dan  oshmasligi  lozim.

Zich  sintetik  gazlamalar  va  lavsanli  gazlamalar

termofiksatsiyalangandan  keyin  deyarli  kirishmaydi.  Shu  sababdan

kiyimning  avrasi,  astari  va  qotirmasi  uchun  material  tanlashda  uning

kirishishii  hisobga  olish  lozim.

Materiallar  kirishishini  aniqlash  usullarining  asoslari

quyidagicha.  Ma’lum  o’lchovda  qirqilgan  namunada  nazorat

qilinadigan  ma’lum  miqdordagi  masofa  belgilangandan  keyin  u

ho’llanadi  yoki  yuviladi.  Quritilgandan  keyin  nazorat  qilinadigan

masofa  o’lchanadi.  Materialning  kirishishi – U

(foiz)  quyidagi  formula

yordamida  hisoblanadi

:

(



)

100


1

2

1



L

L

L

U

-

=



Bu  yerda

:

1



- nazorat  qilinadigan  masofaning  dastlabki

miqdori, mm.

2

L

- nazorat  qilinadigan  masofaning  ishlov  berilgandan

keyingi  miqdori, mm.

Namunalarga  ishlov  berish  turi  materialning  tolaviy  tarkibiga

bog’liq  bo’ladi.

Gazlamaning  kirishishini  tez  tekshirish  uchun  quyidagicha  ish

ko’rish  mumkin

:    gazlama    bo’lagi    chetidan    15-20    sm      tashlab,

gazlamaning  butun  eni  bo’yicha  o’ngiga  va  teskari  tomoniga 15-20 sm

joyga  suv  purkaladi,yaxshilab  dazmollanadi  yiki  presslanadi.  Agar

sinalgan  joyining  cheti  ichkariga  tortilsa,  bunday  gazlama  ho’llab-

dazmollanganda  ancha  kirishishi  mumkin.

Ancha  kirishadigan  gazlamalarni  oldin  bug’lash  tavsiya  etiladi.

Agar  kiyimning  avrasiga  mo’ljallangan  gazlama  uncha  kirishmaydigan

bo’lsa,  miyona  gazlama  bug’lanadi


37

5.5  Suv  o’tkazmaslik

               Materiallarning  suv  o’tishiga  qarshiligi -  ularning  o’zidan  suv

o’tishiga   qarshilik  ko’rsatish  qobiliyati.

WR–1600E  SUV O’TKАZUVSHАNLIK VА SUVGА QАRSHILIGINI

TЕKSHIRISH АSBОBI (HАR ХIL TURDАGI MАTОLАR USHUN).

I. Asbobning vazifasi.

Bu asbob turli matolarning suvga chidamligini (suv

o’tkazuvchanligini) aniqlash uchun qo’llaniladi. Asbob ASTM va JIS

talablariga javob beradi.

II. Asbobning qisqacha texnik tavsifi.

Energiya manbai: AS 100B, 50/60 Гц

Dvigatel: 35 B boshqariluvchi dvigatel

O’lchash ishini ko’tarish tezligi: 60±3 sm/mm, 10±3 sm/mm.

Gorizantal manoistrning maksimal o’lchami: 1600 mm/suv ustuni.

Tеkshirilаyotgаn nаmunа o’lchаmlаri 170

´170 mm bo’lish kerak.

III. Asbobni sinovga tayorlash.

1.Asbob tekis yuzaga o’rnatilishi kerak, maxsus sim yordamida elektr

tarmog’iga ulanish kerak, asbobning suv quvuri kanalizatsiyaga ulangan

bo’lish zarur.

2. O’lchash idishining qopqog’i ochiladi va u suv bilan to’ldiriladi. Suv

o’tkazuvchanlikni tekshirish jarayonida 1000ml miqdorida suv yig’ish talab

qilinadi, asbobning holatini 3ta rostlovshi vint va asbob asosida joylashgan

daraja yordamida nazorat qilinadi.

3. Rezervuar suv bilan to’ldirilgach asbob yoqiladi, bunda tekshiruvchi

lampa yonadi. So’ngra o’zgartirishni PRESSORE (bosim) holatiga

o’rnatiladi, bunda ham tekshiruvchi lampa yonishi kerak, keyin namunalar

joylashtirilmagan holda o’lchash idishni ko’tarish uchun dvigatel yoqiladi.

4. Namunalar joylashtirilgan joydan suv tomishga e’tibor berish kerak, suv

me’yoriy ravishda tomayotgan bo’lsa rezervuar avvalgi holatiga

qaytariladi, bu jarayon bir necha marta takrorlanadi. So’ngra rezervuar suv

bilan to’ldiriladi. Yuqorida keltirilgan tayorgarliklardan maqsad-tizimdan

havoni chiqarib yuborish va asbobning barcha joylarini suv bilan

to’ldirishdir. Bu jarayonlardan so’ng asbob namunalarni tekshirishga

tayyor bo’ladi.

IV. Asbobda sinov o’tkazish uslubi.



38

Bu аsbоbgа bir qаnchа mахsus tаlаblаr qo’yilаdi. Bundа birinchi bo’lib

аsbоbning 2 tа suv mоnоmеtri bo’lib, ishlаtishdаn аvvаl suvning sаtхi

tеkshirilib 0 gа kеltirilаdi vа аsbоbni ishlаtish mumkin.

Bu аsbоb ikki хil rеjimdа ishlаydi, ya’ni OF tugmаchаsini pаstgа tushirsаk,

mаtоning suvgа qаrshiligi аniqlаnаdi, yuqоridаgi ko’rsatkich mаtоning suv

o’tkаzuvchаnligi аniqlаnаdi.

Bu аsbоbning rеzеrvаridа 1000 ml suv bo’lishi kеrаk vа mаtоmizning

nаmunа qo’yilаdigаn diskkа o’rnаtаmiz, so’ngrа suv bоsimi bеrilаdi.

Аsbоb ishgа tushgаndаn kеyin o’rnаtilgаn nаmunаmizdаn 3 tоmchi suv

chiqishi bilаn dаrхоl аsbоbni ishlаshdаn to’хtаtаmiz vа mоnоmеtrgа

qаrаymiz.

Qаnchа suv ustunini ko’rsаtsа, mаtоni suvgа qаrshiligi shunchа mm suv

ustuni dеb qаbul qilаmiz.

Suv o’tkаzuvchаnlikdа esа 1000 ml suvdа mа’lum bir vаqt ichidа (misоl

uchun; 0,1 mm mаtо 40 sеkund) rеzеrvаrdаgi suvimiz qаnchаgа kаmаysа,

shu kаmаyish miqdоrigа qаrаb mаtоning suv o’tkаzuvchаnligi аniqlаnаdi.

LS Yapon sanoat standartiga binoan sinovlarning 3ta turi mavjud.

1. A uslub-suvga chidamlilikni aniqlash

1.1.Namuna asbobga joylashtiriladi ba u qisqich va mahkamlovchi vint

bilan to’g’irlanadi. Namuna zich mahkamlanishi kerak. Suvli yuza va

namuna orasiga havo kirishini oldini olish lozim, aks holda olingan

natijalar to’g’ri chiqmaydi. 3ta 20x20 sm o’lchamdagi namuna tayorlanadi

va shunday joylashtiriladiki, gazlamaning tashqi tomoni suvli yuzaga tashqi

tomon bo’lisi kerak.

1.2.Elektr tarmog’i ulanadi va o’zgartiruvchi qurilma PREESORE (bosim)

rejimiga qo’yiladi. Bunda 2ta tekshiruvchi lampa yonadi.

1.3.Rezervuar ko’tarish uchun tugmacha bosiladi. Rezervuar 10 sm/min

yoki 60 sm/min tezlik bilan ko’tariladi va namunaga bosim beradi. Suv

bosimini vertikal manometrda ko’rish mumkin.

1.4 Namuna yuzasining turli joylarida 3 tomchi paydo bo’lgach, rezervuar

harakatini to’xtatish kerak va vertikal manometr shkalasidagi bosim

ko’rsatkichini yozib olinadi.

2. B uslub-suvga chidamlilikni aniqlash.

2.1. 1.1 va 1.2 namunalardagi jarayonlar bajariladi.

2.2 Rezervuarni ko’tarish uchun tumacha bosiladi vertikal manometrdagi

suv bosimi 10 sm belgigacha etgach, rezervuar ko’tarilishi to’xtatiladi va

birmuncha vaqt shu holatda saqlanadi. Rezervuar  to’xtatilishi bilan bir

vaqtda sekundomer yordamida vaqt hisobi boshlanadi.


39

2.3.Namunaning turli joylarida 3 tomchi suv paydo bo’lgan zahoti,

rezervuar to’xtatiladi va ushbu, ya’ni tomchi hosil bo’lgunga qadar ketgan

vaqt yozib olinadi.

3. Suv o’tkazuvchanlikni aniqlash usuli.

3.1. 1.1 va 2.1 punktlaridagi jarayonlar bajariladi.

3.2. Rezervuardagi suv 1000ml ekanligiga ishonch hosil qilinadi. Elektr

tarmog’i ulanadi, so’ngra o’zgaruvchi qurilma “LEAK”(tomish) holatiga

o’tkaziladi. Suv namuna joylashtirilgan joydan tomishni boshlaydi va

tekshiruv lampasi yonadi.

3.3. Keyin rezervuar ko’tariladi. Vertikal manometrdagi suv bosimi 10

sm.lik belgiga etgach, rezervuar harakati to’xtatiladi. Namunaga ta’sir

etuvchi suv bosimi vaqt o’tishi bilan namuna ichiga suv kirgach kamayib

boradi. Vaqti-vaqti bilan vertikal manometr ko’rsatkichlari bo’yicha

rezervuar holati tekshirib turiladi va uni sinov vaqtida 10 sm darajada

bo’lishini ta’minlash kerak. Buni masofaviy boshqarish yordamida juda

ehtiyotlik bilan bajarish kerak.

3.4. Baqt yozib olingach namuna ichiga tushgan suv hajmi o’lchanadi, bu

rezervuardagi boshlang’ich suv hajmi va so’nggi hajmning orasidagi farqni

topish yo’li bilan aniqlanadi.

WR–1600E Suv o’tkаzuvchаnlik vа suvgа qаrshiligini

tеkshirish аsbоbi sхеmаsi



40

 1.Bоshqаrish qutisi      5.Yuqоri yopgich               9.Ustunlаr

 2.Оynаni o´lchаgich    6.Shkiv                           10.Ustunlаr

 3.Stаkаn mаnоmеtri    7.Sinхrоn elеktr uzаtmа       11.Qisqich

 4.Shаpkа                      8.Аndоzа    12.Nаmunа jоylаshаdigаn disk


Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish