“To’qimachilik materialshunosligi” kafedrasi



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana19.11.2019
Hajmi1,13 Mb.
#26380
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ayollarning kuz-bahor mavsumlariga moljallangan plashi uchun mato tan


1

O’zbekiston  Respublikasi  Oliy va O’rta  maxsus  ta’lim vazirligi

Toshkent To’qimachilik va Yengil sanoat instituti

“To’qimachilik  materialshunosligi” kafedrasi

Mavzu:


Ayollarning kuz-bahor  mavsumlariga

mo’ljallangan  plashi  uchun  mato  tanlash

Bajardi:  Ahmedova M.

                                                               gr.10-12

                                                Tekshirdi:  Saidmuratova  S.

TOSHKENT-2014


2

                                                       Mundarija

1. Kirish………………………………………………………….3

1.1


Yengil  sanoat  mahsulotlari  materialshunosligi  fanidan

bajariladigan  kurs  ishining   maqsadi………..……………………….4

2.Modelning  harakteristikasi…………………………………………….5

2.1 MODELGA  TAVSIF …………………………………………5

2.2  MODEL  PASPORTI …………………………………………8

2.3 Modelning  andoza detallari tasnifi …………………………....9

2.4. Zamonaviy   moda  yo’nalishi  ……………………………... 10

3.  Tikuvchilik  buyumlariga     qo’yiladigan  talablar ………...12

4.Tikuvchilik  materiallarining   sifat   ko’rsatkichlari………....14

        4.1 Tikuvchilik  materiallarining   sifatini

baholash  usullari……………………………………………..16

  5. Avra  uchun  material tanlash..……………………………..18

5.1  Ekspert  usulida     avra  materialiga  qo’yiladigan

talablarning  eng  ahamiyatlisini    aniqlash……………………… 21

5.2  G’ijimlanmaslik……………………………………………… 28

5.3  Rang  mustahkamlik…………………………………………. 31

5.4  Kirishish ……………………………………………………...35

5.5  Suv  o’tkazmaslik …………………………………………….37

5.6  Tajriba  natijalari ……………………………………………...41

6.    Astarlik  uchun  material  tanlash ………………………….42

6.1  Ekspert  usulida  astar    materialiga  qo’yiladigan

 talablarning  eng  ahamiyatlisini  aniqlash ………………………..43

6.2   Kirishish  ……………………………………………………..49

6.3  Sitiluvchanlik………………………………………………….51

6.4  Elektrlanuvchanlik  …………………………………………...56

6.5  Tajriba  natijalari ……………………………………………...59

7.  Kiyim   furniturasi……………………………………………60

8.  Xulosa  ……………………………………………………….61

9.  Foydalanilgan  adabiyotlar…………………………………...62


3

1.Kirish

        O’zbekiston  Respublikasining  bozor  iqtisodiyoti   sharoitida

rivojlanishi  uni  boshqarayotgan  mutaxassislarning  malakasi,  tajribasi,

boshqaruvchanlik  qobiliyati  kabi  qator  omillarga  bog’liq.

O’zbekistondagi  tikuvchilik  sanoati  aholini  sifatli  va  bejirim

kiyim-kechaklar  bilan  ta’minlashi  lozim,  chunki  inson  hayotida  eng

zarur    narsalardan      birinchisi    oziq-ovqat    bo’lsa,      ikkinchisi    kiyim-

kechakdir.  U  insonlarning   badanini  atrof-muhit  ta’siridan  saqlash  va

ularning   go’zalligini  ta’minlashga  mo’ljallangan.

Ishlab  chiqarilayotgan  tikuvchilik  buyumlarining  sifatiga

bo’lgan  talab  kundan-kunga  oshib  bormoqda.   Tayyor   mahsulotning

sifati    esa    ishlab    chiqarishning      zamonaviy    texnika    vositalari    bilan

jihozlanishiga, texnologik  jihatdan  yaxshi  tashkil  qilinishiga,  tikuvchilik

materiallarininmg  to’g’ri   tanlanishiga   va  ularning   sifatiga  bog’liqdir.

Tikuvchilik      materiallaridan    ratsional    foydalana      olish    va

yuqori   sifatli  kiyim-kechak  tikish  uchun  ularning   assortimentini,

xususiyatlarini  va  sifatini   yaxshi  bilish  zarur.  Bundan  tashqari,  tikish

uchun  materiallarni  tanlash  paytida   ularning  tuzilishini,  olish

usullarini,  ularga   mos  xossalarni   aniqlash,  sifatini   baholash  usullarini

ham   bilish  kerak.

Ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlarning  salohiyatini  oshirib

boorish  ishlab   chiqarish   darajasining   yaxshilanishiga  olib  keladi.

Mahsulot  sifati  orqali  davlatning  texnik   takomillashgani  va  iqtisodiy

salohiyatiga      baho    berish    mumkin.  Mahsulot    sifatini    oshirish,

assortimentlarni  kengaytirish  va  iste’molchilar  talabini  qondirish

hozirgi  bozor  iqtisodiyotining  muhim  vazifalaridan.  Mahsulot  sifat

darajasini  ta’minlash  uchun standartlar  va  texnik  shartlarning  me’yoriy

talablariga  bog’liq  holda sistemali  nazorat  ishlarini  olib  boorish  lozim.

Bozor  iqtisodiyotida   boshqarishning  yangi  shartlari  mahsulot

sifatiga    yangi    talablar    qo’ymoqda.    Bu  esa    yanada  muhim    bo’lib

to’qimachilik      mahsulotlari    aholining    muntazam      ravishda    o’sib

borayotgan  talab  va ehtiyojlarini  qondirishi  kerak.  Har  bir  yo’nalish,

har  bir  sanoat  korxonasi  ishlab  chiqrishdagi  yangilanishning  aniq

yo’liga    ega    bo’lishi    lozim.    Mahsulot    sifatini      jahon      standartlari

darajasiga  ko’tarish  mahsulotni   dunyo  bozorlariga  chiqarishni

ta’minlaydi.

Mahsulot  sifatini  baholash  ntijalari,  nafaqat  umumiy  xossalar

darajasiga  va  yetarli  o’lchashdagi  aniqlikka,  balki  bu   xossalarga

bo’lgan  talab  darajasiga  ham  bog’liq.


4

1.1  Yengil  sanoat  mahsulotlari  materialshunosligi

fanidan  bajariladigan  kurs  ishining   maqsadi

:

Talabalarda  kiyim  materiallarini  tanlashni  ilmiy  asoslash,  bu



jarayonga  injenerlik  sifatida  yondashuv  ko’nikmalarini  hosil  qilish;

Kiyim    uchun    konkret    materialni    uning    xossalariga    qarab    tanlab

olish,    material    xususiyatlaridan    uni    ishlatish    maqsadidan    kelib

chiqqan  holda  foydalanish,  shu  bilan  birga  zamonavy  texnika  va

texnologiyani  samarali  qo’llab,  mahsulot  sifatini  oshirish

masalalarini  hal  qilishni  o’rgatishdan  iborat.



5

2.Modelning  konstruktiv-texnologik  harakteristikasi.

1-MODELGA  TAVSIF

Plashbop  gazlamadan  tikilgan  ayollar  plashi,  silueti  to’g’ri.

 Old   va  ort  bo’laklarida  bezak  koketkalar  mavjud.  Old  bo’lak

taqilmasi      ikki      bortli  bo’lib    qaytarma    yoqali.        Yon    cho’ntaklari    -

qoplama,      yuqori    qismi    listochkali.      Listochka    chetlari    biriktirib

tikilgan.

Ort  bolak  orta  chokli  bolib    shu  chok  davomida  kesim

joylashgan. Etak  qismidan 30 sm  yuqorida  bezak  chok  yuritilgan.

Yengi  o’tqazma  ikki  chokli.     Plash  belbog’  bilan  bezatilgan.

Yoqa,  bort,  koketka,  listochka,  tirsak  choklari  va  kesim  boylab  bezak

bahyaqator  yuritilgan.  Yeng  uchlari  va  buyum  etagi  bukib  bostirib

tikilgan.

 Ichki  qismi  astar  bilan  ishlov  berilgan.  Bu modelni  168-88-90

razmerlar  uchun  tavsiya  qilaman.



6

2--MODELGA  TAVSIF

Plashbop  gazlamasidan  tikilgan  ayollar  plashi,  silueti  to’g’ri.

 Old      va    ort    bo’laklarida        koketkalar    mavjud.    Old    bo’lak

taqilmasi   ikki   bortli.    Yoqasi  tik  qaytarma  yoqa   bo’lib,  yuqorigacha

taqilmali.  Bort  ziylari  bezak  bahyaqator  yuritilib  bezatilgan.

Ort  bolak  orta  chokli  bolib    shu  chok  davomida  kesim

joylashgan.

Yengi  o’tqazma  ikki  chokli. .   Yeng  uchalariga  xlastiklar  bilan

ishlov  berilgan.

    Plash  belbog’  bilan  bezatilgan.

Yoqa,    bort,    koketka,      tirsak    choklari    va    kesim    boylab    bezak

bahyaqator  yuritilgan.    Yeng  uchlari  va  buyum  etagi  bukib  bostirib

tikilgan.

Ichki  qismi  astar  bilan  ishlov  berilgan.  Bu modelni  168-88-90

razmerlar  uchun  tavsiya  qilaman.


7

3-MODELGA  TAVSIF

Plashbop  gazlamasidan  tikilgan  ayollar  plashi,  silueti  to’g’ri.

 Old   va  ort  bo’laklarida  belgacha  uzunlikdagi  koketkalar

mavjud.  Old  bo’lak  taqilmasi   ikki   bortli.    Yoqasi  qaytarma.

  Ort  bolak  orta  chokli  bolib    shu  chok  davomida  kesim

joylashgan.

 Yengi      o’tqazma    bichimli.    Uzunligi    48    sm    bo’lib,    tirsakdan

nisbatan  uzunroq.

 Yoqa,  bort,  koketka    choklari  va  kesim  boylab  bezak

bahyaqator  yuritilgan.

Yeng  uchlari  va  buyum  etagi  bukib  bostirib  tikilgan.

Ichki  qismi  astar  bilan  ishlov  berilgan.  Bu modelni  168-88-90

razmerlar  uchun  tavsiya  qilaman.


8

2.2  MODEL  PASPORTI

NOMI


:   AYOLLAR  PLASHI

TURI


:  USTKI  KIYIM

MAVSUMI


:  KUZ-BAHOR

N Detallar  nomi

Soni

Qalinligi   Mato  turi



Meyoriy

xujjat


ГОСТ

1  Plash  old koketka

bo’lagi

2

0.7



Tabiiy charm

2  Plash    koketka

ort bo’lagi

2

0.7



Tabiiy charm

3  Plash old   bo’lagi 2

0.7

Tabiiy charm



4  Plash  ort  bo’lagi  2

0.7


Tabiiy charm

5 Yoqa


2

0.7


Tabiiy charm

6 Yeng


2

0.7


Tabiiy charm

9

Andoza detallari tasnifi



Detall nomi

Eskiz

Qirqim nomi

Bichim soni

1

Plash  old

koketka

bo’lagi

1-2 yoqa o’mizi

2-3 bort qirqimi

3-4 pastki  qirqim

4-5 yon qirqim

5-6 yeng o’mizi

6-1 yelka qirqim

2

2



Plash ort

koketka

bo’lagi

1-2 yoqa o’mizi

2-3 o’rta chizig’i

3-4 pastki  qirqim

4-5 yon qirqim

5-6 yeng o’mizi

6-1 yelka qirqim

2

3



Old  bo’lak

1-2 yuqori  qirqimi

2-3 yon qirqim

3-4  etak  qirqim

4-1  bort  qirqim

2

4



Ort  bo’lak

1-2 yuqori  qirqimi

2-3 yon qirqim

3-4  etak  qirqim

4-1  o’rta   qirqim

2

5



Yoqa

1-2 yoqa qaytarma qirqimi

2-3 yoqa uchi qirqimi

3-4 raskep qirqimi

4-5 ko’tarma qirqimi

5-1 o’rta chizig’i

2


10

2.4. Zamonaviy   moda  yo’nalishi.

Hozirgi    kunda      moda    olamida    bahor  –kuz    mavsumlarida

yengil,    yupqa    va        mustahkam    matolardan

kiyiladigan      ust    kiyimlarni    umumiy    nom    bilan

plash      deymiz.    Klassik    uslubdagi    plashlar    har

mavsumda    turli  xil  yangi  bichimlar  va  bezaklar

bilan  boyib  bormoqda.

 Eng  ommalashadi

:  to’g’ri – keng  plashlar

Bahor – kuz- 20114 mavsumida

insonlarning  yengillik  va  erkinlikka  intilishi

liboslarda    o’z    aksini    topganini    ko’rishimiz

mumkin. Yengil    va   bemalol  siluetli modellarning

deyarli  barchasida  yelka  chizig’idan   boshlab

keng  bichim

ko’rinishiga  ega.   Oq

qog’ozdek   yorqin   bu

modellarda

eksperiment  naqshlar

yahshi  tasaavvur   taqdim  etmoqda,  yana

modellar    uchun    ham    aniq    shakl    berib

turibdi.


Oddiylik  va

qulaylik   bu

yengil- ustki  kiyim

--- plashda  yangi

mavsumbop

ko’rinish  va

yuksak  didni

o’zida  mujassam

etgan.

 Rangiga  e’tibor  beradigan  bo’lsak   -



oq,    indigo,  barcha    yorqin    ranglar    bu

mavsumda  urfda.

Asosiy  gazlamalar

:  paxta    tolali  ,

ipakli    fay,        aralash    zig’ir    tolali,    har    hil

rangdagi  sun’iy  charmlarva  boshq.



11

Uzun  belbog’li  plashlar

Bunda  asosiy  ulug’vorlik   klassika  va

yangi  uslub  uyg’unligida  namoyon  bo’ladi.  Bu

aytganimizdek  klassik  modellar  har  mavsumda

yangi        chiziqlarga    ega    bo’ladi.    Bu  kuz-bahor

20104

  mavsumda    orginallik



Burberry va  Chanel

brendlaridagi  plashlarga   metal  furniture  bilan

bezash    bo’lgan.    Boshqa    dizaynerlar    esa

proporsiya  va  formasiga  kutilmagan  o’zgartirish

kiritdilar.  Masalan ,   qo’shimcha  uzun  qo’l-

nakidkalar  mos  holda  uzun  siluetlar  bilan  yoki

sport    uslubidagi      qulay    siluet    va    keng

beshburchak   siluetlar.

    Asosiy  ranglar -  neytral,  indigo  va  to’q  yozgi  ranglar.

   


Tavsiya   etilga  asosiy  materiallar- yumshoq  suv  o’tkazmaydigan

paxta    tolali    gazlama,      turli    yarim    shaffof    materiallar,    jins    matosi,

chints,   turli  taftalar.

       Sport  uslubidagi  plashlar

Uzun  kurtkalar  kapyushoni  bilan  bo’lib,

ko’pgina    istemolchilar      uchun        erta    kuz    va

qish  mavsumlarida har  doim   bo’lgan  va  urfda

qolgan


       Biz yozgi  modellarga  o’xshash  ko’rinishni

ishonch  bilan

kutishimiz  mumkin ,

bunday  kuz-bahor

2014  mavsumida

sport   uslubiga

bunday      ta’sir    qabul

qilinadi.   Bu  plashdagi

detallar    va    siluet    takrorlanmas      gazlmalarda

odatdagidan  ko’ra  nafisroq  shakllar  hosil

qilgan.

   Asosiy ranglari   ochiq  tabiiy  ranglar ,  rangi



o’chgan  neytral  ranglar,  indigo,  urfdagi

ko’zga  tashlanuvchi  ranglar,  masalan,  sariq.



12

   Asosiy  materiallar  atlas,  tafta ,    kamalak  jiloli  materiallar ,  turli  ipak

gazlamalar.

3.  Yengil  sanoat  mahsulotlariga   qo’yiladigan  talablar

  Umumiy  talablar.  Inson  uchun  mo’ljallangan  mahsulotlar

ma’lum    doiradagi    kompleks    talablarga    javob    berishi    kerak.    Buning

uchun  ular  kompleks  hossalarga  ega  bo’lishi  kerak.  Buyumning  sifati

ana  shu  kompleks  hossalar  iste’molchining    talabiga  qanchalik  mosligi

bilan  belgilanadi.  Kompleks  hossalar  jumlasiga  buyumning

konstruksiyasi,  shakli,  ishqalanishga  chidamliligi,  hajmi  va  boshqalar

kiradi.        Buyumda    material    xossalari    ham    namoyon    bo’ladi.

Iste’molchi  buyumga   talab  qo’yganda  bu  talabga  material  ham  javob

berishi  kerak.   Misol  uchun,  iste’molchi  poyafzalning  usti  yumshoq

bo’lishini,  tagligi  esa  ishqalanishga  chidamli   bo’lishini  hohlaydi  yoki

odatda  iste’molchi   buyum  dazmolini  uzoq  muddat  saqlab  turishini

istaydi.  O’z-o’zidan  ko’rinib  turibdiki  bu  hossalar   materialning

hossasini  belgilaydi.

Yengil  sanoat    mahsulotlariga   qo’yiladigan  talablarni    ikkita

katta   guruhga   bo’lish  mumkin

:

o Iste’molchi – funksional   talablar



o   Ishlab  chiqarish  iqtisodiyot  talablari

Iste’molchi – funksional   talablariga  quyidagilar  kiradi

:

§

Ergonomik  talablar



§

Estetik  talablar

§

Ekologiya  talablari



§

Ishonchlilik  talabi

     

Ergonomik   talablar  jumlasiga  buyumni   eksplatasiya     qilish



davrida    inson    uchun    qulay    sharoit    yaratuvchi,      uni

toliqtirmaydigan  sharoit   tug’diruvchi  faktorlar  kiradi.   Jumladan

buyumning    asosiy    ergonomic      xossalaridan        fizik,    mehanik    va

gigiyenik  hossalarni  qabul  qilamiz.

      

Estetik   talablar   jumlasiga     materialning   rangi,   yaltiroqligi,



fakturasi,  konstruksiyasining  badiiy  butunligi  va  moda  talabiga

javob  berishi  kiradi.

               Ekologiya    talablari    butun    boshli    sikldan    iborat    bo’lib,       bu

siklga    quyidagilar  kiradi

:    ishlab    chiqarishdan    avvalgi    davr    -

ishlab  chiqarish  davri  - eksplatatsiya  davri  -   utilizatsiya  davri.

                 Ishonchlilik  talabi  buyumni   foydalanishga  yaroqli

   holini  uzoq  muddat  davomida  saqlay  olish  qobiliyati.



13

          Ishlab  chiqarish  iqtisodiyot  talablariga quyidagilar  kiradi

:

§  Texnologiya  talablari



§  Patent-huquq  talablari

§  Unifikatsiya  talablari

§  Iqtisod  talablari

        Texnologiya  talablari  texnologiyani  qay  darajada zamonaviyligi,

unda  ishlatilayotgan  materiallarning  sifatliligi,   texnologiya  uchun

energiyaning  qanchalik  zaruurligi  bilan  belgilanadi.

          Patent-huquq  talablari   mahsulotning   litsenziyasi,  patenti  borligi

bilan  huquqiy  tomondan  qanchalik  bekamu  ko’stligi  bilan

belgilanadi.

          Unifikatsiya  talablari  mahsulotni     universal  qismlardan  iborat

ekanligidan,  standart  detallari  borligidan  dalolat  beradi.

            

Iqtisod   talablari    ishlab   chiqarishni   tayyorlash,   uni   amalga

oshirish  davrida  sarf  harajatlarning  miqdori  bilan  belgilanadi.



14

4. Tikuvchilik materiallarining sifat ko’rsatkichlari

              

Mahsulot  sifatini  o’lchash  va  baholashning  nazariy  va  amaliy

jihatdan bog’lanish masalalari hozirgi kunda mustaqil ilmiy yo’nalish

sifatida shakllanib bormoqda. Tikuvchilik materiallarining sifat

ko’rsatkichlarini standartlashtirishda “sifat” tushunchasi va uni

baholashucsullari ko’rib chiqish lozim.

            

Mahsulot  sifati  –  mahsulotning  jami  hossalaridan  iborat  bo’lib,

ishlatish davrida iste’molchilar talabini to’liq qondirish demakdir.

           

Mahsulot  sifatini ishlatish  davrida  aniqlash  talab  darajasiga  qarab

o’zgarib boradi. Shu sababli, bir yoki boshqa turdagi mahsulotlar uchun,

ayniqsa, ko’p maqsadlarda ishlatiladigan mahsulotlarning sifatini baholash

doimiy o’lchamda bo’lmaydi.

               

Material  sifati  –  bu   talab   xossalariga  bog’liq   bo’lib,

materialning qayta ishlanishi va ishlatilishi uchunyaroqliligi demakdir.

            

Mahsulotning  sifat  ko’rsatkichi  –  GOST  15467-70  standartiga

binoan mahsulot hossasining miqdoriy hususiyati bo’lib, sifat tarkibiga

kiradi, ya’ni uni yaratish va ishlatish hamda iste’molchilarga yetkazishdagi

talabini qondirish.

              Barcha mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlari ifodalanishi bo’yicha

o’lchamli va o’lchamsizga bo’linadi.

               

Sifatni  baholash  darajasi  –  bu  jarayonlarning  jami  bo’lib,  sifat

ko’rsatkichlarining nomenklaturasini o’z ichiga oladi vamahsulot sifatini

boshqarishda ularning sonli qiymatini, shuningdek, bazali va nisbiy

ko’rsatkichlarini aniqlaydi.

              

Mahsulot  hossasi  –  mahsulotning  yaratilishi,  ishlatilishi  yoki

iste’molida yuzaga keluvchi obyektiv imkoniyatlar.

                

Mahsulot  sifatini  nazorat  qilish  tekshirishga  bog’liq  bo’lgan

mahsulot sifat ko’rsatkichlari talablarida belgilanadi.

           

Sinov  –  obyektni  miqdoriy  yoki  sifat  xossalarini  bo’yicha

eksperimental aniqlash demakdir.

           

Sinov  usuli  –  sinov  ishlarini  o’tkazish  uchun  belgilangan

tamoyillarning qo’llanilishidagi jami qoidalar.

             Mahsulot sifati boshlang’ich qiymatga ega. Shu sababli, mahsulot

sifatini baholash yoki o’lchashda quyidagilarni aniqlash va asoslash lozim:

· To’la-to’kis ishonchli baholash usullari material xossalarining

me’yoriy shartlariga bog’liqligi bo’lib, bu xossalarni aniqlashda

xatoliklar hisobga olinadi;

· Sifat ko’rsatkichlarini tanlash materialning ishlatilishga to’la-to’kis

yaroqliligini ko’rsatadi;


15

· Ta’minlovchi imkoniyatlarini hisobga olgan holda ma’yoriy

shartlarning ratsional darajasi.

          

Mahsulot  sifat  ko’rsatkichini  ifoda  etgan  birligiga  ko’ra

quyidagilarga ajratish mumkin:

© Miqdoriy birliklarda aks etgan;

© Miqdoriy bo’lmagan birliklarda aks etgan;

© Asosga binoan sinash yo’li bilan olingan;

© Birgina xossasini ifoda etuvchi;

© Barcha xossasini ifoda etuvchi.

        


Mahsulot sifatini baholashda natijaning qanchalik to’g’ri haqiqatga

yaqin bo’lishi ham muhim ahamiyatga ega.

       

Mahsulot  sifati –  mahsulotning jami  xossalari, mahsulot  xossasi –



mahsulotning iste’molida yuzaga keluvchi obyektiv imkoniyatlar.

16

4.1  Tikuvchilik materiallari   sifatini baholash usullari

        


Tikuvchilik  materiallari  va  boshqa turdagi mahsulotlarning  sifatini

baholash uning sifat ko’rsatkichlarini aniqlash va o’lchash ishlari bo’yicha

olingan natijalarni hamda standart va me’yoriy hijjatlarga solishtirilgandagi

bahosiga asoslangan bo’ladi. Chunki, mahsulot hossalarini aniqlash

usullari, asosan standartlar va boshqa me’yoriy hojjatlarda batafsil

keltiriladi.

          

Tikuvchilik  materiallarining  sifatini  baholashning  bir  qancha

usullari mavjud:

          

Eksperemental  usul  –  tikuvchilik  materiallarining  hossalarini

o’lchash yoki nuqsonlarni sonini hisoblash va sanash yo’li bilan olinadi.

          

Organoleptik  usul  –  insoniyat  tanasining  hislari  va  sezgirligiga

qarab hamda sinalayotgan to’qimachilik materiallrini etalonga solishtirish

yo’li bilan aniqlanadi. Bu usul yordamida tikuvchilik materiallarini sifatiga

to’g’ri baho berishga hamda mutahassislarning malakasiga va bilim

saviyasiga ko’proq bog’liq bo’ladi. Chunki mutahassislarning hulosasiga

qarab mahsulotning sifat ko’rsatkichi belgilanadi.

           

Ekspert  usulida  –  tikuvchilik  materiallari  va buyumlarining  sifat

ko’rsatkichlari nomi 7 tadan 12 tagacha bo’lgan mutahssis-ekspertlarning

baholariga asosan aniqlanadi. Baholashda eksperemental va organoleptik

usullardan ham foydalaniladi. Ekspertlar talab subyektining bahosini

kamaytirish ishlarini ma’lum tartibda amalga oshiradilar.

           

Aniq  natija  ko’rsatkichlari  kamida  3  ta  mutahassis  ekspertning

ovoz berish natijasiga qarab baholanadi. Sifat bosqichi bo’yicha tikuvchilik

materiallari attestatsiya qilinadi va mutahassis ekspertlarning o’zaro ovoz

berish tartibiga binoan xulosa chiqariladi. Agar mahsulot sifatli deb topilsa,

mahsulotga sifat belgisi beriladi.

           Sotsiologik usul – ite’molchilarning taklif va mulohazalaridankelib

chiqqan holda mahsulotning sfat ko’rsatkichi baholanadi. Bunda asosiy

et’tibor to’g’ri va aniq ma’lumotlarni yig’ishga qaratiladi hamda sifat

ko’rsatkichlarini yetarli darjadagi hulosaga ega bo’lish shart. Aks holda

mahsulot sifati haqidagi salbiy tushuncha kelib chiqishi mumkin.

           Hisoblash usuli – tikuvchilik materiallarining sifat ko’rsatkichlari

va tuzlishi ko’pgina omillarga masalan tehnologik jarayonlarning ta’siri va

boshlang’ich material xossalriga bog’liqligi hisoblab chiqiladi. Bu usul

tikuvchilik materiallarining sifati va texnologik jarayonlarini loyihalashda

keng qo’llaniladi.

              Tikuvchilik materiallarining sifat ko’rsatkichlarining baholashda

qo’llanilgan barcha usullardan har xil yakuniy hulosalar kelib chiqadi, shu

sababli mahsulotning sifat ko’rsatkichlarini  baholashda deffernsial,

kompleks va aralash usullaridan foydalaniladi.


17

          

Sifat differensial baholash usuli  –  mahsulotning alohida hossalari

hamda buyumlarning nuqsonli qismlarining o’lchamsiz ko’rsatkichlari

bo’yicha sifatni baholash ishlari amalga oshiriladi, shuningdek sifatni

kompleks va aralash baholash usullarini mustaqil ravishda ishlatishga ham

to’g’ri keladi.

         

Sifatni  kompleks  baholash  usuli-  sifatning  alohida  ko’rsatkichlari

bo’yicha materialni birgalikda baholash ishlari ba’zida materialning bitta

ko’rsatkichida bir qancha kompleks asosiy hossarini umumiy baholash

kerakligini keltirib chiqaradi. Natijada, bu tikuvchilik materiallarining

sifatini umumiy baholash deyiladi.

            Mahsulot sifat ko’rsatkichlari kompleks baholashning mohiyatiga

bog’liqligi haiqiqiy va taqribiy kompleks baholashga bo’linadi.

            

Haqiqiy  kompleks  baholash  belgilangan  fizik  maqsadga  ega

bo’lib, ko’pincha tolaning yigiruvchanlik qobilyati hamda buyumning

hizmat ko’rsatish muddatini ifodalaydi. Haqiqiy kompleks baholash doimiy

taqribiy  baholashga nisbatan avzalroq.

              

Sifatni  aralash  baholash  usuli  –  jami  sifat  ko’rsatkichlari  juda

yuqori bo’lganda ishlatiladi. Bitta ko’pleks sifat ko’rsatkich mahsulotning

butun imkoniyatlarini to’liq tavsiflab berolmaydi.

            Aralash baholash usulida bir qancha kopleks baholash yoki alohida

defferensial va kompleks baholash birgalikda ishlatiladi hamda

mahsulotning sifat bosqichini, navini va bosqichlarini olishga imkoniyat

yaratadi. To’qimachilik materiallari bazida kopmleks sifat

ko’rsatkichlaridan eng yomoni bo’yicha baholanadi, keyin esa bu baho

boshqa ko’rsatkichlarning qiymatlari bo’yicha aniqlashtiriladi.



18

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish