MILLIY REYTING UCHUN MATNLAR TO`PLAMI
(O`QISH SAVODXONLIGI BO`YICHA)
ANDIJON VILOYATI, QO`RG`ONTEPA TUMANI 20-MAKTAB ONA TILI VA ADABIYOT FANI O`QITUVCHISI MALOHATXON HAKIMOVA
MUNDARIJA
T/r
|
MAVZU
|
TOPSHIRIQLAR SONI
|
1-TOPSHIRIQ
|
2-TOPSHIRIQ
|
3-TOPSHIRIQ
|
4-TOPSHIRIQ
|
5-TOPSHIRIQ
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1
| Miqyosi nafs
|
5
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
Globallashuv va tillar taraqqiyoti
|
5
|
|
|
|
|
|
|
|
3
| Chin inson
|
5
|
|
|
|
|
|
|
|
4
| Behuda so`zdan sukut afzal
|
5
|
|
|
|
|
|
|
|
5
| Pilla
|
5
|
|
|
|
|
|
|
|
6
|
Tilshunos va qayiqchi
|
5
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
HUDUD. ANDIJON VILOYATI, QO`RG`ONTEPA TUMANI, 20-MAKTAB ONA TILI VA ADABIYOT FANI O`QITUVCHISI MALOHATXON HAKIMOVA
MIQYOSI NAFS
Miqyosi nafs deb qiladurgan amallarimizni, ishlarimizni shariat, insoniyat qonuniga muvofiq o‘lub, o‘lmaydig‘ini vijdonimiz ila o‘lchab ko‘rmakni aytilur.
Nafs o‘lchovi haqiqiy bir o‘lchovdurki, insonning o‘z nafsiga loyiq ko‘rmagan muomalani boshqalar haqida ijro etmoqg‘a qo‘ymas, fikr egalari, insof sohiblari har vaqt nafs o‘lchovidan tashqari harakat qilmas. Agarda bir sabab ila shariyat hukumidan, insoniyat qonunidan chet ketsa, bu qabohatini nafs o‘lchovi ila bilib, ikkinchi martaba qilmaslikg`a qasd va niyyat qilub, shariat nizomidan, insoniyat chizig‘idan chiqmaslikg‘a sa’y va g‘ayrat qilur.
Alhosil, nafs o‘lchovi ta’rifdan tashqari insonlar uchun eng foydali, har kimcha maqbul buyuk bir fazilatdur.
Buyuk Iskandar: «Dunyoda eng xaqiqiy, to‘g‘ri o‘lchov nafs o‘lchovidurki, bu mezonda zarra nuqson yo‘qdur», – demish.
Ibn Sino hakim: «Insonning fazl-u komolining o‘lchovi nafsning o‘lchovi ila o‘lchanur», – demish.
Dunyoda har narsaning maxsus o‘lchovi bo‘lar,
Banda af’olini vijdoni ila tortib ko‘rar.
Bir ishiga vaznda kelsa og‘ir o‘z nafsiga,
Ul ishing qandog‘ bo‘laklarga ravo, loyiq ko‘rar. Abdulla Avloniy, «Turkiy guliston yoxud axloq»
|
Birinchi savol: Berilgan izohlardan matndagi ajratilgan so‘zlarning ma’nosini aniqlang.va yuqoridagi tegishli doiralarni boʻyang.
|
1) qasd ; sa’y
2) nuqson
3) maqbul ; miqyos
4) fazl-u kamol
5) af’ol
|
A) fazilatlar buyukligi; B) me’yor darajasidan pastlik; yetishmovchilik; C) fe’l-atvor, xarakter D) ahd, kirishmoq;. astoydil urinish; E) qabul qilingan, e’tirof etilgan; chegara, me’yor
|
Ikkinchi savol: Ibn Sino hakim: «Inson fazl-u kamolining o‘lchovi nafs o‘lchovi ila o‘lchanur», – demish. .Ushbu gapda aniqlovchi necha o`rinda ishtirok etgan hamda uning turini aniqlang va yuqoridagi tegishli doiralarni boʻyang. (Ikkita javob toʻgʻri).
|
A) 1ta
B) sifatlovchi aniqlovchi
C) 3ta
D) qaratqich aniqlovchi
|
Uchinchi savol: Berilgan fikrlarni matn asosida toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligini aniqlab, ustunda
koʻrsating va yuqoridagi mos doiralarni boʻyang.
|
T/r
|
Tushunchalar
|
Toʻgʻri (A)
|
Notoʻgʻri (B)
|
1
|
Fikr egalari, insof sohiblari har vaqt nafs o‘lchovidan tashqari harakat qilmas.
|
|
|
2
|
Ibn Sino hakim: «Insonning fazl-u kamolining o‘lchovi nafsning o‘lchovi ila o‘lchanur», – demish.
|
|
|
3
|
Buyuk Iskandar: «Dunyoda eng haqiqiy, to‘g‘ri o‘lchov nafs o‘lchovi emas, bu mezonda nuqson bordur», – demish.
|
|
|
4
|
Insoniyat qonunidan chet ketsa, bu qabohatini nafs o‘lchovi ila bilib, ikkinchi martaba qilmaslikg‘a qasd va niyat qilub, shariat nizomidan, insoniyat chizig‘idan chiqmaslikg‘a sa’y va g‘ayrat qilur.
|
|
|
5
|
Nafs chegarasi deb qiladurgan amallarimizni, ishlarimizni shariat, insoniyat qonuniga muvofiq qilib, muvofiq bo`lmaydiganini vijdonimiz bilan o‘lchab ko‘rmakni aytilur.
|
|
|
Toʻrtinchi savol: Matnda qaysi soʻzlar imlosida xatolik uchraydi? (Avval 5ta soʻzning matnda xato yozilgan variantini, soʻng shu soʻzning toʻgʻri yozilishini koʻrsating.)
|
Soʻzning matndagi xato yozilgan shakli
|
Shu soʻzning imloviy toʻgʻri yozilishi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Beshinchi savol: Matnda berilgan fakt(dalil)larga asoslanib fikrlaringizni yozing. (20-25 ta soʻz)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
HUDUD. ANDIJON VILOYATI, QO`RG`ONTEPA TUMANI, 20-MAKTAB ONA TILI VA ADABIYOTI FANI O`QITUVCHISI MALOHATXON HAKIMOVA
Globallashuv va tillar taraqqiyoti
Har xil asoslardagi hisob-kitoblarga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 3 mingdan 7 mingtagacha til borligi e’tirof etiladi. 2005-yilda UNESKO ro‘yxati 6 912 ta tilni qamrab oladi. Bu tillardan 32,8 foizi (2 269 tasi) Osiyo va 30,3 foizi (2 092 tasi) Afrika qit’asiga to‘g‘ri keladi.
Til – moddiy, ma’naviy merosni saqlash va boyitishning eng kuchli vositasi. UNESKO hisob-kitobiga ko‘ra, mavjud 7 mingga yaqin tilning yarmi XXI asrda o‘zining oxirgi sohibidan ajralishi mumkin. Ba’zi farazlarga ko‘ra, asr oxiriga kelib mavjud tillarning 95 foizi o‘lik tilga aylanadi. Har oyda dunyo miqyosida ikkitadan til o‘layotganligi esa dahshatli hodisa! UNESKOning 2017-yil 15-iyundagi xabariga ko‘ra, o‘lim yoqasida turgan 2,5 ming tildan 15 tasi Markaziy Osiyo xalqlariga to‘g‘ri keladi. Jumladan, O‘zbekistondagi Markaziy Osiyo arablari tili, Buxoro – Samarqand yahudiylari tili, Markaziy Osiyo lo‘lilari (paryo) tili. Qolgan tillarning 2 tasi Qozog‘iston va Qirg‘izistonda (dungan tili, oyrot tili), 1 tasi Turkmanistonda (truxman tili), 9 tasi Tojikistonda (voxon tili, ishkomish tili, sanglich tili, roshorv tili, shug‘on tili, bartang tili, rushon tili, yazg‘ulob tili, yag‘nob tili).
Globallashuv asrida tillarning yashab qolishi ko‘proq axborot-kommunikatsiyalari sohasida, Internet tizimida qo‘llanish darajasi bilan bog‘liq. Qaysi til Internet tili emas ekan, bu tillarning ro‘parasida o‘lim xavfi turaveradi.
Internet tili haqida so‘z ketar ekan, o‘zbek tili Internet tili emasmi degan savol tug‘ilishi tabiiy. Chunki o‘zbek tilida Internet sahifalarida ma’lumotlar berilmoqda, yozishmalar amalga oshirilmoqda, tilimizda ish olib boradigan sayt va portallar, ijtimoiy tarmoqlar kundan kunga ko‘payib borayotir. Zohiran tilimiz Internet va axborot-kommunikatsiya sohalarida cheklanmagan darajada qo‘llanayotgandek, tilimiz esa Internet tiliga aylangandek. Aslida ham shundaymi?
Internet kompyuter texnologiyalariga tayanadi. Kompyuter tilshunosligida «kompyuterning tilni tanishi» degan tushuncha bor. Agar kompyuter tilni «tanir» ekan, tilning kompyuter tili, Internet tili ekanligi haqida so‘z yuritish to‘g‘ri bo‘ladi. Komputer tilni «tanishi» uchun u bu tilni «bilishi» zarur. Kompyuterning matndagi hatolarni tuzatishi, matnni qayta ishlashi, tarjima qilishi, taxrirlashi, til ifodalarini tas’niflashi, tartiblashi, biror tilda gapirishi, yozishi uning tilni tanishi asosida amalga oshiriladi. Umuman olganda, suniy intellektning muayyan til asosida ish ko‘rishi, tilning, sun’iy intellektning to‘la ma’nodagi muloqot vositasiga aylanishi uning tilni «bilishi» va «tanishi» asosida sodir bo‘ladi. Xullas, XX asrning buyuk kashfiyoti bo‘lgan kompyuter texnologiyalari sohasi uchun katta vazifalarni vujudga keltirdi va tillarning taraqqiyoti hamda yashab qolishi uchun hal qiluvchi omilga aylanib qoldi.
|
Birinchi savol: Birinchi ustunda matnda berilgan sonlar va foizlar berilgan. Ikkinchi ustundan shu sonlar va foizlar ma`nosi boʻlib kela oladigan birliklarni aniqlang va yuqoridagi tegishli doiralarni boʻyang.
|
1) 2500
2) 95%
3) 2 269
4) 6 912
|
A) UNESKO ro‘yxatidagi tillar
B) Osiyodagi tillar soni
C) taxminlarga ko`ra, asr oxiriga kelib mavjud tillarning o‘lik tilga aylanishi
D) Afrika qit’asidagi tillar soni
E) o‘lim yoqasida turgan tillar
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |