Topshiriqlar soni



Download 1,03 Mb.
bet3/6
Sana09.03.2022
Hajmi1,03 Mb.
#487277
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1- kitob Milliy reyting uchun matnlar

Toʻrtinchi savol: Matnda qaysi soʻzlar imlosida xatolik uchraydi? (Avval 5ta soʻzning matnda xato yozilgan variantini, soʻng shu soʻzning toʻgʻri yozilishini koʻrsating.)

Soʻzning matndagi xato yozilgan shakli

Shu soʻzning imloviy toʻgʻri yozilishi













































Beshinchi savol: Matn mazmunidan kelib chiqqan holda , Rum qaysari, Hind rojasi, Chin fag‘furi o‘rtasida nima haqida munozara bo‘lib o‘tdi? Fikrlaringiz ifoda eting. (20-25 ta soʻz)




























HUDUD. ANDIJON VILOYATI, QO`RG`ONTEPA TUMANI, 20-MAKTAB ONA TILI VA ADABIYOT FANI O`QITUVCHISI M. HAKIMOVA

PILLA


Pilla - tut daraxtining bargi bilan boqiladigan ipak qurtining mahsuli. Undan tabiiy ipak olinadi. Ipak qurtini boqish bilan odamlar qadim zamonlarda, miloddan 2500 yillar ilgari dastlab Xitoyda shug‘ullanishgan. Pillachilik bilan faqat yuqori tabaqadagi ayollargina mashg‘ul bo‘lgan.
Pilla yetishtirish sirlari ming yillar davomida maxfiy saqlanib, kimki ipak qurti urug‘ini chet elga chiqarsa yoki pilla yetishtirish sirlarini oshkor qilsa, o‘limga mahkum etilgan. Lekin shunga qaramay, pilla yetishtirish sirlari keyinroq oshkor bo‘lib, pillachilik bilan shug‘ullanish Koreya, Yaponya va O‘rta Osiyoga o‘tgan. So‘ngra Vizantiya va boshqa mamlakatlarga ham tarqalgan. Hozirgi davrda pillachilik bilan Hitoy, Xindiston, Yaponiya, O‘zbegiston, Tojikiston, Koreya, qisman Bolgariya, Ruminiya, Vetnam, Jazoir, Keniya va boshqa mamlakatlarda shug‘ullaniladi.Pilla yetishtirish uchun ipak qurtining kapalagi qo‘ygan tuxumlar bahorda, tut daraxtlarida barglar ko‘rinishi bilan jonlashtirish uchun inkubatoriylarga qo‘yiladi, o‘n-o‘n ikki kundan keyin tuxumlar yorilib, undan mayda chumolidek keladigan qurtlar chiqadi. Bu qurtlarning og‘irligi 0,5 milligramm keladi, lekin ishtahasi yaxshi bo‘lib, kecha-yu kunduz to‘xtamay oziqlanadi, o‘sib rivojlanib boradi. Natijada qurtning gavdasi kattalashib eski po‘stiga sig‘may qoladi. Qurtning po‘sti cho‘zilmaydigan qoplamali bo‘ladi. Shuning uchun eski po‘sti tushib («po‘st tashlaydi»), o‘rnida yangi po‘st hosil bo‘ladi. Qurt pilla o‘raguncha to‘rt marta po‘st tashlab besh yoshga kiradi. Har bir po‘st tashlash oralig‘i qurtning «yoshi» deyiladi. Yetilgan qurtning uzunligi 8-9 santimetr, og‘irligi esa tuxumidan yangi chiqqan qurtga nisbatan 8-14 ming marta ortiq bo‘ladi. Qurt yetilganda tanasi kahrabodek tiniq bo‘lib, pilla o‘rash uchun o‘ziga qulay joy, ya’ni dasta qidiradi, turli o‘tlarning qurigan shoxlaridan qo‘yilgan dastaga joylashib olgan qurt og‘zidan chiqarayotgan ipak toladan 8 shaklida qobiq yasaydi. Bu yasalgan qobiq «pilla» deb ataladi. Har gramm qurtdan 3-4 kilogramm pilla olinadi. Pilla sifatiga qarab, oliy, 1-, 2-, 3-navlarga, shuningdek, yaroqsiz va qorapachoqqa ajratiladi. Yaroqsiz pilla 7 - 15%ni tashkil etadi. Naslchilik ishlari uchun pilla ipak qurti zavodlariga yuboriladi.Qurt pilla o‘rab bo‘lgandan so‘ng, pillaning ichida inson ko‘ziga ko‘rinmaydigan sirli hodisa ro‘y beradi: qurt g‘umbakka, g‘umbak 2-3 haftadan keyin kapalakka aylanadi. Kapalak esa og‘zidan 2-3 tomchi ishqoriy suyuqlik chiqarib, pilla qobig‘ini ho‘llaydi va boshi bilan ipak tolalarini surib teshik hosil qiladi, so‘ng tashqariga chiqadi. Tashqariga chiqqan kapalak urug‘ tashlab o‘zidan avlod qoldiradi, o‘zi esa halok bo‘ladi. Sanoatda ishlatiladigan pillada g‘umbak kapalakka aylanib ulgurmasidan avval o‘ldirilib, pilla quritiladi. Quritilgan pillalar ipak tortish (pillakashlik) fabrikalariga topshiriladi. Bir dona pillaning og‘irligi 2 gramm atrofida bo‘lib, ming metrga yaqin uzun tola beradi, 100 kilogramm pilladan 100-140 metr ipak gazlama to‘qish mumkin. Ipak tolasi juda pishiq va chiroyli. U mustahkamligi jihatidan po‘lat simga o‘xshaydi. Ipakni uzish qiyin bo‘lib, 1 kvadrat millimetrini uzish uchun 50 kilogramm kuch kerak. Ipak shunday pishiq tola bo‘lganligi uchun undan faqat to‘qimachilik sanoatida emas, tibbiyot, aviatsiya va turli xildagi ilmiy izlanishlarda foydalaniladi. Ipakdan sifatli shoyi matolar, mashhur O‘zbekiston atlaslari to‘qiladi. Pilladan ipak yigirib olingandan keyin qoladigan g‘umbagi esa qimmatli mo‘yna beradigan ondatra, nutriya kabi suv hayvonlarini boqishda eng yaxshi ozuqa hisoblanadi.Shuning uchun ham xalqimiz pillani e’zozlab «pillamiz-tillamiz», pillani bunyod etuvchilarni esa «kumush tola ijodkorlari», deb ataydi.




Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish