Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Oshqozon boylamlari. Ular 2 guruhga bo‘linadi: 1) yuza joylashgan boy-
lamlar, ular 6 ta bo‘lib, bevosita biri ikiinchisiga davom etishi natijasida oshqozonni
uzluksiz qurshab turadi (192-rasm).
190-rasm. Oshqozon, chambar
ichakning jigar va taloq
egriliklarining skeletotopiyasi
(sxema).
191-rasm. Qorinning I bel umurtqasi tanasi sathida o‘tkazilgan
ko‘ndalang qirqimi.
1–qorin aortasi; 2–diafragma; 3–yuqorigi tutqich arteriyasi; 4–chap buyrak;
5–taloq; 6–chap buyrak usti bezi; 7–katta charvi; 8–oshqozon; 9–oshqozon
osti bezi; 10–taloq venasi; 11–darvoza venasi; 12–limfa tugunlari; 13–o‘n
ikki barmoq ichak; 14–o‘t pufagi; 15–jigar; 16–plevra bo‘shlig‘i; 17–o‘ng
buyrak; 18–pastki kavak vena.


271
Oshqozon-chambar boylami (liggastrocolicum) – katta charvining proksi-
mal qismi bo‘lib, qorinparda duplikaturasidan iborat. U ko‘ndalang chambar ichak-
ka charvi tasmasi (taenia omentalis) bo‘ylab yopishgan. O‘zida turli miqdorda
yog‘ kletchatkasi va uncha boy
bo‘lmagan qon tomir kapillarlari
to‘rini tutadi. Shu sababli bu boy-
lamning chap tomoni qirqilgan-
da deyarli qon chiqmaydi. Boy-
lamning oshqozon katta egriligi
yaqinidagi qismida o‘ng va chap oshqozon-charvi arteriyalari joylashgan.
Oshqozon-taloq boylami (liggastrolienale) – qorinparda duplikaturasi
bo‘lib, oldingi boylamning chapga va yuqoriga davomi hisoblanadi. Boylamning
varaqlari ikkiga ajralib, taloqni o‘raydi va yuqoriga tomon katta egrilik bo‘ylab
oshqozon-difragma boylamiga davom etib ketadi. Taloqning yuqori qutbidan tep-
aga davom etuvchi oshqozon-taloq boylami duplikatura holida diafragma-taloq
boylamiga aylanadi. Boylam varaqlari orasida kalta oshqozon arteriyalarining 5-
6 va undan ortiq tarmoqlari shu nomdagi venalar bilan birga joylashgan. Oshqo-
zonni safarbar qilishda (ya’ni ajratib olishda) xuddi shu boylamdagi tomirlarni
bog‘lash kerak, qolgan yuza boylamlarni ularning tomirsiz joylarida kesish
mumkin.
Oshqozon-diafragma boylami (lig. gastrophrenicum) - bir qavat qorinpardadan
iborat bo‘lib, qorinpardaning diafragmadan oshqozon tubi va qisman kardiyasiga o‘tishi
natijasida hosil o‘ladi. Chap tomonda bu boylam, bevosita, oshqozon-taloq boylamin-
ing yuza varag‘iga o‘tadi; o‘ng tomonda qizilo‘ngachni qoplab, diafragma-qizilo‘ngach
boylamini hosil qiladi. Boylam ostida g‘ovak kletchatka joylashadi.
Agar bir qo‘lni oshqozon ortidagi oshqozon-oshqozon osti bezi cho‘ntagiga,
ikkinchisini esa oshqozon tubining orqasiga yuqoridan kiritilsa, ikkala qo‘l bar-
moqlari orasida qorinparda duplikaturasi joylashadi; uning yuqorigi varag‘i oshqo-
zon-diafragma boylami bo‘lib, pastkisi – oshqozon-oshqozon osti boylamidan ib-
orat. Bu ikkala boylam orasida, oshqozon devorida torgina seroz pardadan holi
bo‘lgan joy bo‘ladi.
Diafragma-qizilo‘ngach boylami (ligphrenicooesophageum) -qorinpardan-
ing oshqozon-diafragma boylamidan jigar-oshqozon boylamiga (o‘ngga) o‘tishi
natjasida hosil bo‘ladi.
Jigar-oshqozon boylami (lighepatogastricum) - qorinparda duplikaturasi
bo‘lib, kichik egrilik sohasida joylashadi. Uning oshqozon kichik egriligiga o‘tish
192-rasm. Oshqozonning
boylamlari chizmasi.
1-oshqozon-chambar boylami;
2-oshqozon-taloq boylami;
3 - o s h q o z o n - d i a f r a g m a
boylami; 4-diafragma-
qizilo‘ngach boylami; 5-jigar-
oshqozon boylami.


272
joyida qorinparda bilan qoplanmagan tor yo‘l hosil bo‘lib, uning eni yuqorida 1,3-
3,9 sm ni, pastroqda – 0,2-0,5 sm ni tashkil qiladi. Oshqozonni safarbar qilishda bu
joyni peritonizatsiya qilish, ya’ni qorin (seroz) parda butunligini tiklash kerak.
Jigar-pilorus boylami – jigar darvozasi bilan oshqozonning pilorik qismi
orasida joylashgan. U jigar-oshqozon boylamining o‘ngga davomi hisoblanadi.
Oshqozonning barcha yuza boylamlari frontal tekislik bo‘ylab joylashgan bo‘lib,
bundan faqat chuqurroq joylashgan oshqozon-diafragma boylami mustasnodir.
2) chuqur joylashgan boylamlar – oshqozonning orqa devori bilan qorin de-
vori orasida ko‘ndalangiga tortilgan.
Oshqozon-oshqozon osti boylami (lig.gastropancreaticum) -qorinparda
oshqozon osti bezining yuqori qirg‘og‘idan oshqozonning tanasi, kardiyasi va tu-
biga o‘tishi natijasida hosil bo‘ladi. Boylamning erkin chekkasida a.
gastrica sinistra bilan vcoronaria ventriculi joylashadi. Boylamning chapdagi 2/3
qismi bir qavatdan, o‘ngdagi 1/3 qismi qorinparda duplikaturasidan tuzilgan. Bu
boylamning uzunligi va kengligi turlicha bo‘lishi mumkin.
Pilorus-oshqozon osti boylami (lig.pyloropancreaticum) duplikatura holida
oshqozonning chiqish qismi bilan oshqozon osti bezi tanasining o‘ng qismi
oralig‘ida tortilgan.
Bu ikkala chuqur boylam orasida darcha – oshqozon-oshqozon osti teshigi
joylashgan. 8 foiz hollarda bu teshik uchramaydi; unda uzluksiz oshqozon-oshqo-
zon osti boylami hosil bo‘ladi. Bunday boylam charvi xaltasini 2 ta alohida
bo‘shliqqa: kichik charvi bo‘shlig‘i va katta charvi bo‘shlig‘iga ajratadi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish