268
billigi hisobga olinsa, buni bajarish qiyin bo‘ladi.
Shunga qaramay, ko‘pgina hol-
larda tabiiy chegaralarni aniqlash mumkin. Tub qismi bilan kardiya orasidagi ana
shunday tabiiy chegara – kirish o‘yig‘i (kardiya o‘yig‘i yoki Gis burchagi) hisob-
lanadi, undan oshqozonning bo‘ylama o‘qiga perpendikulyar o‘tkazib, oshqozon
tubini uning tanasidan ajratish mumkin. Kardiya qismi deb shartli ravishda uning
qizilo‘ngach teshigi atrofida taqa
shaklida joylashib, yuqorida kirish o‘yig‘igacha
davom etuvchi bo‘shliq olinadi.
Oshqozon tanasi va prepilorik (antral) qismlari orasidagi chegarani oraliq
egat tashkil etadi; u kichik egrilikda joylashgan burchak o‘yig‘iga (
incisura angu-
laris-ga) mos keladi (183-rasm), buning uchun burchak o‘yig‘idan oshqozonning
bo‘ylama o‘qiga perpendikulyar o‘tkaziladi. Odatda, oshqozonning kardiya, tub
va
tana qismlari tikka joylashadi, antral va pilorik qismlari esa ko‘ndalangiga
yotadi. Shu tufayli kichik egrilikda yuqorida aytib o‘tilgan burchak o‘yig‘i hosil
bo‘ladi. Pilorik kanal qismiga tashqaridan aylanasiga joylashgan o‘ziga xos egat
mos keladi, ya’ni pilorusning o‘zi muskulli iskanja (sfinkter) ga to‘g‘ri keluvchi
kichik halqasimon bo‘limni egallaydi.
Oshqozonning shakli juda xilma-xildir. V.N.Shevkunenko bu a‘zoning rent-
genologik tasvir asosidagi buqa shoxi va baliqchilar qarmog‘i ko‘rinishidagi shakl-
larini keltiradi. Turli mualliflar uni boshmoqqa, sifonga,
muskulli naychaga, nok-
simon shakldagi qopchaga o‘xshatishgan. Shuni hisobga olish kerakki, yosh o‘tishi
bilan oshqozon shakli o‘zgaradi. Odatda, 30 yoshdan keyin oshqozon kengaya
boshlaydi va bu dilatatsiya uning shakliga ta’sir etadi.
Oshqozonning quyidagi morfologik xillari farq qilinadi (189-rasm).
1. Retortasimon shakli – eng keng tarqalgan bo‘lib bolalar va o‘rta yoshdagi
kishilarga xosdir. Devori zich bo‘lib, shilliq qavatida burmalar yaxshi rivojlangan.
2. Noksimon shakli – oshqozon kengaya boshlagan-
da uchraydi.
3. Xaltasimon shakli –
oshqozon katta, cho‘zilib ken-
gaygan, shilliq pardasida burmalar ancha silliqlangan.
4. O‘roqsimon shakli – anchagina qayishqoq, devor-
lari zich: ko‘pincha yoshi qaytgan kishilarda uchraydi. Bun-
day oshqozon dilatatsiyaga chidamli bo‘ladi.
5. Qum soati shaklidagi oshqozon – patologiyaga
o‘tishni bildiradi. Bunday shaklga sabab
oraliq egat
sohasidagi chambarak muskul
tutamlarining sfinkterga o‘xshab, yaxshi
taraqqiy etganligi hamda oshqozonning
yosh o‘tishi bilan dilatatsiyaga uchragan-
ligidir.
Oshqozonning quyidagi uchta
funksional bo‘limi farq qilinadi: 1. Sekre-
tor bo‘limi:
unga oshqozonning tubi,
tanasi va kardiyasi kiradi. 2. Ekskretor
bo‘limi, oshqozonning antral qismida joy-
lashgan. 3. Inkretor bo‘limi pilorusda joy-
lashgan.
189-rasm.
Oshqozonning
shakllari.
1 -
retortasimon;
2 - noksimon;
3
- xaltasimon;
4 - “qum soat”
shaklidagi
oshqozon.