O’QUV TARBIYAVIY FAOLIYAT ISHLANMASI
Mavzu: Men va mening tanam
Mavzu: "Men va mening tanam".
Maqsad:
1.Bolalarni tana qismlari bilan tanishtirish. Bolalarda tana qismlari va a’zolarni nomlanishi bo’yicha malakalarini rivojlantirish.
2.Mayda motorikasini rivojlantirish va diqqati-xotirasini mustaxkamlash.
3.Jamoa bo’lib ishlashga o’rgatib borish.
Vazifa: Bolalarda tarbiyachining nutqini tinglash va tushunish, berilgan savollarga tortinmasdan javob berish malakalarini shakllantirish. Nafas bilan ishlashni yakka holda mashq qildirish.
Kutilayotgan natijalar: Bolalar o’z tana a’zolarining tuzilish va nomlanishini o’rganadilar. Insonning tana qismida va yuz qismida qanday a’zolar joylashganligini bilib oladilar.
Kerakli jihozlar:Oq qog’oz, qaychi, yelim, tana qismlarining qog’ozdan qirqilgan shakllari, magnitli doska, magnitlar, qor parchalar, televizor, mayda o’yinchoqlar to’plami, idish, “O’rniga qo’y” ta’limiy o’yini, “Mosini tanla” didaktik o’yini.
Rivojlantiruvchi markazlar bilan ishlash:San’at markazi, musiqa va ritmika, qurish-yasash va matematika markazi.
№
|
O’quv-tarbiyaviy faoliyat qismlari
|
Daqiqa
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
2daqiqа
|
2.
|
Asosiy qism
|
8 daqiqа
|
3.
|
Jismoniy daqiqa
|
4 daqiqа
|
4.
|
Mustahkamlash
|
4 daqiqа
|
5.
|
Rag’batlantirish
|
2 daqiqа
|
O’quv-tarbiyaviy faoliyatning borishi:
Tashkiliy qism: Tarbiyachi va bolalar:
Shamol bo’lib esamiz,
Yomg’ir bo’lib yog’amiz.
Quyosh bo’lib porlaymiz,
Mashg’ulotni boshlaymiz. (Harakatli she’r bilan boshlanadi).
Tarbiyachi: O’tiringlar bolajonlar. Bugun haftaning qaysi kuni?( Bolalar javobi.)
Tarbiyachi: Qani bolalar, hafta kunlarini barmoqlarimiz yordamida birgalikda sanaymiz. Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanba.
Asosiy qism:
Tarbiyachi: Bolalar, biz sizlar bilan ushbu hafta davomida “Men va mening tanam” mavzusida mashg’ulotlar olib bordik. Bugun ana shu o’rganganlarimizni mujassamlashtiramiz. Hozir sizlar bilan san’at markazida ushbu bo’laklarga ajratilgan tana qismlarini applikatsiya qilib joy-joyiga yopishtiramiz.
Tarbiyachi: (Tayyor bo’lgan applikatsiyalardagi tana qismlari bolalardan savol-javob orqali so’raladi.)Bolajonlar, bu tana qismi qanday nomlanadi?( Bolalar javobi.)
Tarbiyachi:Bolajonlar, endi sizlar bilan “O’rniga qo’y” ta’limiy o’yinni o’naymiz. Buning uchun mana bu magnitli doskadagi yuzga mos keladigan yuz a’zolarini o’rniga qo’yamiz.(Har bir bola doskaga chiqib yuz a’zolarini kerakli joylarga qo’yadilar.) Oxirida og’iz va burun orqali bolalar bilan qor parchalarini puflab, nafas mashqi bajartiriladi.
Жисмоний дақиқа:
“Aram-Zam-Zam” qo’shig’iga harakatli o’yinga tushadilar.
Mustahkamlash:
Tarbiyachi: Bolajonlar, men xozir sizlarga tana a’zolarining nomlarini aytaman, sizlar esa o’sha a’zoni harakatlantirasizlar. (Bosh, qo’l,oyoq deb aralashtirib bolalarga aytiladi, ular esa o’sha aytilgan qismlarni ko’rsatib o’tadilar. )
O’quv-tarbiyaviy faoliyat yakuni:
Rag’batlantirish:Tarbiyachi bolalarni gilamga dumaloq shaklda o’tirgan holatda “Mo’jiza” o’yinini o’ynatadi. Bunda mayda o’yinchoqlar to’plami solingan idishga shirinliklar solingan bo’ladi va har bir bola o’yinchoqlarni boshqa idishga qo’llari yordamida olib, shirinlikni topishi kerak bo’ladi. Topilgan shirinlikni esa har bir bolaning mashg’ulotdagi faoliyati tahlil qilinib, bolalarga yaxshi qatnashgani uchun berilayotgani aytilib, rag’batlantiruvchi so’zlar bilan yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |