Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

273
likdagi oshqozon-charvi venalari (vv.gastroepiploici sinistra et dextra) esa yuq-
origi tutqich venasiga quyiladi.
Limfa oqishi. Oshqozonning limfa to‘rlaridan chiqqan limfa suyuqligi
uning katta va kichik egriliklari bo‘ylab ketadi (193-rasm).
Limfaning asosiy massasi kichik egrilik bo‘ylab o‘ngdan chapga, pilorus-
dan kardiya tomonga oqadi. Rakning o‘ngdan chapga tarqalishi va o‘sishini shu
bilan tushuntirish mumkin.
Oshqozondan limfa oqishining asosiy yo‘nalishlari qorin arteriya poyasi-
ning asosiy tarmoqlari bo‘ylab (Galler uch oyoqligi) joylashgan.
Oshqozonning yuqori qismidan limfa a.gastrica sinistra yo‘nalishi bo‘ylab;
pastki–chap qismidan – a.lienalis bo‘ylab, pastki o‘ng qismidan – a.hepatica
yo‘nalishi bo‘ylab oqib ketadi.
Innervatsiyasi. Parasimpatik innervatsiya adashgan (sayyor) nervlar orqali
amalga oshiriladi.
193-rasm. Qorin yuqori qavati a’zolarining regionar limfa tugunlari.
1–oshqozon, taloq va jigarning pastki yuzasidagi tomirlarning talaygina
qismidan limfa qabul qiluvchi markaziy limfa tugunlari; 2–kichik charvi
va oshqozonning kirish qismidagi limfa tugunlari va ularga kelib
quyiluvchi jigar va oshqozon tomirlari; 3–taloq darvozasidagi limfa
tugunlari va ularga quyiluvchi oshqozonning katta egriligi va tubidan
keluvchi tomirlar; 4–oshqozon-charvi arteriyalari bo‘ylab yotuvchi va
oshqozonning katta egriligidan boshlanuvchi limfa tomirlarini qabul
qiluvchi katta charvidagi limfa tugunlari zanjiri; 7–buyrak usti bezi; 8–
jigar-o‘n ikki barmoq boylamidagi limfa tugunlari hamda unga quyiluvchi
o‘t qopi to‘ri va jigarning chap bo‘ylama egatidan boshlanuvchi limfa
tomirlari; 9–o‘t pufagi; 10–jigarning yumaloq boylami.


274
Chap adashgan nerv qizilo‘ngachning oldingi yuzasi bo‘ylab hiatus oesoph-
ageus orqali ko‘krakdan qorin bo‘shlig‘iga o‘tib, oshqozonning oldingi yuzasida
oldingi oshqozon chigalini hosil qiladi. Qizilo‘ngachning qorin bo‘limi sohasida
bu nerv quyidagi 3 ta tarmoqqa ajraladi: a) chap tarmoq – oshqozon tanasining 2/
3 qismini va tubini; b) o‘rta tarmoq – pilorik qismini innervatsiya qiladi; v) o‘ng
tarmoq – jigar darvozasiga yo‘naladi.
O‘ng adashgan nerv qizilo‘ngachning orqa yuzasi bo‘ylab 3 ta tarmoq bera-
di: chap tarmoq – kardiyani, kichik egrilikni hamda orqa devorining katta qismini
innervatsiya qiladi; o‘rta tarmoq – antral qismining pastki bo‘lagiga boradi; o‘ng
tarmoq o‘ng yarimoysimon tugunga boradi.
O‘ng adashgan nerv oshqozonning orqa devorida orqa oshqozon chigalini
hosil qiladi.
Simpatik innervatsiya quyosh chigalidan boshlanib, tomir g‘iloflari orqali
arteriya poyalari bilan birga keluvchi nerv tolalari orqali amalga oshiriladi.
Simpatik nerv tolalari oshqozonda ikkita chigal hosil qiladi: 1) oshqozonning
yuqori chigali – oshqozonning chap arteriyasi bilan birga boradi; 2) oshqozonning
pastki chigali – oshqozon-o‘n ikki barmoq arteriyasi bilan birga boradi.
Adashgan nervlar sekretor impulslarni o‘tkazuvchi nerv hisoblanadi. Bu nerv-
lar kesilsa, oshqozon sekretsiyasining reflektor bosqichi tushib qoladi va oshqo-
zon shirasining parchalash xususiyati keskin pasayadi, oshqozonning motor-
evakuatsiya funksiyasi ham susayadi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish