Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Qorinparda cho‘ntaklari
Qorin bo‘shlig‘ining yuqori qavatida seroz pardaning quyidagi cho‘ntaklari
farq qilinadi: 1) taloqning ko‘r qopchasi – chap diafragma osti sohasida chap di-
afragma-chambar boylami ustida joylashgan, taloq uchun o‘rindiq hisoblanadi;
2) charvi qopchasining yuqori bo‘rtmasi – charvi xalatasining gumbazi hisoblanib,
jigarning dumli va chap bo‘laklari ostida yotadi; 3) charvi xaltasi bo‘shlig‘ining
kardial cho‘ntagi – uncha katta bo‘lmagan chuqurcha bo‘lib, charvi xaltasi
bo‘shlig‘ining chap qismida, oshqozon-oshqozon osti boylamining qoq ustida joy-
lashgan; 4) oshqozon-oshqozon osti bezi bo‘rtmasi – oshqozonning orqa devori
va oshqozon osti bezi orasidagi chuqur bo‘shliqdan iborat. Bu bo‘shliqning
yuqori chegarasi bo‘lib, oshqozon-oshqozon osti bezi boylami hisoblanadi.
Qorin bo‘shlig‘ining pastki qavatida quyidagi cho‘ntak va bo‘rtmalar joy-
lashgan: 1) S-simon ichak oraliq bo‘rtmasi – S-simon ichak qovuzlog‘idagi chu-
qurcha ko‘rinishida bo‘ladi; 2) o‘n ikki barmoq-och ichak cho‘ntagi – qorinpar-
daning 2 burmasi orasida joylashgan bo‘lib, ichki qorinparda orti churralarining
(yoki Treyts churralarining) hosil bo‘lishida katta ahamiyatga ega; 3) yuqorigi va
4) pastki yonbosh-ko‘richak cho‘ntagi; 5) ko‘richak orqasidagi yoki retrotsekal
cho‘ntak, yo‘g‘on ichak boshlanish qismining orqasida bo‘lib, oldindan qorinpar-
daning visseral varag‘i bilan, orqadan uning pariyetal varag‘i bilan chegaralangan
(181-rasm).


256
Qorinparda boylamlari
Qorinparda boylamlari deb qorinpardaning qorin bo‘shlig‘idagi bir a’zodan
ikkinchi a’zoga o‘tish qismi yoki qorinpardaning qorin bo‘shlig‘i bir a’zosidan
qorin devoriga o‘tish qismiga aytiladi.
B.V.Ognev (1960) quyidagilarni farq qiladi: a) boylam–duplikaturalar, qorin-
pardaning 2 ta varag‘idan iborat; b) yakka boylamlar – qorinparda bir varag‘ining
qorin bo‘shlig‘i bir a’zosidan ikkinchi a’zosiga oddiy o‘tishi; v) qorinpardadan
iborat bo‘lmagan boylamlar – bular obliteratsiyaga uchragan tomirlar yoki birik-
tiruvchi to‘qima, muskul to‘qimasidan iborat tortmalar (jigarning yumaloq boyl-
ami va boshq.).
Boylam-duplikaturalarga quyidagilar kiradi: 1) oshqozon-chambar boyla-
mi, uning ichida oshqozon-charvi qon tomirlari yotadi; 2) oshqozon-taloq boyla-
mi, unda taloq va kalta oshqozon qon tomirlari yotadi; 3) oshqozon-jigar boyla-
mi, o‘zida o‘ng va chap oshqozon arteriyasi va venalari hamda n.vagusning shox-
larini saqlaydi; 4) lig.hepatopyloricum – kichik charvining jigar-oshqozon qismi-
ni ajratib turadi; 5) lig.pyloropancreaticumlig.gastropancreaticum,
lig.hepatoduodenale, jigarning o‘roqsimon boylami (lig.falsiforme) va uchbur-
chak (o‘ng va chap) boylamlar.
181-rasm. Qorinparda bo‘shlig‘ining pastki bo‘limidagi a’zolar.
1-
colon
ascendens
; 2-
caecum
; 3-
plica
ileocaecalis
superior
; 4-
recessus
ileocaecais
superior
- dagi zond; 5-
intestinum
ileum
; 6-
radix
mesenterii
;
7-
colon
sygmoideum
; 8-
mesocolon
sygmoideum
; 9-
colon
descendens
;
10-
plica
rectovesicalis
; 11-
rectum
; 12-
vesica
urinaria
; 13-
cavum
pelvis
;
14-
appendix
vermiformis
; 15-
mesoappendix
; 16-
recessus
ileocecalis
inferior
-dagi zond; 17-
plica
ileocecalis
inferior
.


257
Yakka boylamlarga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) oshqozon-diafragma
boylami – diafragma va oshqozon tubi orasida tortilgan bo‘lib, qizilo‘ngachdan
chap tomonda yotadi; 2) diafragma-qizilo‘ngach boylami – diafragma va oshqo-
zonning kardial qismi orasida tortilgan bo‘lib, qizilo‘ngachning oldingi yuzasida
joylashgan; 3) oshqozon-oshqozon osti boylami – qorinparda varag‘ining oshqo-
zon osti bezi yuqori qirrasidan oshqozonning orqa devori, kardial qismi va tubiga
tortilgan qismi; 4) jigarning toj boylami frontal tekislikda joylashib, jigarning
orqa yuzasidan difragmaga o‘tadi (o‘ng va chap boylamlarga bo‘linadi); 5) jigar-
buyrak boylami – jigar darvozasidan o‘ng buyrakning yuqori qutbiga cho‘zilgan
bo‘lib, charvi teshigini orqa tomondan chegaralaydi; 6) o‘n ikki barmoq-buyrak
boylami va boshq.
Charvilar.
Qorin bo‘shlig‘ida 2 ta: katta va kichik charvilar farqlanadi.
Tutqichlar
Tutqich (mezo) deganda ichakni tutib turuvchi qorinparda duplikaturasi tushu-
niladi. U seroz pardaning 2 ta varag‘idan iborat bo‘lib, o‘zida ko‘pdan-ko‘p qon va
limfatik tomirlarni, limfatik tugun va nervlarni tutadi. Tutqichlarning quyidagi turlari
farq qilinadi: ingichka ichak tutqichi; chuvalchangsimon o‘simta, ko‘ndalang-cham-
bar ichak, S-simon ichak, to‘g‘ri ichakning ampula usti qismi tutqichlari.
Qorinparda bo‘shlig‘ining pastki qavati ko‘ndalang chambar ichakning tut-
qichi bilan tos chanog‘i bo‘shlig‘i orasidagi bo‘shliqni egallaydi. Ko‘tariluvchi
va tushuvchi chambar ichaklar hamda ingichka ichakning tutqichi ushbu bo‘shliqni
to‘rtta bo‘lak: o‘ng va chap yon kanallar hamda o‘ng va chap tutqich qo‘ltiqlari
(sinuslari) ga bo‘ladi.
O‘ng yon kanal (canalis lateralis dexter) - qorinning o‘ng yon devori bilan
ko‘tariluvchi chambar ichak orasida joylashgan bo‘lib, bu kanal pastda o‘ng yon-
bosh chuqurchasi (fossa iliaca dextra) ga, so‘ngra tos bo‘shlig‘iga, yuqorida esa
o‘ng diafragma osti bo‘shlig‘iga davom etadi (179-rasm).
Chap yon kanal (canalis lateralis sinister) – tushuvchi chambar ichak bilan
qorinning chap yon devori orasida joylashadi. Kanal pastda chap yonbosh chuqurcha-
si orqali tos bo‘shlig‘i bilan tutashadi, yuqorida esa chap diafragma–chambar boylami
(lig.phrenicocolicum sinistra) vositasida taloq ko‘r xaltasidan chegaralangan.
Gavdaning gorizontal holatida yon kanallarning eng chuqur qismlari ularning
yuqorisida bo‘lib, tananing tik holatida yallig‘lanish suyuqliklari (yiring) yon kanallar
bo‘ylab yonbosh chuqurchalariga, ulardan tos chanog‘i bo‘shlig‘iga tushadi.
O‘ng tutqich qo‘ltig‘is (inus mesentericus dexter) - o‘ngda ko‘tariluvchi
chambar ichak, chapda va pastda ingichka ichakning tutqichi, yuqorida ko‘ndalang
chambar ichakning tutqichi bilan chegaralangan uchburchak shaklidagi bo‘shliq
bo‘lib, undagi ingichka ichak qovuzloqlarini oldindan katta charvi berkitib turadi.
Qo‘ltiqni pastda, tos bo‘shlig‘idan yonbosh-ko‘r ichak burchagi (ileotsekal bur-
chak) ajratib turadi (179-rasm).
Chap tutqich qo‘ltig‘i (sinus mesentericus inister) – o‘ngda ingichka ichak
tuqichi, chapda tushuvchi chambar ichak, yuqorida ko‘ndalang chambar ichakning
tutqichi bilan chegaralangan va o‘zida ingichka ichak qovuzloqlari tutuvchi bo‘shliq


258
bo‘lib, oldindan katta charvi bilan bekilib turadi. Bu qo‘ltiq bevosita tos chanog‘i
bo‘shlig‘iga davom etadi.
Tutqich qo‘ltiqlarining eng chuqur bo‘limlari ularning yuqori tomonlarida
joylashgan. Ikkala qo‘ltiq ko‘ndalang chambar ichak tutqichi bilan o‘n ikki bar-
moq-och ichak burilmasi (egriligi) orasidagi yoriq orqali o‘zaro tutashadi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish