251
177-rasm.
Qorinning sagittal
kesimida qorinpardaning yo‘li
(yo‘nalishi yarim sxema
tarzida). Qorin aortasi
birmuncha o‘ngga siljitilgan
va kesilmay qoldirilgan.
1–diafragma; 2–kichik charvi;
3–charvi teshigi; 4–
truncus
coeliacus
; 5–
a
.
mesenterica
superior
; 6–
pancreas
;
7–
a
.
renalis
; 8–
cysterna
chyli
va
a
.
testicularis
; 9–
duodenum
;
10–
a
.
mesenterica
inferior
;
11–latero- va retroaortal limfa
tugunlari; 12–
mesenterium
;
13–
vasa
iliaca
comminia
;
14–katta charvi; 15 -
colon
transversum
; 16–
mesocolon
transversum
; 17–oshqozon;
18–jigar.
yishiga, sovitilishi esa, aksincha, pasayishiga olib keladi. Qorinpardaning bu xusu-
siyatidan hozirgi paytda umumiy og‘riqsizlantirishda foydalaniladi (masalan, gek-
senal to‘g‘ridan-to‘g‘ri qorin bo‘shlig‘iga quyilganda). Xuddi shu yo‘sinda ope-
ratsiyalar paytida ko‘pincha qorin bo‘shlig‘iga isitilgan fiziologik eritma qo‘yiladi
va hokazo.
Qorinpardaning qorin bo‘shlig‘idagi a’zolarning turli patologik holatlarida-
gi (yaralanish,
qon ketishi, yallig‘lanishi, teshilishi va boshq.) ahamiyati ayniqsa
katta, bunda u patologik o‘choqni atrofdagi a’zolardan ajratib turish rolini bajara-
di. Bu yerda qorinpardaning juda kuchli plastik xususiyati namoyon bo‘ladi.
Qorinpardaning yo‘lini sxema tarzida qorin bo‘shlig‘ining shartli – sagittal
kesimida chizib ko‘rsatish mumkin (177-rasm).
Qorinparda qorinning oldingi devoridan diafragmaning pastki qavariq
yuzasiga o‘tadi va uni qoplaydi.
Diafragmadan qorinparda jigarning yuqori yuzasiga o‘tadi va ikkita boylam
hosil qiladi: bittasi sagittal tekislikda –
lig.
falciforme, ikkinchisi frontal tekislikda
– jigarning toj boylami
(lig.
coronarium hepatis). Qorin usti sohasida jigarning
darvozasi qismidan kindikka qarab sagittal yo‘nalishda
jigarning yumaloq boyla-
mi boradi. Bu boylam bo‘ylab uning pastki qismida bekilib ketgan kindik venasi
yotadi. Jigarning yuqori yuzasidan qorinparda uning pastki yuzasiga o‘tadi va
jigar darvozasi yonidan oshqozonning kichik egriligi tomon yo‘nalib, kichik char-
vini hosil qiladi. Oshqozonning kichik egriligida qorinpardaning varaqlari bir-
biridan uzoqlashadi: biri – oshqozonning orqa devorini, ikkinchisi – oldingi de-
vorini qoplaydi. Oshqozonning katta egriligiga yetgach qorinpardaning varaqlari
252
yana qo‘shiladi, bunda oshqozonning katta egriligi bilan ko‘ndalang chambar ichak-
ka o‘tish joyida boylam (
lig.
gastrocolicum) hosil bo‘ladi. Uning davomi katta
charvini hosil qiladi: u qorinpardaning 4 varag‘idan iborat.
Ulardan ikkitasi lig.
gastrocolicumning davomi bo‘lib, chanoqqacha tushadi, bu yerda qayrilib, yana
yuqoriga ko‘tariladi va ko‘ndalang chambar ichakka yetib boradi. Shunday qilib,
katta charvida 4 varaq hosil bo‘ladi.
Katta charvining orqadagi varaqlari oldingi varaqlari bilan birikadi. Ular
ko‘ndalang-chambar ichakni o‘rab, uning tutqichini hosil qiladi va oshqozon osti
bezi tomon yo‘naladi. Bu yerda qorinparda varaqlari yana bo‘linadi. Biri yuqo-
riga ko‘tariladi va charvi xaltaning orqa devorini qoplaydi. Boshqa varag‘i pastga
yo‘naladi va qorin bo‘shlig‘i pastki qavatining orqa devorini qoplaydi. Bu yerda
qorinparda o‘n ikki barmoq ichakning pastki gorizontal qismini qoplaydi, ingich-
ka ichaklar
tutqichini hosil qiladi, yon taraflarda esa ko‘tariluvchi va tushuvchi
chambar ichaklarni qoplaydi.
O‘ng yonbosh chuqurchada qorinparda ko‘r ichakni, chap yonbosh chuqur-
chada S-simon ichakni qoplaydi va unga tutqich hosil qilib, kichik chanoq bo‘shlig‘i
tomon yo‘naladi. So‘ng uning devorlarini qoplab, qovuq hamda to‘g‘ri ichakning
visseral qoplamini, ayollarda esa yana bachadon va uning ortiqlari qoplamasini
hosil qiladi. Ayollarda qorinparda to‘g‘ri ichakni oldingi va yon tomonlardan
qoplab, qinning yuqori qismi va bachadonga o‘tadi, bu yerda u to‘g‘ri
ichak bilan
bachadon orasidagi chuqurchani – orqa Duglas bo‘shlig‘ini hosil qiladi.
Bachadondan qovuqqa o‘tishda qorinparda yana bir cho‘ntak, oldingi Dug-
las bo‘shlig‘ini hosil qiladi. So‘ngra yana yuqoriga ko‘tarilib, qorinning oldingi-
ichki devorini qoplaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: