Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Qorinpardaning hosilalari
Qorinpardaning devor oldi varag‘i qorin devorlarini ichki tarafdan o‘rab, bir
qator burmalar, turli chuqurchalar va do‘mboqliklar, visseral varag‘i esa cho‘ntaklar
va boylamlar, duplikaturalar, charvilar, tutqichlar va teshiklar hosil qiladi.
Qorinpardaning devor oldi varag‘i qorin devorlarini ichki tomonidan qoplab,
qorin bo‘shlig‘ining yuqori devorida bir tekisda diafragmani qoplaydi. Umurtqa
pog‘onasining yon tomonlarida qorinning orqa devorida ikki tarafda buyraklarni
qoplab, buyrak do‘ngliklarini hosil qiladi. Bundan tashqari, umurtqa pog‘onasidan
o‘ngda qorinpardaning devor oldi varag‘i yana bir voronkasimon ko‘tarilmani
beradi, bu ko‘tarilma shu yerda joylashgan o‘n ikki barmoq ichak tushuvchi qism-
ning joylashishiga bog‘liq bo‘ladi.
Qorinpardaning devor oldi varag‘i qorin bo‘shlig‘ining orqa devorini to‘liq
qoplamaydi: diafragma muskul sohasining o‘ng tarafdagi bir qismi, ya’ni jigar
o‘zining orqa yuzasi bilan diafragmaga o‘sib birikkan joyi (pars nuda) qorinpar-
da bilan qoplanmagan.
Qorinning oldingi devorida bir qancha burmalar ko‘rinadi: qovuqning
yuqori qismi bilan kindik o‘rtasida – o‘rta (oraliq) kindik burmasi (plica umbili-
calis mediana), medial kindik burmalari (ular pastga, qovuqning yon tomoniga
yo‘naladi), jigarning chap sagittal egatiga yo‘nalgan burma (jigarning yumaloq
boylami).


253
QORINPARDA BO‘SHLIG‘I QAVATLARI VA
 QORINPARDA HOSILALARI
Qorin bo‘shlig‘i ichki a’zolarining topografiyasini o‘rganishda qulaylik
tug‘dirish maqsadida hamda yiringli jarayonlarning joylashuvidagi o‘ziga xos xusu-
siyatlarni va ularning tarqalish yo‘llarini tavsiflash uchun qorinparda bo‘shlig‘ini
ikkita: yuqori va pastki qavatlarga ajratish qabul qilingan. Bu ikkala qavat orasidagi
chegarani (to‘siqni) ko‘ndalang chambar ichak va uning tutqichi (mesocolon trans-
versum) hosil qiladi (177- va 179-rasmlar).
Qorinparda bo‘shlig‘ining yuqorigi qavatida jigar, o‘t pufagi va o‘t yo‘llari,
qizilo‘ngachning qorin qismi, oshqozon, o‘n ikki barmoq ichakning yuqori bo‘limi,
oshqozon osti bezi, taloq hamda o‘ng va chap jigar xaltasi, oshqozon oldi va char-
vi xaltalari, taloqning ko‘r xaltasi, kichik charvi joylashgan bo‘lsa (178-rasm),
pastki qavatidan esa, o‘n ikki barmoq ichakning pastki bo‘limi, katta charvi, in-
gichka va chambar ichaklar, o‘ng va chap yon kanallar, o‘ng va chap tutqich kam-
gaklari (qo‘ltiqlari) hamda cho‘ntaklar o‘rin olgan (179-rasm).
Qorin yuqori qavatining o‘ng tomonini o‘ng diafragma osti bo‘shlig‘i (unda
178-rasm. Charvi xaltasining devorlari va cho‘ntaklari.
1–diafragma; 2–
foramen
epiploicum
-ga zond kiritilgan; 3–
lobus
dexter
hepatis
; 4–
lig

hepatoduodenale
; 5–
lig

hepatogastricum
; 6–
lobus
caudatus
hepatis
; 7–
recessus
superior
bursae
omentalis
; 8–
lobus
sinister
;
9–
plica
gastropancreatica
; 10–
pars
cardiaca
ventriculi
; 11, 27–
pancreas
(qorin parda orqasidan ko‘rinib turibdi); 12 -
mesocolon
transversum
(kesim chizig‘i); 13–
recessus
lienalis
bursae
omentalis
; 14–
lig

gastrolienale
(qisman kesib olingan); 15–
lien
; 16–
lig

phrenicocolicum
; 17–
flexura
coli
sinistra
; 18–
flexura
duodenojejunalis
; 19–chap buyrak (relyef);
20–
pars
ascendens
duodeni
; 21–
radix
mesenterii
tomirlari bilan;
22–
canalis
lateralis
sinister
; 23–
colon
ascendens
; 24–o‘ng buyrak (relyef);
25–
duodenum
(relef); 26–
flexura
coli
sinistra
; 28–
recessus
inferior
bursae
omentalis
; 29–
pylorus
; 30–
vesica
fellea
.


254
jigar xaltasi joylashgan), chap tomonini
chap diafragma osti bo‘shlig‘i (unda
taloqning ko‘r xaltasi hamda oshqozon
oldi xaltasi joylashgan) egallaydi.
Qorinparda xaltalari:
1) charvi xaltasi yoki kichik qorin
bo‘shlig‘i (bursa omentalis) oshqozonning orqasida joylashgan yoriqsimon
bo‘shliq bo‘lib, uning 6 devori bor: old devori – kichik charvi, oshqozonning orqa
devori va oshqozon-chambar boylamidan; orqa devori – qorinpardaning umurtqa
pog‘onasida yotuvchi, oshqozon osti bezi va yirik tomirlarni qoplovchi devor oldi
(pariyetal) varag‘idan; yuqori devori – jigarning dumli va chap bo‘laklaridan
tashkil topgan, pastki devorini esa ko‘ndalang chambar ichak va uning tutqichi
hosil qiladi. Charvi xaltasining chap va o‘ng chegaralari qorinpardaning burma-
lari hisobiga hosil bo‘ladi (178-rasm).
Oshqozon-oshqozon osti boylami charvi xaltasi bo‘shlig‘ini 2 qavatga: yuqo-
179-rasm. Qorin bo‘shlig‘ining yon
kanallari va sinuslari.
1–jigarning toj boylami; 2- jigar; 3–
taloq; 4–oshqozon; 5–chap yon kanal;
6–ingichka ichak tutqichining ildizi;
7–chap ichak tutqichi sinusi; 8–o‘ng
yon kanali; 9–o‘ng ichak tutqich
sinusi.
180-rasm. Diafragma
osti bo‘shlig‘ining
qorinning paravertebral
sagittal qirqimidagi
ko‘rinishi.
1–qorinparda va
diafragma osti
bo‘shlig‘ining qorinparda
qismi; 2–diafragma; 3–
jigar; 4–
r
.
d e x t e r
v
.
portae
; 5–o‘t pufagi; 6–
charvi teshigi; 7, 11–
duodenum
; 8–
recessus
costodiaphragmaticus
;
10–
jejunim
; 12–
recessus
costodiaphragmaticus

ning tubi; 13–parakolon
va paraduodenal
kletchatkalar; 14–o‘ng buyrak; 15–
flexura
coli
dextra
; 16–
fascia
prerenalis
;
17–
fascia
retrorenalis
; 18–
paranephron
; 19–o‘ng buyrak usti bezi; 20–
fascia
diaphragmatica
; 21–diafragma osti bo‘shlig‘ining qorin parda orti
kletchatkasiga davom etuvchi qorin pardadan tashqari qismi; 22–qorin
parda bo‘shlig‘ining jigar, o‘n ikki barmoq ichak, chambar ichak va o‘ng
buyrak orasida joylashgan qismi.


255
rigi – kichik charvi bo‘shlig‘i va pastki – katta charvi bo‘shlig‘iga bo‘lib turadi.
Kichik charvi bo‘shlig‘ining o‘ng tomoni qorin pardaning 3 ta boylamidan
(jigar-o‘n ikki barmoq, jigar-buyrak va o‘n ikki barmoq-buyrak boylamlari bilan
chegaralangan) tashkil topgan bo‘lib, ular orasida charvi (Vinslov) teshigi hosil
bo‘ladi (178-rasm). Bu teshik orqali charvi xaltasi “katta qorin bo‘shlig‘i” bilan
tutashadi. U teshik orqali boylamlarni kesmasdan faqat barmoq yoki ingichka
asbob bilan charvi xaltasiga kirish mumkin. Kichik charvi bo‘shlig‘i katta charvi
bo‘shlig‘i bilan oshqozon-oshqozon osti teshigi orqali aloqa qiladi;
2) jigarning o‘ng xaltasi – diafragma hamda jigarning o‘ng bo‘lagi orasida
joylashgan bo‘lib, 5 ta devori bor: yuqorida – diafragmaning pay markazi, pastda –
jigar o‘ng bo‘lagining yuqori yuzasi; orqada – jigarning o‘ng tojli boylami; ichkar-
ida – o‘roqsimon boylam; tashqarida – diafragmaning muskul qismi. Bu yerda
ko‘pincha diafragma osti abssesslari joylashishi mumkin (179- va 180-rasmlar).
3) jigarning chap xaltasi – jigarning chap bo‘lagi va diafragma orasida bo‘lib,
oldindan diafragmaning muskul qismi bilan; orqadan – jigarning chap toj boyla-
mi, ichki tomondan – o‘roqsimon boylam va tashqi tarafdan uchburchak boylam
bilan chegaralangan (177- va 179-rasmlar).
4) oshqozon oldi xaltasi – oshqozon bilan jigarning chap bo‘lagi orasida
joylashgan. Aniq chegaralari quyidagicha: oldindan – jigar chap bo‘lagining past-
ki yuzasi, orqadan – oshqozonning oldingi devori, yuqoridan – kichik charvi va
jigar darvozasi (177-rasm).
Yuqorida ko‘rsatilgan 3 ta xalta (jigar xaltalari va oshqozon oldi xaltasi)
pastki tomondan qorin bo‘shlig‘ining boshqa qismlari bilan bemalol aloqa qiladi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish