Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

259
Sayyor nervlar
O‘ng va chap sayyor nervlar ko‘ks oralig‘ida qizilo‘ngachga yaqin kelib
ko‘p sonli anastomozlar orqali o‘zaro qo‘shilgach, qizilo‘ngach chigali (plexus
oesophageus) ni hosil qiluvchi shoxlarini beradi. Diafragmaga yaqinlashgan sari
qizilo‘ngach chigalining shoxlari bir-biriga yaqinlashib, poyalarni hosil qiladi.
Bu poyalar soat mili yo‘nalishi bo‘ylab asta-sekin siljib, qizilo‘ngachning oldingi
va orqa devorlariga o‘tadi va u bilan birga qorin bo‘shlig‘iga tushib, oldingi va
o‘rta sayyor nerv poyasi (truncus vagalis anterior et posterior) nomini oladi. Aksari
hollarda sayyor nerv poyalarining soni uchta yoki undan ko‘p bo‘lishi kuzatiladi.
Poyalar sonining qancha bo‘lishidan qat’iy nazar, ularning tarkibida o‘ng sayyor
nervdan ham, chapdagisidan ham tolalar bo‘ladi.
Old va orqa sayyor nerv poyalaridan chiquvchi shoxlar oshqozonga hamda
boshqa a’zolarga boruvchi shoxlarga ajratiladi. O‘z navbatida, oshqozonga boruv-
chi shoxlar orasida uzun hamda kalta shoxlar tafovut etiladi. Kaltalari 4-15 ta
shoxchadan iborat yelpig‘ich ko‘rinishida oshqozon tubi, kardiyasi hamda tanasi-
ning yuqorigi qismiga tarqaladi.
Uzun shoxlar (1-3 ta) oshqozonning kichik egriligi bo‘ylab kichik charvining
varaqlari orasida joylashadi. Ular o‘z yo‘lida o‘zaro tolalar ayriboshlab, oshqozonning
kichik egriligiga va tanasiga 6-12 sm li 5-15 ta shoxchalarni beradi. Uzun shoxlar
oshqozonning pilorik qismigacha, ba’zan 12 barmoq ichakkacha yetib borishi
mumkin. Qator hollarda oshqozonning pilorik qismiga sayyor nervning jigar yoki
qursoq shox-laridan kichik charvi bo‘ylab tolalar kelishi qayd etiladi. Binobarin, vago-
tomiya operasiyasida oshqozonning barcha shoxlarini diafragma ostida kesish a’zo
pilorik qism-ning to‘liq denervatsiyasiga har doim ham olib kelavermaydi.
O‘n ikki barmoq ichakka ham old sayyor nerv poyasidan, pastki qismiga esa
orqa poyadan qorin (qursoq) chigalini aylanib o‘tuvchi shoxlar keladi.
Old sayyor nerv poyasi kichik charvi bo‘ylab diafragmaga parallel holda
yo‘naluvchi 2-3 ta jigar shoxlari (rr.hepatici) ni beradi. Ba’zi hollarda, kichik char-
vi orqali o‘tayotgan jigar shoxlaridan oshqozonning kichik egriligi va o‘n ikki bar-
moq ichakning boshlanish qismiga shoxchalar chiqishi mumkin. Jigarga orqa say-
yor nerv poyasidan ham shoxcha borishi mumkin. Oshqozon osti bezining boshcha-
si va tanasiga oldingi sayyor poyasida, tanasi va dumiga orqa poyadan ayrim tolalar
boradi.
Sayyor nerv tolalari taloq va ingichka ichakning boshlanish qismiga ham boradi.
Shuni ta’kidlash joizki, orqa sayyor nerv poyasi qursoq chigalidagi tugunlar
bilan yirik shoxlar yordamida bog‘langan bo‘lib, chigal shoxlari tarkibida qorin
bo‘shlig‘i yuqori qavatining barcha a’zolariga, shu jumladan, oshqozonga ham
boruvchi parasimpatik nerv tolalarining soni har bir odamda har xil bo‘ladi. Shu
sababli, hatto puxta bajarilgan selektiv gastral vagotomiya ham oshqozonni
parasimpatik nervlardan butunlay xalos eta olmaydi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish