Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev


Chov kanali va yonbosh-chov sohasining anatomik-topografik



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

244
Chov kanali va yonbosh-chov sohasining anatomik-topografik
xususiyatlari
Qorin old-yon devorining yonbosh-chov sohasi o‘ziga xos tuzilishga ega. Bu
o‘ziga xoslikni ushbu sohaning pastki-medial qismidagi chov kanali deb ataluvchi
muskul-aponevroz va fastsiyalar orasidagi yoriq hamda mazkur kanalni o‘z ichiga
oluvchi chov uchburchagi deb nomlangan sohaning tuzilishi belgilaydi.
Chov uchburchagining chegaralari shartli ravishda quyidagicha o‘tkaziladi
(167-rasm):
- yuqorida: chov burmasini 3 ta teng qismga bo‘lib, yuqori va o‘rta qismlar
chegarasidagi nuqtadan qorin to‘g‘ri muskulining tashqi chekkasiga o‘tkazilgan
gorizontal chiziq;
- pastda: chov burmasining o‘rta va medial qismlari;
- ichkarida: qorin to‘g‘ri muskuli tashqi chekkasining gorizontal chiziq tu-
tashgan nuqtadan pastki qismi.
Chov uchburchagi statik tushuncha bo‘lib, shartli ravishda o‘tkazilganligi
uchun uning chegaralari doimiy, ya’ni o‘zgarmasdir. Chov uchburchagi sohasi
qorin devorining eng zaif joylaridan hisoblanadi: ayrim hollarda, mazkur sohan-
ing anatomik jihatdan noto‘g‘ri tuzilganligi muayyan shart-sharoitlarda chov chur-
ralarining paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Chov churralari qorin devorida
uchraydigan barcha churralarning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etishini e’tiborga
olsak, bu soha klinik anatomiyasining ahamiyati naqadar yuqoriligi ayon bo‘ladi.
Chov kanali chov uchburchagi doirasida tashqaridan ichkariga, yuqoridan
pastga (chov burmasiga nisbatan burchak ostida), chuqurdan yuzaga yo‘naluvchi
qorin old-yon devorining muskul va fassiyalari hosil qilgan yoriq bo‘lib, homila
taraqqiyoti davrida erkaklarda moyak va urug‘ tizimchasi yorg‘oqni hosil qilib,
unga tushishi, ayollarda bachadon yumaloq boylamining qorin devori orqali o‘tishi
natijasida vujudga keladi.
Chov kanalining 4 ta devori hamda ichki (chuqur) va tashqi (yuza) halqasi,
ya’ni urug‘ tizimchasi (yoki bachadonning yumaloq boylami) kiradigan va chiqa-
digan teshiklari bor. Erkaklarda kanal orqali nisbatan yo‘g‘on bo‘lgan urug‘ ti-
zimchasi o‘tganligi tufayli, kanalning uzunligi ham, kengligi ham, halqalarning
o‘lchami ham ayollarnikiga qaraganda katta bo‘ladi. Kanalning uzunligi o‘rtacha
4 dan 7 sm gacha bo‘lib, chov boylamining uzunligiga bog‘liq.
Ko‘ndalang fassiyaning ichki urug‘ fassiyasiga tashqi chov chuqurchasida
o‘tish joyi chov kanalining chuqur halqasi (anulus inguinalis profundus) deb ata-
ladi (166 va 168- rasmlar).
Bundan moyak, urug‘ yo‘li, ularning tomirlari va nervlari (erkaklarda), bacha-
donning yumaloq boylami, uning tomir va nervlari (ayollarda) qorinpardaning qin
o‘simtasi bilan birga tashqi chov chuqurchasi sohasida ko‘ndalang fassiyani oldin-
ga itarib, unga o‘ralgan holda qorinning devori orqali chov kanalini hosil qilib o‘tadi.
Kanalda ko‘ndalang fassiya yupqalashib, urug‘ tizimchasining umumiy qin parda-
sini hosil qiladi va ichki urug‘ fastsiyasi (fascia spermatica interna) deb ataladi.
Chuqur halqa chov boylamining o‘rtasida 1-1,5 sm yuqorida joylashadi. Chov
kanalining yuza halqasi (anulus inguinalis superficialis), qorin tashqi qiyshiq
muskulining aponevrozidagi yoriqsimon teshik bo‘lib, teri osti yog‘ qavatiga ochi-
ladi. Qorinning oldingi devorida bu halqani qov do‘mbog‘idan yuqorida va biroz
tashqarida paypaslab aniqlanadi.


245
Yuza halqani hosil qilishda tashqi qiyshiq muskulning aponevrozi yonbosh-
chov sohasida tashqi (pastki) va ichki (yuqorigi) oyoqchalariga ajraladi: tashqi oyoq-
chasi (crus laterale), qov do‘mbog‘iga birikadi; ichki oyoqchasi (crus mediale), esa
tashqi oyoqchadan ichkariroqda, qov simfiziga yetmasdan birikadi (161-rasm).
Tashqi qiyshiq muskul aponevrozidagi ichki va tashqi oyoqchalar orasidagi
yoriq erkaklarda ayollardagiga nisbatan tashqariroqdan boshlanadi (ba’zan bu yoriq
aponevroz doirasidan chiqib muskul qismigacha yetib boradi). Bu yoriq tashqari
tomonda yuqoriga va ichkariga yo‘nalgan oyoqchalararo tolalar (fibrae intercru-

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish