Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

genitofemoralis tomir kamgagi, lacuna vasorum orqali songa o‘tadi.
Qorinning ichki qiyshiq muskuli (m.obliquus abdominis internus)
yelpig‘ichsimon shaklda bo‘lib, uning tolalari epi va mezogastral sohalarda tashqari-
dan ichkariga, pastdan yuqoriga yo‘naladi; gipogastral sohaning yuqorisida tola-
larning yo‘nalishi ko‘ndalang, pastida chov boylamiga parallel holda qiyshiq bo‘ladi.
Ushbu pastdagi muskul tolalarining bir qismi urug‘ tizimchasini o‘rab yorg‘oqqa
tushadi va moyakni ko‘taruvchi muskul (m.cremaster)ni hosil qiladi. Qorin ichki
qiyshiq muskuli tolalarining aponevrozga o‘tish chizig‘i yuqorida to‘g‘ri muskul-
ning tashqi qirg‘og‘iga nisbatan uzoqroqda, qorinning o‘rta va pastki qismlarida esa
unga yaqinroq va parallel yo‘nalgan bo‘ladi. Qorin to‘g‘ri muskulining tashqi
qirg‘og‘i yaqinida aponevroz ikkiga: chuqur va yuza varaqlarga ajraladi.


235
Qorin ichki qiyshiq muskulining ostida, ko‘ndalang muskulning oldingi yuza-
sida pastki 6 ta qovurg‘alararo nervlar o‘tadi va qorin to‘g‘ri muskulining g‘ilofiga
kirib, shu muskulning orqa yuzasi bo‘ylab tarmoqlanadi (162-rasm). Nervlarning
oldingi teri shoxlari to‘g‘ri muskulni va uning g‘ilofini oldingi varag‘ini teshib
teri ostiga chiqadi. Har bir nerv tarmoqlanib, qo‘shni segmentlarga ham shoxlar
beradi, natijada, terining har bir segmenti o‘z nervidan tashqari yana 2-3 ta qo‘shni
nervlardan ham tolalar oladi. Terining bunday innervatsiyalanishini qorinning old-
ingi devorini mahalliy og‘riqsizlantirish paytida nazarda tutish kerak bo‘ladi.
Nervlardan tashqari bu qavatda qiyshiq yo‘nalgan 6 ta pastki qovurg‘alararo
arteriyalar va ko‘ndalang yo‘nalgan 4 ta bel arteriyalari ham joylashgan.
Chuqurda qovurg‘alararo venalar (vv.intercostales) hamda bel venalari
(vv.lumbales) shu nomdagi arteriyalar bilan birga boradi. Bel venalaridan
ko‘tariluvchi bel venalari (qorinparda orti bo‘shlig‘ida) hosil bo‘ladi; bular o‘z
navbatida toq va yarim toq venalar - v.azygos et hemiazygosni hosil qiladi.
Qorinning ko‘ndalang muskuli (m.transversus abdominis)ning tolalari, aso-
san, ko‘ndalangiga yo‘nalgan bo‘lib, faqat gipogastral sohadagi pastki muskul
tolalari chov boylamiga parallel yo‘naladi va m.cremasterga tolalar beradi (161-
va 162-rasmlar).
Muskul tolalarining aponevrozga o‘tish chizig‘i, qabariq tomoni qorin to‘g‘ri
muskulining tashqi qirg‘og‘iga qaragan yoy shaklida bo‘lib, uning egrilik radiusi
turlicha bo‘lishi mumkin. Bu chiziq yarimoysimon (Spigeliy) chiziq deb ataladi.
Qorinning yon devoridagi uchala keng muskullarning aponevrozlari qorin
to‘g‘ri muskulining g‘ilofini hamda oq chiziqni hosil qiladi. Bu muskullar umurtqa
pog‘onasini aylanma va yon tomonlarga harakat qilishida, qorin ichidagi bosimni
ma’lum darajada (shu bilan birga qorin ichki a’zolarini ham o‘z joyida) ushlab tu-
rishda (press muskullari), nafas olish harakatlarida, defekatsiyada, siyishda, yo‘tal
hamda qayt qilishda ishtirok etadi.
Qorinning toq sohalardan iborat bo‘lgan oldingi devorini, asosan, qorinning
to‘g‘ri muskullari va piramidasimon muskullarmm.pyramidales (80 foiz hollarda),
uning qini hamda qorinning oq chizig‘i hosil qiladi.
Qorinning to‘g‘ri muskuli (m.rectus abdomin-
is) xanjarsimon o‘siq va qovurg‘a ravog‘idan qov suya-
gining yuqori shoxi va simfiziga tortilgan bo‘lib, to-
lalari bo‘ylamasiga yo‘nalgan. To‘g‘ri muskullarning
eni epi va mezogastral sohalarda keng bo‘lib, gipo-
gastral sohada torayadi va qalinlashadi. Uning eng
ensiz joyi qov suyaklariga birikadigan qismidir.
Erkaklar (qorinning erkakcha shakli) uchun to‘g‘ri
muskul-ning yuqorida keng bo‘lib, pastga tomon
torayib boradigan shakli xos bo‘lsa, ayollar (qorin-
ning ayolcha shakli) uchun yuqori va o‘rtada bir xil
kenglikda bo‘lib pastda (qov ustida) torayadigan yoki
yuqorida va pastda tor bo‘lib, kindik sohasida ken-
gaygan shakli (bunday shakl yosh o‘tishi bilan ham-
ma kishilarda uchraydi) xos bo‘ladi. To‘g‘ri muskul
165-rasm. Qorinning
oq chizig‘i.


236
qorinning yon devoridagi keng
muskullarning aponevrozlari
hosil qilgan g‘ilofda joylasha-
di. Muskulda ko‘ndalangiga
yoki qiyshiq joylashgan 3-4 ta
payli belbog‘lar ( intersec-

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish