Qorin to‘g‘ri muskuli g‘ilofining tuzilishi
Qorin to‘g‘ri muskulining g‘ilofi (vagina m.recti abdominis)ni qorinning yon
devoridagi keng muskullarning aponevrozlari bu muskulni oldindan va orqadan o‘rab
hosil qiladi. Qovurg‘alar sahnida g‘ilofning oldingi devorini tashqi qiyshiq muskul-
ning aponevrozi, orqada V-VII qovurg‘alarning tog‘aylari hosil qiladi. To‘g‘ri
muskulning yuqorigi 2/3 qismida, ya’ni qovurg‘a ravog‘idan boshlab yoysimon
chiziqqacha, muskul g‘ilofining oldingi devori, tashqi qiyshiq muskulning aponevrozi
va ichki qiyshiq muskul aponevrozining yuza varag‘i hisobiga, mazkur g‘ilofning
orqa devori ichki qiyshiq muskul aponevrozining chuqur varag‘i va ko‘ndalang
muskulning aponevrozi hisobiga hosil bo‘ladi (164-rasm).
Kindikdan 2-5 sm pastda to‘g‘ri muskul g‘ilofining orqa varag‘ini hosil qi-
167-rasm. Yonbosh-chov sohasi,
chov uchburchagi va chov
oralig‘ining chegaralari.
AVE–yonbosh-chov sohasi;
SDE–chov uchburchagi;
F–chov oralig‘i.
238
luvchi aponevrozlar ham oldinga o‘tib, g‘ilofning oldingi devorini hosil qilishda
qatnashadi. Aponevrozlarning oldinga o‘tib ketishi natijasida to‘g‘ri muskul
g‘ilofining orqa devori tugagan joy, ko‘ndalangiga joylashgan, qavariq tomoni
yuqoriga qaragan yoysimon chiziq shaklini oladi. Bu chiziq kindikdan 2-5 sm
pastda bo‘lib, yoysimon chiziq (linea arcuata) (Duglas chizig‘i) deb ataladi (163-
rasm). Shunday qilib, yoysimon chiziqdan pastda g‘ilofning 3 ta muskul
aponevrozidan tashkil topgan qalin va pishiq oldingi devorigina bor, xolos. To‘g‘ri
muskulning orqa yuzasini, bu yerda, ko‘ndalang fassiya qoplaydi. Yoysimon
chiziqning ikkala chekkasini chuqurchalararo boylamning davomi bo‘lgan fibroz
tolalar mustahkamlaydi. Ba’zan yoysimon chiziqning chekkalarida, ko‘ndalang
muskulning aponevrozida teshiklar bo‘ladi va ular orqali a. epigastrica inferiorn-
ing shoxlari o‘tadi. Bu teshiklar kengaysa, ular orqali Duglas chizig‘i churralari
chiqadi.
Qorinning oq chizig‘i (linea alba abdominis) qorinning zaif joylaridan biri-
dir. Qorin yon devoridagi 3 juft keng muskullarning aponevrozlari qorin to‘g‘ri
muskulining g‘ilofini hosil qilgandan so‘ng shu muskulning medial cheti bo‘ylab
o‘zaro va qarama-qarshi tomondagi xuddi shunday aponevrozlar bilan chirmash-
ib qo‘shilib, tananing oldingi o‘rta chizig‘i bo‘ylab xanjarsimon o‘siqdan qov sim-
168-rasm. Gipogastral sohaning topografiyasi (sxema):
yuqorida - sog‘lom odamda; pastda - qiyshiq chov churrasida.
a-tashqi chov chuqurchasi orqali o‘tkazilgan ko‘ndalang kesim; b-tashqi
chov chuqurchasi orqali o‘tkazilgan sagittal kesim.
1-pariyetal qorin parda; 2-ko‘ndalang fastsiya; 3-ko‘ndalang muskul;
4-ichki qiyshiq muskul; 5-tashqi qiyshiq muskul aponevrozi; 6-tashqi chov
chuqurchasi; 7-medial chov chuqurchasi; 8-pufak usti chuqurchasi;
9-pastki epigastral tomirlar; 10-obliteratsiyalangan kindik arteriyasi;
11-obliteratsiyalangan siydik yo‘li (
urachus
); 12-ichki urug‘ fastsiyasi (urug‘
tizimchasi); 13-qorin to‘g‘ri muskulining qini; 14-churra qopchasi; 15-chov
boylami.
239
fizigacha cho‘zilgan hamda ikkala to‘g‘ri muskul qinlarini bir-biridan ajratuvchi
oq tusdagi (qon tomirlar kam) pay tasmasini, ya’ni qorinning oq chizig‘ini hosil
qiladi. Oq chiziqning eni va qalinligi qorinning turli sathlarida turlichadir:
kindikdan yuqorida (0,5-1 sm) va kindik atrofida (2-3 sm) keng va yupqa (1-2
mm), kindikdan pastga tomon keskin torayib, qorinning pastki sohasida, qov sim-
fizidan yuqorida ensiz (2-3 mm), ammo qalin (3-4 mm) tasma ko‘rinishini oladi
(165-rasm). Oq chiziqning eng kengaygan joyi, ko‘pchilik odamlarda, kindik atro-
fida bo‘ladi, ba’zilarda kindikdan yuqorida (asosan, erkaklarda, qorinning erkakcha
shaklida) va kam hollarda kindikdan pastda (asosan, ayollarda, qorinning ayollar
shaklida) joylashadi. Ba’zan (qorinning silindrsimon shaklida) hech qayerda ken-
gaymasdan, qorinning pastki sohasida torayuvchi oq chiziq uchraydi.
Umuman, ayollarda qorinning oq chizig‘i erkaklarnikiga nisbatan keng
bo‘ladi. Shuning uchun ham oq chiziq churralari ayollarda erkaklarga qaraganda
ko‘p uchraydi. Yosh o‘tishi bilan oq chiziq ham cho‘zilib kengayadi.
Oq chiziqning anatomik jihatdan zaifligi (ya’ni, churra chiqishiga moyilli-
gi) shundaki, uning kindik yonidagi va undan yuqoridagi qismi keng va ingichka
bo‘lib, o‘zida romb shaklidagi teshik va yoriqlarni tutadi. Bu yoriqlar har bir keng
muskul aponevrozlari tolalarining turli yo‘nalishda o‘zaro chirmashib ketganligi
oqibatida hosil bo‘ladi va ular orqali, ko‘pincha, nerv va qon tomirlar o‘tadi. Av-
val, qorin ichidagi bosimning ortishi natijasida, yoriqlar orqali qorinparda oldi
yog‘ kletchatkasi chiqadi. Keyin, yoriqning asta-sekin kengayib borishi oqibatida
pariyetal qorinparda do‘ppayib chiqa boshlaydi va bu churra xaltasiga katta char-
vining bir qismi kirishi mumkin (qorin oq chizig‘i churralari).
169-rasm. Chov oralig‘i shakllari.
a - oval-yoriqsimon; b - oval-oraliq; v - uchburchak.
1 - tashqi qiyshiq muskul aponevrozi (laxtak holida kesilib, ochib
qo‘yilgan); 2-ichki qiyshiq muskul aponevrozi; 3-ichki (chuqur) chov
halqasi; 4-ko‘ndalang muskulning pastki qirg‘og‘i; 5-ichki qiyshiq
muskulning pastki qirg‘og‘i; 6- chov o‘rog‘i (a-rasmda ko‘ndalang va
ichki qiyshiq muskullar hisobiga, b-rasmda faqat ko‘ndalang muskul
hisobiga hosil bo‘lgan); 7 - ichki qiyshiq muskul qisqarganda uning pastki
qirg‘og‘i chegarasi; 8 - to‘g‘ri muskulning tashqi qirg‘og‘o; 9 - tashqi
(yuza) chov halqasi; 10 - chov boylami; 11 - ko‘ndalang muskul qisqarganda
uning pastki qirg‘og‘i chegarasi; 12 - ko‘ndalang fassiya.
240
Ayollarda homiladorlik davrida qorin old-yon devori yuzasining o‘lchamlari
kattalashadi, natijada, qorinning oq chizig‘i ham kengayib, zaiflashadi, qorinning
to‘g‘ri muskullari bir-biridan uzoqlashadi (diastaz). Tuqqandan keyin oq chiziq-
ning o‘lchamlari qisqarsa ham, homiladorlikkacha bo‘lgan davrga nisbatan keng-
roq bo‘lib qoladi. Keyingi har bir homiladorlik oq chiziqning yanada kengayib
borishiga sabab bo‘ladi.
Kindik (umbilicus s. umbo) qorin old-yon devorining zaif qismidir. U xan-
jarsimon o‘siq bilan qov simfizi orasidagi chiziqning taxminan o‘rtasida joylash-
gan bo‘lib, uning terisi ostida yog‘ kletchatka qavati bo‘lmaganligidan chuqurcha
ko‘rinishida bo‘ladi. Bu chuqurchaga qorin oq chizig‘ining o‘rtasidagi kindik halqa-
si deb yuritiluvchi oval shakldagi teshik to‘g‘ri keladi. Homiladorlik davrida homila-
ning kindik halqasi orqali unga kiruvchi kindik venasi (v. umbilicalis) hamda chiquv-
chi kindik arteriyalari (aa. umbilicales) va siydik yo‘li, (urachus) yo‘ldoshga boruv-
chi kindik tizimchasini hosil qiladi. Bola tug‘ilib kindik kesilgandan keyin kindik
halqasidagi kindik tomirlari bilan siydik yo‘li obliteratsiyaga uchraydi va bu yer-
da chandiqli to‘qima hosil bo‘ladi. Ushbu chandiq obliteratsiyalangan tuzilmalar-
ga, kindik halqasining chetiga va teriga yopishib ketadi va uni ichkariga tortib
kiradi. Natijada kindik chuqurchasi paydo bo‘ladi. Kindik halqasining yuqori chek-
kasiga obliteratsiyalangan kindik venasi, pastki yarmiga esa kindik arteriyalari va
siydik yo‘li chandiqlanib yopishib, uni to‘ldiradi (163-rasm).
Kindik bir-biri bilan o‘zaro yopishib, bitib ketgan 4 ta qavatdan iborat: teri,
unga yopishgan chandiq, chandiqqa yopishgan kindik fassiyasi (qorin ichi fassi-
yasining kindik halqasidagi qismi) va kindik halqasining to‘garagi bo‘ylab yo-
pishgan qorinpardaning pariyetal varag‘i. Ko‘rinib turibdiki, kindikda teri ostida-
gi va qorinparda oldidagi yog‘ qavatlari bo‘lmaydi.
Kindik venasi o‘tadigan kindik kanalini oldinda qorinning oq chizig‘i, orqada
kindik fastsiyasi chegaralaydi. Kanalning pastki teshigi kindik halqasiga, yuqo-
rigi teshigi bu halqadan 4-6 sm yuqoriga ochiladi.
Ko‘pchilik odamlarda kindik o‘rta chiziqqa nisbatan o‘ng tomonga 0,5 sm
dan 3,5 gacha siljigan bo‘ladi. Kindik halqasining o‘lchamlari ayollarda erkaklar-
ga nisbatan, qarilarda yoshlarga nisbatan kattaroq bo‘ladi.
Kindik halqasi orqali kindik churralari chiqishi mumkin. Kindikning
anatomik jihatdan zaifligi shundaki, ba’zilarda kindik halqasini berkituvchi kindik
170-rasm. Chov kanalining
orqa devori (voronkasimon
fassiya).
1–
m
.
o b l i q u u s
i n t e r n u s
abdominis
va uning aponevrozi;
2–
m
.
transversus
abdominis
; 3–
falx
inguinalis
; 4–
funiculus
spermaticus
; 5–
m
.
cremaster
;
6–
fascia
infundibuloformis
; 7–
chov boylami; 8–
m
.
obliquus
externus
abdominis
; o‘zining
aponevrozi bilan.
241
fassiyasi bo‘lmaydi yoki u to‘liq berkitmaydi yohud kindik fassiyasi kengayib,
yupqalashgan bo‘ladi. Kindik fassiyasining cho‘zilib kengayishiga sabab qorin
oq chizig‘ining va u bilan birga kindik halqasining kengayishidir. Demak, oq
chiziqning kengayishiga olib keluvchi sabablar kindik halqasining kengayishiga
ham sababchi bo‘ladi (katta yoshdagi odamlarda).
Kindik churrasining go‘daklarda ko‘p uchrashining sababi esa, kindik kesil-
gandan keyin kindik halqasining torayishi va bekilishi jarayonlarining juda sekin-
lik bilan borishidir.
Kindik churralarini operatsiya qilish paytida pariyetal qorinpardadan iborat
bo‘lgan churra xaltasining tubi teriga, bo‘yinchasi esa kindik halqasiga yopish-
ganligini esda tutish kerak. Shuning uchun ham churra xaltasini ajratib olish uchun
kindik halqasi kesib kengaytiriladi, teridan ham kesib ajratiladi.
Qorin old-yon devorining muskullardan keyingi chuqur qavatini qorin ichi
fassiyasi yoki ko‘ndalang fassiya, qorinparda oldi kletchatkasi va pariyetal qorin-
parda tashkil etadi.
Ko‘ndalang fassiya (fascia transversalis) qorin ichi fassiyasi (fascia
Do'stlaringiz bilan baham: |